BOG‘OT TUMANI HOKIMI MATBUOT KOTIBI / MUXABBAT ABDULLAYEVA
88 subscribers
1.05K photos
101 videos
135 links
БОҒОТ ТУМАНИДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ИСЛОҲОТЛАР БИЛАН СИЗЛАРНИ ТАНИШТИРИБ БОРАМАН
Download Telegram
#JARAYON

Joriy yilning 23-iyul kuni Bog'ot tumani hokimining qurilish bo'yicha o'rinbosari Muzaffar Qalandarov va Bog'ot tumani Xalq ta'limi bo'limi mudiri Go‘zal Raximovalar tumandagi 22, 37, 47-son maktablarining qurishlish, ta'mirlash ishlari bilan tanishdilar va tavsiyalar berdilar.
@bogottumanihokimligikanali
Forwarded from Muxabbat Abdullayeva
#Jarayon
#Hokim_va_yoshlar_uchrashuvi

Bog‘ot tumanida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, muammolarini joyida tezkor hal etish maqsadida tuman hokimi Jahongir Nazarov 1- sektor hududida joylashgan Gulzor hamda Qorabog‘ mahallasi yoshlari bilan uchrashdi.

Tuman rahbari har bir murojaat qilgan yoshning taklif va muammolarini tingladi.

O‘tgan muloqot davomida tuman hokimi tomonidan ularning o‘qish va mehnat faoliyatlarini davom ettirishlari, davolanish, ishga joylashishlar, qobiliyatlarini yuzaga chiqarish uchun chora-tadbirlar belgilandi, ayrim muammolarga joyida amaliy yordamlar berildi. Qabul davomida yoshlarning taklifiga ko‘ra eng chekka “Gulzor” MFYdan “Xorazmtex” korxonasiga qatnab ishlayotgan yoshlar uchun avtobus qo‘yildi, internet tezligi oshirilishini so‘rab qilgan murojaatlari hamda tadbirkorlikni boshlayotgan yoshlar murojaatlarining yechimi bo‘yicha tegishli rahbarlarga topshiriqlar berildi. Bu borada ishlar tizimli davom etmoqda.

Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
Forwarded from Muxabbat Abdullayeva
#Jarayon
#Inson_qadri_uchun

O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TMOQDA

Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan mamlakatimizda ilk bor “O‘qituvchi va murabbiylar salomatligi oyligi” bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu aksiya doirasida Bog‘ot tumani tibbiyot birlashmasida tashkil qilingan tadbirlarda 500 dan ziyod soha fidoyilari ishtirok etdilar.

Ular belgilangan tartibda EKG, UTT tekshiruvlaridan,  20 dan ziyod tor soha mutaxassislari ko‘rigidan o‘tishdi. 45 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan ayollar uchun ko‘chma mammografiya tekshiruvlari tashkil qilindi.

Ko‘chma oftalmomobilda 50 dan ziyod fuqarolarning ko‘rish bilan bog‘liq muammolari tekshirilib, zarur tashxislar qo‘yildi.

Ko‘ngillilar uchun ko‘chma qon markazida qon donorligini amalga oshirish imkoni yaratildi.

Salomatlik ko‘rsatkichida muammosi bor o‘qituvchi va murabbiylar tuman, viloyat va respublika darajasidagi davolash-profilaktika muassasalariga yo‘naltirildi.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari v.b. U.Abdullayev tibbiy ko‘rik jarayonlari bilan tanishib, o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqotda bo‘ldi.

Bog‘ot tumani TTB bosh shifokori o‘rinbosari Barno Saidova

BOG‘OT TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
@bogottumanihokimligikanali
Forwarded from Muxabbat Abdullayeva
#JARAYON

AJRIM YOQASIDA TURGAN OILALAR YARASHTIRILDI

Bog‘ot tumani hokimligida hokim o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Dilafruz Abdullayeva boshchiligidagi yarashtirish komissiyasi a’zolari tomonidan ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan tushuntirish ishlari olib borish maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar oilalardagi ajrimlarning kelib chiqish sabablari, yuzaga kelgan muammolarning yechimini topish, oila muqaddas, oila eng ulug‘ maskan ekanligi, oilalarning bo‘zilib ketishi farzandlar ta’lim tarbiyasiga yomon ta’sir qilishi va ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni murosaga keltirib oilalarning buzilib ketishining oldini olish bo‘yicha tumanda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida gapirdilar hamda tadbir davomida yosh oilalar uchun "Ota" nomli qisqa metrajli hayotiy film ham qo‘yib berildi.

Shuningdek, ajrim yoqasida turgan yoshlarga tuman imom-xatibi R.Ernazarov oilaning muqaddasligi, farzandlarining kelajagiga ma’sulyat bilan qarashlari, har qanday sharoitda ham sabrli bo‘lib oilaviy tinchlikning qadriga yetishlari to‘g‘risida batafsil Qur’oni Karimda, hadislarda yozilgan muqadlas so‘zlar bilan tushunchalar berdi. Tinimsiz tushuntirish ishlari olib borilishi natijasida shu joyning o‘zida ajrim yoqasidagi 7 ta oiladan 4 tasining yarashtirilishiga erishildi, 3 ta oilaga bir oy muhlat berildi.

Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
@bogottumanihokimligikanali
#JARAYON
#FOTOREPORTAJ

BOG‘OT TUMANIDAGI “SAHOVAT” MAHALLASIDA "OBOD XONADON", "OBOD KO‘CHA" HAMDA "OBOD MAHALLA" DASTURI DOIRASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR KO‘LAMI MAHALLANI FAYZLI VA CHIROYLI MASKANGA AYLANTIRMOQDA

Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
@bоgottumanihokimligikanali