O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
6.19K subscribers
8.42K photos
472 videos
3K links
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining rasmiy kanali

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
facebook.com/miit.uz
instagram.com/mift.uz
twitter.com/MIIT_Uz
Download Telegram
🇺🇿 22-iyun kuni Qo‘qon shahrida investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Xurram Teshaboyev boshchiligida Farg‘ona viloyatida loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirgan xorijiy va mahalliy investorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🟠Tadbir arafasida ISSV ishchi guruhi tomonidan viloyatdagi EIZ hududlari va Qo‘qon shahridagi 341 gektar bo‘sh er uchastkalarida yangi loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari o‘rganildi. Resurslar zaxirasi, geoiqtisodiy holat, mahalliy va eksport bozorlaridagi talab va boshqa muhim jihatlar tahlili asosida qiymati 1,9 milliard dollarlik 39 ta istiqbolli loyiha ishlab chiqildi.

🟠Ushbu loyihaviy takliflar infratuzilmani rivojlantirish, oziq-ovqat, maishiy texnika, qurilish materiallari, sanoat elektrotexnika uskunalari, qishloq xoʻjaligi texnikasi, avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqarish va boshqa sohalarni qamrab oldi.

🟠Muloqot chogʻida investorlarga istiqbolli loyihalar taqdim etildi hamda oʻz biznesini rivojlantirish va kengaytirish niyatini bildirgan tashabbuskorlarga umumiy qiymati 750 million dollarlik xorijiy investitsiyalar topishda koʻmak berildi.

🟠Viloyat tadbirkorlariga ishlab chiqilgan loyihalar taqdim etilib, faoliyat yuritishlari uchun yaratilgan qulay sharoitlar, jumladan, erkin iqtisodiy zonalar hududidagi preferensiyalar haqida ma’lum qilindi.

🟠Shu bilan birga, tashabbuskorlarni investitsiya loyihalarini amalga oshirish va keyinchalik ularni yuritish jarayonida mahalliy hokimiyat organlari hamda Vazirlik har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi bildirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 22 июня в г.Коканде под руководством заместителя министра инвестиций, промышленности и торговли Хуррама Тешабаева состоялась встреча с иностранными и национальными инвесторами, заинтересованными в реализации проектов в Ферганской области.

🟠В преддверии встречи рабочей группой МИПТ было проведено изучение возможностей реализации новых проектов на 341 га пустующих земельных участков на территориях СЭЗ региона и в г.Коканде. На основе анализа ресурсов, геоэкономического положения, спроса на местных и экспортных рынках и других важных аспектов разработаны 39 перспективных проектов, стоимостью $1,9 млрд.

🟠Данные проектные решения охватили такие сферы, как инфраструктурное развитие, производство продуктов питания, бытовой техники, строительных материалов, промышленных электроприборов, сельскохозяйственной техники, автозапчастей и другие.

🟠В ходе диалога инвесторам были представлены перспективные проекты, а инициаторам, выразившим намерение развивать и расширять бизнес, оказано содействие в поиске иностранных инвесторов на общую сумму $750 млн.

🟠Предпринимателям региона были представлены разработанные проекты и озвучены созданные для комфортной работы льготы, включая преференциальные условия деятельности на территории свободных экономических зон.

🟠Вместе с тем, выражена готовность руководства региона и Министерства к оказанию всесторонней поддержки инициаторов проектов как в ходе строительства, так и в эксплуатационный период инвестиционных проектов.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇲🇳Joriy yilning 24-iyun kuni Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston biznes-forumida ishtirok etdi. Tadbirda ikki davlatning vazirlik va idoralari, tarmoq birlashmalari rahbarlari hamda 150 dan ortiq yirik kompaniyalar vakillari qatnashdi.

🟠 Savdo-iqtisodiy o‘zaro manfaatli sheriklikni yanada rivojlantirishning bir qator istiqbolli yo‘nalishlari belgilab olindi. Jumladan, togʻ-kon sanoati, qishloq xoʻjaligi, qurilish materiallari ishlab chiqarish, tibbiyot, farmatsevtika, oziq-ovqat, bank sektorini rivojlantirish va boshqalar kabi qator istiqbolli yoʻnalishlari belgilab olindi.

✍️ Ma’lumot uchun: 2023 yilda Mo'g'uliston yalpi ichki mahsuloti 18,5 milliard dollarni tashkil etdi, 2023-yilda mamlakat iqtisodiyoti 7 foizga yaqin o'sishni ko'rsatdi. Tashqi savdo aylanmasi 24,4 milliard dollarni tashkil etdi. Mo‘g‘uliston oltin, kumush, temir, koʻmir, mis, molibden, volfram, qalay, nikel, rux, shpat kabi tabiiy resurslarga boy.

🟠Nodir metalllar va bazaltning yangi konlarini birgalikda o‘zlashtirish bilan birgalikda chorvachilik va qishloq xo‘jaligi klasterlarini tashkil etish va tayyor mahsulotlarni eksportga yetkazib berish kabi loyihalarning istiqbolligi ta'kidlandi.

🟠Sog‘liqni saqlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish, avtomobilsozlik, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda qator ikki tomonlama kelishuvlar imzolandi.

🟠B2B va G2B formatlarida o‘tkazilgan muzokaralarda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari yangi aloqalar o‘rnatish, yangi qo‘shma tashabbuslarning amaliy jihatlarini va rejalarini muhokama qilish imkoniga ega bo‘ldi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM