316-MAKTAB AXBOROT XIZMATI
143 subscribers
2.32K photos
662 videos
29 files
1.44K links
Шайхонтохур тумани 316-умумтаълим мактабида таълим сифатини ошириш мақсадида амалга оширилаётган ишларни тўғридан-тўғри кузатиб борасиз.
Download Telegram
​​​🌙 Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh! Barchamizga Qurbon Hayiti muborak bo‘lsin! 🕋

Bu kunlarga yetib kela olmagan iymon ahllarini Robbim o‘z rahmatiga olgan bo‘lsin!

Duolar ijobat kunlarda Ollohim qalblarimizdagi ezgu niyatlarimizni o‘zi ro‘yobga chiqarsin!

O‘ylaganimizdan ko‘ra ham afzal maqomlarga erishtirsin!

Millatimizga ofiyat va taraqqiyot, xalqimizga baxt va saodat, peshvolarimizga haq va adolat, avomga insof va itoat, dinimiz manfaati yo‘lida xizmat qilishda barchamizga hikmat va shijoat bersin!

Ollohim:
- ilm talabida yurganlarga foydali ilm;
- befarzandlarga solih va soliha farzandlar;
- bemorlarga shifo;
- qarzdorlarga kushoyish;
- g‘ariblarga nusrat;
- mazlumlarga najot;
- musofirlarga omonlik;
- safardagilarga g‘animatlar;
- ummat orasiga ittifoqlik;
- dushman jamoalariga tafriqa, qalblariga ixtilof;
- olimlarimizga haybat;
- omilarimiz uchun olimlarga itoat;
- farzandlarimizga ilm, odob va ummat xizmati;
- ayollarimizga hayo va iffat;
- ota-onalarimizga uzun va saodatli umr;
- vafot etganlariga rahmat va mag‘firat ato etsin!

Robbim niyatlarimizga ixlos, duolarimizga ijobat, qalblarimizga samimiyat, aqllarimizga rushd, oqibatimizda xayr nasib etsin!

Omin! Omin! Omin, yo Robbal-olamiyn!

💐 Hurmat va ehtirom ila,
© 316-maktab matbuot xizmati kanali ma’muriyati
Forwarded from Shayxontohur tuman yoshlar via @like
#ShayxontohurYoshlari
#OdamSavdosigaQarshimiz

4-ishtirokchi Shayxontohur tumani 316-maktab o'quvchisi Saparboyeva Shoiraga ovoz bering.

📚Siz ham ishtirok etishni istaysizmi? Unda, bizga ijodiy ishingizni @AAbdu1loh ga yuboring. Yozni biz bilan birgalikda o'tkazing.

Bizni kuzatib boring ➡️ @Shayxontohur_yoshlari @Shayxontohur_sardorlari
Ихтисослашган мактабларга қабул имтихонлари 29-30 июль кунлари бўлиб ўтади

Халқ таълими вазирлиги тасарруфидаги ихтисослаштирилган давлат умумтаълим муассасаларининг 5- ва 7-синфларига қабул имтиҳонлари жорий йилнинг 29-30 июль кунлари ўтказилиши белгиланди. Бу ҳақида
Халқ таълими вазирлиги ва Давлат тест марказининг қўшма қарори имзоланди.

Саралаш танловлари очиқ катта павильон (ҳиёбон, майдон)ларда карантин қоидаларига риоя этган ҳолда Давлат тест маркази томонидан ўтказилади.

Ҳар бир фан йўналишида жами 30 тадан тест саволлари берилади ва 60 дақиқа вақт ажратилади. Шунингдек, тест синовлари бошлангунига қадар қўшимча 20 дақиқа вақт тушунтириш учун ажратилади.

Саралаш танловлари натижаларига кўра ўқувчилар баллар кетма-кетлиги асосида белгиланган квота доирасида қабул қилинади.

Эслатиб ўтамиз, бу йилги саралаш танловларида 106 мингдан ортиқ талабгорлар иштирок этади ва танлов натижаларига кўра 34050 нафар иқтидорли ўқувчилар ихтисослашган мактабларга қабул қилинади.

