FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
15.4K subscribers
22.2K photos
3.4K videos
10 files
9K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: info@fvv.uz
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan bir nechta xorijiy davlatlar Favqulodda vaziyatlar idoralari bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish, tajriba almashish bo‘yicha doimiy hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning noyabr oyida Belarus Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasiga tashrif buyurib, qutqaruvchilarni tayyorlash bo‘yicha ta’lim jarayonlari va imkoniyatlari bilan tanishgan edi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
#xalqaro_hamkorlik

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimlari bilan o‘quv-ko‘rgazmali mashg‘ulotlar o‘tkazildi


Kuni kecha, FVV Fuqaro muhofazasi instituti Favqulodda vaziyatlar simulyatsiya markazida Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasining bir guruh xodimlari bilan o‘quv-ko‘rgazmali mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar markazda yaratilgan shart-sharoitlar, u yerda tashkil etilgan zilzila tarixi muzeyi, bilimlarni sinash hamda relaksatsiya xonalari, zilzila simulyatori, yong‘in xavfsizligi va birinchi yordam trenajyorlari hamda boshqa favqulodda vaziyatlar sharoitida to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlovchi 3D o‘lchamdagi virtual dasturli interaktiv xonalarda bevosita amaliy harakatlarni bajarib, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ldilar.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
#xalqaro_hamkorlik

FVV Akademiyasiga xorijiy davlatlar delegatsiyasi tashrif buyurdi


Kecha, 18-oktabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasiga xorijiy elchixonalardagi harbiy attashelar apparati vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad, FVV Akademiyasining o‘quv–moddiy bazasi hamda o‘quv jarayoni bilan tanishish, shuningdek, Akademiya bilan o‘zaro tajriba almashish hamda ta’lim sohasida zamonaviy texnologiyalar asosidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki, FVV Akademiyasi tomonidan bir nechta xorijiy davlatlarning turdosh oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot markazlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini rivojlantirish hamda tajriba almashish bo‘yicha doimiy hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

📌Batafsil: https://gov.uz/oz/fvv/news/view/24729

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X