316-MAKTAB AXBOROT XIZMATI
145 subscribers
2.32K photos
662 videos
29 files
1.44K links
Шайхонтохур тумани 316-умумтаълим мактабида таълим сифатини ошириш мақсадида амалга оширилаётган ишларни тўғридан-тўғри кузатиб борасиз.
Download Telegram
Forwarded from Bolalik kunlarimda
Boyvachcha bilan pari (10+)

Intilganga tole yor deyishadi. Galdagi ertak qahramoni bunga o’z misolida amin bo’ldi. Bu qanday ro’y berganini bilmoqchi bo’lsangiz, “Boyvachcha bilan pari” ertagini tinglashni tavsiya qilamiz.

#arxiv
@bolalikkunlarimda
Audio
Audio
Forwarded from Bolalik kunlarimda
Malikai Husnobod (12+)

Daryo suvini sipqoradigan, uchar gilamda dunyoning istalgan go'shasiga bir zumda bora oladigan, osmono'par tog'lar-u had-hududsiz dengizlardan o'ta oladigan bahodirlar ertaklarda yashaydi. Bu - ertak deb atalmish abadiy barhayot olam. Ularda yaxshilik, oliyjanoblik, mardlik va adolat tantana qilsa, nomardlik va zulm jazosini oladi. "Malikai Нusnobod" ertagida-chi, zolimlar jazolanib, adolat qaror topadimi? Buni ertakni tinglab bilib olasiz!

#arxiv
@bolalikkunlarimda
Forwarded from Bolalik kunlarimda
Xizmatkor Mambet (qirg’iz xalq ertagi)

Yordamga muhtoj insonga ko'mak berish insoniy fazilat. Bu yaxshilik izsiz yo'qolmaydi. Xizmatkor Mambet ham kasal yotgan bola yonidan e'tiborsiz o'tib ketmaуdi. Tog'lar malikasi esa unga bu ishi uchun behisob tilla hadya qiladi. Ammo... Yaxshisi, "Xizmatkor Mambet" deb nomlangan qirg'iz xalq ertagini tinglab, ertak nima haqida ekanligini bilib oling.

#arxiv
@bolalikkunlarimda
Forwarded from Bolalik kunlarimda
Hasan va Husan (10+)

Ular egizak emas, ammo hamisha birga. Ular sarguzashttalab, shuning uchun doimo qiziq vaziyatlarga duch kelishadi. “Ular kim?” degan savolga “Hasan va Husan” ertagini tinglab, javob topish mumkin.

#arxiv
@bolalikkunlarimda
Audio
Audio
Forwarded from Bolalik kunlarimda
Cho'rtan baliq amri bilan (rus xalq ertagi)

Bir bor ekan, bir yo'q ekan, qadim o'tgan zamonda juda erinchoq bir tentak yashagan ekan. Bir kuni u sochlari taqimigachа tushаdigan go'zalni uchratib, unga bo’lgan muhabbati sabab butkul o'zgaribdi. Voqea qanday bo'lganini bilishni istaysizmi? Unda “Сho'rtan baliq amri bilan” ertagiga diqqat qiling.

#arxiv
@bolalikkunlarimda
Audio
Audio
Forwarded from Bolalik kunlarimda
Sohibjamol Kunkey (qozoq xalq ertagi)

Xondan mukofot olish ilinjida bo'lgan yigit bu istagi sabab ko'p sinovlarga duch keladi. Mehribon va sofdil bo'lgani uchun ularni osongina yengib o'tadi. Voqealar rivojiga qiziqsangiz, “Sohibjamol Kunkey” deb nomlangan qozoq xalq ertagiga diqqat qiling.

#arxiv
@bolalikkunlarimda
Forwarded from Bolalik kunlarimda
Qochqoq ko'mach, ayyor tulki va ochko'z bo'ri haqida ertak

Aziz bolajonlar, siz "Bo'g'irsoq" ertagini bilasiz-a? O'zbek xalq ertaklaridan biri - "Qochqoq ko'mach, ayyor tulki va ochkо'z bo'ri haqidagi ertak" shu ertakka o'xshab ketadi. Ammo ertakni tinglasangiz, uning yana ham qiziqroq ekanligiga o'zingiz amin bo'lasiz. Bu ertak sarguzashtlarga boy va yanada maroqli!

#arxiv
@bolalikkunlarimda