Ихтисослашган мактабларга қабул тартиби ҳақида қуйидаги хавола орқали батафсил танишишингиз мумкин.
Shayxontohur tuman kengashi hamda Yoshlar ishlari agentligi Shayxontohur tuman bo'limi "Yosh akademik" online olimpiadasini 1-bosqichini taqdim etadi.

Savollar soni: 20 ta
Fanlar: Tarix
To'gri javob uchun: 5 ball

Muddat: 23-28-iyulgacha

〽️Olimpiadada savollarini ushbu manzildan https://telegra.ph/Yosh-akademik-online-olimpiadasi-savollari-07-23 dan yuklab oling. Javoblaringizni esa (ism familiya javoblar 1a2a shaklida) @yoshakademikbot ga yuboring.
📚Har bir ishtirokchi online sertifikat bilan taqdirlanadi. Sertifikatlaringiz @yoshakademiksertifikat kanaliga joylanadi.

Bizni kuzatib boring ➡️ @Shayxontohur_yoshlari @Shayxontohur_sardorlari
Тошкент шаҳар ҳокимлиги аҳолидан зарурат бўлмаганда кўчага чиқмасликни сўради

24-26 июл кунлари республикага иссиқ ва қуруқ ҳаво оқимининг кириб келиши оқибатида об-ҳаво ҳарорати кескин кўтарилиши кутилмоқда. Пойтахт ҳокимлиги бундай шароитда аҳолидан зарурат бўлмаганда кўчага чиқмасликни, кўпроқ суюқлик истеъмол қилишни сўраган. 👇 Ўқитувчилар учун телеграмда махсус каналга кушилинг.👇 👇👇

http://t.me/Xalq_talimi_xodimlari
Forwarded from Segment.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️🇺🇿 Ўзбекистон жамоаси Токиодаги Олимпия ўйинларининг очилиш маросимида

Баҳодир Жалолов ва Нигора Турсунқулова бошчилигида Ўзбекистон делегацияси «Олимпия» стадионига чиқиб келди.

Эслатиб ўтамиз, ушбу халқаро мусобақада 17 спорт тури бўйиа 71 нафар атлетимиз иштирок этишади.

@yangiuzbekiston_uz
Forwarded from Bolalik kunlarimda
Tulki bilan Turna (rus xalq ertagi)

Do'st bo'lish oson emas. Uning yozilmagan qonunlari bor. Ammo, hamma ham buni tushunmaydi, natijada tushunmovchiliklar kelib chiqadi. "Tulki bilan Turna" ertagida shu haqda so'z boradi.

#arxiv
@bolalikkunlarimda
Forwarded from Bolalik kunlarimda
Лиса и Журавль (русская народная сказка)

Очень простая история о жизни и дружбе двух товарищей. Оба добрые и гостеприимные, оба стараются угодить друг другу, но что же не так в их отношениях? Об этом узнаете прямо сейчас. Слушайте!

#архив
@bolalikkunlarimda
24-iyul-prezident Shavkat Mirziyoyev tavallud topgan kun.

Shavkat Miromonovich Mirziyoyev (tugʻ. 24-iyul, 1957-yil, Zomin tumani, Jizzax viloyati) — Oʻzbekiston Prezidenti (2016-yil 14-dekabrdan), 2003-yil 12-dekabrdan
2016-yil 13-dekabrgacha Oʻzbekiston Bosh vaziri,
shuningdek 2016-yil 8-sentabrdan Oʻzbekistonning muvaqqat prezidenti.
2016-yil 4-dekabrdagi prezidentlik saylovi natijasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining prezidenti etib saylandi.
Mehnat faoliyatini 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida boshlab, kichik ilmiy xodim, katta oʻqituvchi, dotsent, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor lavozimlarida ishladi.
1990-yili Respublika Oliy Soveti deputatligiga saylanib, bir vaqtning oʻzida Mandat komissiyasining raisi sifatida ham faoliyat koʻrsatdi.
1992-yilda Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
1996-2001 yillarda Jizzax viloyati hokimi.
2001-2003 yillar mobaynida Samarqand viloyati hokimi
Forwarded from Rustam Karimjonov
👨🏻‍💻Yozgi ta'tilda bolajonlarning vaqtini sermazmun va foydali mashg'ulotlar bilan o'tkazishni istaysizmi?

