MUNOSABAT
100 subscribers
1.14K photos
125 videos
62 files
379 links
Tahliliy
adabiy
ijtimoiy
kanal
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident oddiy xalq bilan "xalq og'zaki ijodi"da gaplashdi. Uning jindak porno luqmasini madaniyatsizlikka yo'ymadim. Muhimi u atrofdagilarda samimiy bir ruhni uyg'otdi.

Ichi kovakdan kovak, lekin tashi po'rim, galstukli, oqsuyak gap-so'zlardan biyday dasht-u dalalarga bulbulchasini cho'ldiratib ishini qiladigan qochirimlar ba'zan behroqmi deb qolaman

kanalga ulanish: ↙️↙️↙️
@MUNOSABAT1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Men bir umr bosh egadigan she'r. "Mutolaa" loyihasi jamoasidan ajoyib tuhfa.

📝 Matnazar ABDULHAKIM
🎤 Mehriddin RAHMATOV

kanalga ulanish: ↙️↙️↙️
@MUNOSABAT1
#tavsiya

Katarsis. Qalb tozaligini, tafakkur tozaligini faqat fojealargina asrab qoladi.

Eng so'nggi tomchi qon so'rilguncha yashab qolish istagini paydo qiladigan asar.

Hayot bu - mag'lubiyat. Uning ustidan tishni tishga qo'yib yashab qolish bilangina g'oliblikka muyassar bo'lish mumkin.

kanalga ulanish: ↙️↙️↙️
@MUNOSABAT1
Hech

hechlikni chekyapman
to'yguncha ichyapman
non qilib chaynayapman
po'rim kiyyapman
hechlikni

Jasad bor-u ruh yo'qdir
Jon bor-u shukuh yo'qdir
Vatan bor  ich-ichimda
hilpiragan tug' yo'qdir

murodim qayda qayon
noayonman na ayon
Ulug' Tangri qoshida
na vayronman na ayyom

hayot hechdir umr hech
ildiz otgan tomir hech
ibtido yuz bermagan
tiriklikda
oxir hech

kanalga ulanish: ↙️↙️↙️
@MUNOSABAT1
Ikkinchi mutolaa
Ikkinchi xulosa


Siyosatda Napaleonlar, Snoubollar, Qichqiroqlar, qo'ylar bo'ladi. Qora xalq, ya'nikim biz Benjamin, Boksyor, vahakazo tovuqlar bo'lishdan naryog'iga o'tolmaymiz.

P/S: Balki yurak betlasa, yana o'qirmiz

kanalga ulanish: ↙️↙️↙️
@MUNOSABAT1
O'qituvchi kundaligidan tezislar

Dastlab shiddat-u shaxt bilan ishlaysan, ammo mehnating yetarli darajada baholanmagandan keyin pildir-pis bo'lib qolarkansan.

Oylik tushadigan vaqtni bir kulfat yanglig' qarshilaydigan bo'lib qoldik.

kanalga ulanish: ↙️↙️↙️
@MUNOSABAT1
shoirlar yuragini
Tangriga topshirgan odam
dunyoni ich-ichidan
badarg'a qilgan odam
hayot - tubsiz bo'shliqqa
qulab tushayotgan odam
quyoshli kunni kuylab
ammo
tongni ham ko'rmay
joni uzilgan odam

kanalga ulanish: ↙️↙️↙️
@MUNOSABAT1
Audio
"So'nggi Mogikan" filmiga ishlangan sountrekt. Shu musiqani eshitsam, etim jimirlaydi. Yer nima, osmon nima; ruhiyatga bir bo'lib ketadi.

kanalga ulanish: ↙️↙️↙️
@MUNOSABAT1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ular yashashni shunday yaramas xatti-harakatlar bilan anglaydi. Lekin uzoq va "baxtli" yashaydi.

Men ham Paxtaqo'ydi Laganbardarovlarning suhbatida bir-ikki marta bo'lganman. Tafakkuri hojatxonalarning badbo'y hidini eslatadi. Yonida uzoq tura olmaysiz.

kanalga ulanish: ↙️↙️↙️
@MUNOSABAT1
- Odamlarmi... Odamlar tomoshabin bo'lishdan boshqasini eplasholmaydi.

Tashqariga otilishga shoshilmang

kanalga ulanish: ↙️↙️↙️
@MUNOSABAT1
Aybim nimada

Ollohim, ne o‘tdi mendan ayblik,
yarashmas tabassum, kulgu turqima,
nima bo‘ldi o‘zi, bu ne zaiflik –
men hatto quvonchdan qo‘rqaman.

