316-MAKTAB AXBOROT XIZMATI
131 subscribers
2.32K photos
662 videos
29 files
1.44K links
Шайхонтохур тумани 316-умумтаълим мактабида таълим сифатини ошириш мақсадида амалга оширилаётган ишларни тўғридан-тўғри кузатиб борасиз.
Download Telegram
#mulohaza

872 kun davom etgan Leningrad qamali paytida Kyutinen Danil degan novvoy (pekar) 1942-yil 3-fevral kuni ish paytida xushidan ketib vafot etadi. O'lim sababi: ochlik, holdan toyish.

Odamlar uchun yopilayotgan nondan bir gramm ham yemaganidan. Ana odamiylik, ana vijdon, ana maʼnaviy to‘qlik. Hazrati inson!!!

Blokada davomida olamdan o‘tgan odamlarning (turli manbalar bo‘yicha 600.000 dan 1,5 mln. nafargacha ) 97 foizi ochlikdan o‘lgan ekan.

P.S: Jamiyatda ma'naviy yuksaklik, insoniylik va inson qadr qimmati degan tushunchalarning keng ildiz otishida o'qituvchilik kasbining o'rni nihoyatda beqiyos. Chunki aqlini endi tanib, hayotga kirib kelayotgan yoshlar uchun yuqoridagi atamalarning mohiyati ayni shu kasb egalari tomonidan tushuntiriladi.

📶 Biz bilan yangiliklar yana-da yaqin. Ulaning👇🏻
https://t.me/raqamli_pedagogik_xizmatlar