Sizning farzandingizga quyidagi foydali online resurslarni tavsiya etamiz:

Duolingo - chet tillarni tekin va oson o‘rganmoqchi bo'lganlar uchun mobil ilova.
Play Маркет I App Store;

Code.org boshlang'ich sinf o'quvchilarini dasturlash va informatikaga qiziqtirishga qaratilgan online platforma.

Scratch interaktiv o‘yinlar va animatsiyalar yaratishga qiziquvchi o'quvchilar uchun mo‘ljallangan platforma.

Khan Academy (o‘zbek) matematika, informatika, kimyo, fizika, iqtisodiyot, biologiya va astronomiya kabi fanlar boʻyicha o'zbek tilidagi videodarslar to'plami.

Kitob.uz 3000 dan ziyod elektron va audio resurslar uchun mobil ilova.
Play Маркет I App Store;

Edu kids maktab o‘quvchilari uchun turli mavzular bo‘yicha motivatsion videolar to'plami.

#foydali_resurslar

Facebook | Telegram | Web-site
Forwarded from Sherzod Shermatov
Спорт соҳасидаги Токиода ўтаётган олимпиада сингари, фанлар бўйича 3 та энг нуфузли халқаро олимпиадаларда Ўзбекистон ёшлари ўтган йилги натижаларига нисбатан 2 баробар кўп медалга сазовор бўлишгани бугун Президентимиз туғилган кунларига ўзига хос совға бўлди

Президентимиз Қарори билан вазирликда Халқаро олимпиадалар бўйича янги Департамент тузилиб, бундай нуфузли олимпиадаларга тизимли тайёрланиш имконияти кенгайди, Фанлар Академияси ва барча бошқа таълим муассасалари мавжуд бўлган вазирлик ва идоралар ҳамкорлиги йўлга қўйилди ҳамда терма жамоани яхшироқ тайёрлаш учун чет элдан алоҳида тренерлар жалб этилиши имконияти пайдо бўлди.

Қарорга кўра Халқаро фан олимпиадалари ғолиблари қуйидаги мукофот пулларига эга бўладилар:

- олтин медаль соҳибига – 122 млн. сўм, ўқитувчисига – 110 млн. сўм;

- кумуш медаль соҳибига – 73 млн. сўм, ўқитувчисига – 61 млн. сўм;

- бронза медаль соҳибига – 49 млн. сўм, ўқитувчисига – 36 млн. сўм.
Ulug’bek, barakalla! 🇺🇿🇺🇿🇺🇿 G’alaba muborak!!!!
Улуғбек Рашидов - Олимпиада чемпиони!
Forwarded from Segment.uz
⚡️Улуғбек Рашитов Токио Олимпиадасида Ўзбекистонга биринчи олтинни келтирди!

Япониянинг Токио шаҳрида ўтказилаётган Олимпия ўйинларида таэквондо йўналиши бўйича иштирок этаётган ўзбекистонлик Улуғбек Рашитовнинг финал баҳси якунланди.

🇺🇿 Финалда Рашитов рақиби британиялик Бредли Синден билан куч синашди ва якунда Ўзбекистон делегациясининг Токио-2020 Олимпия ўйинларидаги дастлабки олтин медалини қўлга киритди.

@yangiuzbekiston_uz
Forwarded from Edu.uz
🥇ҒАЛАБА МУБОРАК БЎЛСИН!

ЎзМУ талабаси Улуғбек Рашитов финалда британиялик рақибини мағлуб қилиб, Ўзбекистонга Токио - 2020 Олимпиадасидаги илк олтин медални тақдим этди.

@eduuz
Forwarded from Ruslan Xurramovich
Assalomu alaykum hurmatli ota-onalar! 276-IDUM chuqurlashtirilgan matematika sinfiga imtihonlar 30.07.2021 sanada soat 8:00 da Botanika bog‘ida bo‘lib o‘tadi! Sizdan farzandingizni 7:00 ga Botanika bog‘iga tug‘ulganlik haqidagi guvohnomasi, shapka, maska va formada borishini nazoratingizga olishingizni so‘raymiz! Imtihonlar matematikadan 20 ta va ona tilidan 10 ta savol bo‘ladi! Imtihonlarga 1 soat vaqt ajratilgan! 276-IDUM Ma'muriyati!!!