Kichik bir tuyg‘uning shabadasidan
yuragim omonat pufakday shishar,
atrofga jovdirab, qo‘rqib qarayman,
ko‘ksim berkitaman, u bo‘lsa – shisha!

Shodlik kelsa agar dafʼatan so‘ra,
turaman yo‘qotib butkul es-hushim,
qochaman boshimni kamzulga o‘rab,
tepamda aylanib qolsa baxt qushi!

Muhammad SOLIH

kanalga ulanish: ↙️↙️↙️
@MUNOSABAT1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'qimagan, uqmagan millat tanazzulga yuz tutadi.

Og'rig'imiz

kanalga ulanish: ↙️↙️↙️
@MUNOSABAT1
Audio
"Sheryurak", Uiliam Uols, Mel Gibson hamda filmga ishlangan sountrekt yoshligimning ajralmas qismi bo'lib qolgan. Shu filmdan kuch olgan paytlarim ko'p bo'lgan.

kanalga ulanish: ↙️↙️↙️
@MUNOSABAT1
erkin qo'ying
ichimda qushlar ozod uchsin
na osmonni tirik qoldirdingiz
na quyoshni
zanjirband ayladingiz inson mavjud bo'lishi mumkin hayotni

Tangrimdan torting qo'lingizni
ichimga dahl qilmang
nafasimni siqmang
tashqarini kirgizmang
ichkariga
erkin qo'ying
ichimda qushlar ozod uchsin

kanalga ulanish: ↙️↙️↙️
@MUNOSABAT1
O‘ttiz besh yildirki...

O‘ttiz besh yildirki, sening kuningda,
Bekatga burilar tilimiz birdan.
O‘ttiz besh yildirki, ertasi kuni,
Biz tushib qolamiz ostanovkadan.

O‘ttiz besh yildirki, faqat bir kunga,
Bizga malham bo‘lar shu dorixona.
O‘ttiz besh yildirki, bir kun o‘tib-oq,
Aptekadan dori izlaymiz yana.

O‘ttiz besh yildirki, bor-yo‘g‘i bir kun,
Qisqasi, sharafu-shonga to‘lasan.
O‘ttiz besh yildirki, ertasi kuni,
Karoche, bir yilga unut bo‘lasan!

O‘ttiz besh yildirki, O‘zbek tiliga,
Ashʼorlar bitamiz nazmiy bo‘stonda.
O‘ttiz besh yildirki, tilin bilmagan,
Tilsizga jazo yo‘q O‘zbekistonda!!!

Barchangizga O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin!

O‘lmasbek SAMARQANDIY

kanalga ulanish: ↙️↙️↙️
@MUNOSABAT1
Ukam, hamkasbim, qadrdonim Islom Alining she'rlari turkiy zabon qardoshlarimiz tomonidan turk tiliga tarjima qilinibdi.

O'rtoq qo'shrabotlik mutasaddilar, bir paytlar siz qadrlamagan iste'dodlar bugun o'z so'zini aytishni boshladi. Yana qayerda deng Mavlono Rumiy hazratlarining yurtida.

Men bir tirik odam o'laroq ko'p narsalarni angladim. Afsus, afsus ularni bus-butun dunyoga doston qilib bo'lmaydi.

Bilasiz, senzura...

kanalga ulanish: ↙️↙️↙️
@MUNOSABAT1
Odamlar orasida do'stlarim u qadar ko'p emas. Xoinlikni, birovga itoatni yomon ko'raman. Ayniqsa, biror hodisotning ustidan ko'rmay-bilmay turib hukm chiqaradiganlardan nafratlanaman.

Yovoyyiroqman.
Odamzod o'ylab topgan "qonuniyat"lar bilan chiqisha olmayman. Hammasidan battar, yuraksiqar, oqsuyak davrlarni bir piyola aroqqa gazak qilib ichib yuborsang.

Ko'p gapirishga - safsata to'qishga istihola qilaman. Ishimni, agar qadrlansa, jimgina qilsam deyman, hech kim halal bermasa.

Bu immunitet keyinchalik shakllangan bo'lsa kerak: odamlardan hech narsa kutmayman. Umid faqat Tangridan

Ehtimol, xudbindirman, ammo odamlar orasida do'stlarim barmoq bilan sanarli.

kanalga ulanish: ↙️↙️↙️
@MUNOSABAT1
tashqariga chiqolmayman
toki ichimda
Hayyom
shirakayf ulfatim bo'lmas ekan

kanalga ulanish: ↙️↙️↙️
@MUNOSABAT1
Qishning izg'irinli kunlari yaqinlashaversa, Davlat uchun hech kimligingni  chuqur his qilib boraverarkansan.

kanalga ulanish: ↙️↙️↙️
@MUNOSABAT1