🇺🇿🇭🇺 2024-yilning 7-may kuni Toshkent shahrida Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Vengriya Hukumatlararo komissiyasining 9-majlisi doirasida
O‘zbekiston-Vengriya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.
🟠Tadbirda
200 dan ortiq ishbilarmon doiralar vakillari, vazirlik va idoralar rahbarlari, ekspertlar ishtirokida
joriy hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi,
qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va savdo aloqalarini kengaytirishning yangi istiqbolli yo‘nalishlari belgilandi.
🟠Forumning ochilish marosimida
O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov hamda
Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyarto ishtirok etdi. Ikki mamlakat delegatsiyalari rahbarlari
uzoq muddatli munosabatlarni yanada mustahkamlash va ikki mamlakat ishbilarmon doiralarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qat’iy tayyorligini bildirdilar.
🟠Forum davomida
investitsiya loyihalari taqdimoti boʻlib oʻtdi, shuningdek,
“B2B” va “G2B” formatlarida 137dan ortiq uchrashuvlar tashkil etildi, unda ishtirokchilar
qoʻshma korxonalar tashkil etish va
oʻzaro manfaatli savdo shartnomalarini tuzishning amaliy jihatlarini batafsil muhokama qilishga muvaffaq boʻldi.
🟠Forum yakunlari bo‘yicha
bir qator ikki tomonlama hujjatlar, investisiya kelishuvlari va eksport shartnomalari imzolandi.
✍️ Bank-moliya sektori, qishloq xo‘jaligi, transport-logistika, mashinasozlik, farmatsevtika, suv xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarda qator investitsiya loyihalari va savdo shartnomalari amalga oshirilmoqda.