Forwarded from Kasbiy ta’lim agentligi
#tayinlov
Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutiga direktor tayinlandi
Kazakova Saxiba Abdurayimovna Kasbiy ta’lim agentligi huzuridagi Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti direktori lavozimiga tayinlandi.
Saxiba Kazakova Navoiy davlat pedagogika universiteti hamda Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Navoiy pedagogika kollejida boshlagan.
Faoliyati davomida umumta’lim maktabida o‘qituvchi, Navoiy shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limida metodist, Respublika ta’lim markazida bo‘lim boshlig‘i, Osiyo taraqqiyot bankining STEM ta’limi bo‘yicha milliy konsultanti, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, shuningdek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida bo‘lim boshlig‘i kabi mas’ul lavozimlarda faoliyat olib borgan.
Tayinlovga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Akademik faoliyat bo‘yicha birinchi prorektori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Telegram | Instagram

Bizni kuzating
Telegram | Instagram
Forwarded from Sho’rchi tumani hokimligi Axborot xizmati
Sho‘rchida yangi shifoxonada yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
Aholiga sifatli va malakali tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash davlat siyosatining doimiy va ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda hududlarda tibbiyot muassasalarini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan binolar va yangi tibbiy uskunalar bilan ta’minlash ishlari izchil amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, mazkur islohotlar doirasida Sho‘rchi tumani tibbiyot birlashmasi uchun besh qavatli yangi shifoxona binosi qurilib, foydalanishga topshirildi. Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ushbu binoda bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati bilan yaqindan tanishdi.
Viloyat rahbari mutasaddi rahbarlar, soha faxriylari va shifokorlar bilan birgalikda shifoxonaning har bir qavatida joylashgan bo‘limlarni ko‘zdan kechirib, ulardagi ish sharoitlari, faoliyat yo‘nalishlari hamda zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlanish holatini o‘rgandi. Suhbat davomida soha faxriylari tomonidan tibbiyot sohasida yaratilayotgan bunday zamonaviy shart-sharoitlar uchun davlat rahbariga minnatdorlik bildirildi.
Shuningdek, yangi shifoxona binosi ishga tushirilishi natijasida bo‘shab qolgan eski binodan aholining ehtiyoj va talablarini inobatga olgan holda samarali va maqsadli foydalanish masalalari muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Sho‘rchi tumani hokimi Akbarali Ishmurzoyev kuz-qish mavsumida mavjud sharoitlarni o‘rganish maqsadida tuman tibbiyot birlashmasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur ob’yektda kuz-qish mavsumida yaratilgan shart-sharoitlar, qish mavsumida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, binolarning issiqlik holatini ko‘zdan kechirdi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xizmatlar sifatini yanada yaxshilash borasida tegishli topshiriqlar berildi.
📱Telegram ✅ Facebook 🎞Youtube 🔎Web-site 🌐Instagram 🕊Twitter

👏1