Limit Of Humanity
39 subscribers
147 photos
26 videos
1 file
7 links
Bizning chegaramiz o'zi qayerda...?
Download Telegram
Vyetnamdagi AQSH askarlari tomonidan ishlatilgan olov yoqgichlarga bitilgan bitiklar)

Tarjima: Ovoz berish uchun yoshman lekin o'lish uchun emas.Sevish uchun yoshman, ammo yig'lash uchun qari.

Agar men o'lsam jannatga tushaman, chunki umrimni jahannamda o'tkazib bo'ldim.
1👍1
Limit Of Humanity
Ovoz berish uchun yoshman lekin o'lish uchun emas.Sevish uchun yoshman, ammo yig'lash uchun qari.
Aytib o'tish joizki o'sha davrlarda AQSHda saylovda ovoz berishning minimum yoshi 21 qilib belgilangan edi, harbiy safarbarlik yoshi bo'lsa 18.Shu nazarda tutilgan)
👍2
Iffat bu inson(ayollar asosan)ning shaxsiy chegarasi.Biz insonlarning shaxsiy chegaralarini qanchalik muhokama qilsak, buzishga urinsak jamiyat shunchalik tubanlikka yuz tuta boshlaydi.Men liberalizm tarafdoriman, insonlar istaganicha yashasin.Bu ularning shaxsiy hayoti, biz ularning shaxsiy chegaralariga burnimizni tiqaversak demakki qulayabmiz.

Shu sababdan ilmsizlikka qarshi kurashish kerak.Biror joyga chaqirib qo'liga 4 ta kitob berib emas massiv tarzda ongni rivojlantiruvchi narsalarni targ'ib qilishimiz kerak.
👍21🔥1
Jamiyat uchun xavfli shaxs bu iffatsiz ayol emas aksincha shuni muhokama qilib asosiy munozara mavzusiga aylantirayotgan tupoy olomondir.

The Godfatherning birinchi qismida Vito Corleone o'g'li Michaelga aytadi: Ayollar kalta o'ylashi mumkin lekin erkaklar kalta o'ylashi aslo mumkin emas.Bu biror bir qatlamni kamsitish emas, shunchaki individ bo'la turib kaltafahm olomonning bir qismi bo'lmaslik kerak)
👍21🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ha mayli.Bizni oldimizda hali 2027-yilgi Osiyo Chempionati kutib turibdi)
👍1
Qisqasi nima ayb bo'lsa barini kapitalist va ateistlarga to'nkash yaxshimas.Shunchaki odamlar rasvo konservator bo'lishi mumkin, yangilikka intilmasliki mumkin, diniy diasporadan chekkaga chiqa olmasliki mumkin, o'zini fikriy chegaralagan bo'lishi mumkin)
👍1
Faxsh bosib ketadi degan narsalar ham men uchun kulguli ochig'i.Jamiyatda bundan chirkin odatlar avval ham mavjud bo'lgan keyin ham mavjud bo'ladi.Nega aynan biror bir narsaga taqab shunday deb atash kerak o'zi xayronman.Jamiyat bu chirkinliklar bilan allaqachon to'yinib bo'lgan, yoki odamlar uzoqdagi g'arbga intilsak faxshga botamiz deb yaqinidagi Gulchapchapni G'ishmat bilan qilib yurgan ishlarini faxsh hisoblamasmikan o'zi?

Ikki standartli odamlarimiz bor.Tashakkur bularni miyalariga shuncha vaqtdan beri ishlash nimaligini bilmagani uchun.
👍1
Jamiyatning onggini rivojlantirish menimcha rivojlanishning dastlabki tramplini bo'la oladi.
👍1
Ha mayli.Fayzimizni bersin.

Arrian akani fikrlarini o'rganaylikchi)
👍1
The Fall of Phaethon yoxud The Fall of Icarus.

Ushbu rasm 1588-yil Holland(Golland) rassomi Hendric Goltzius tomonidan chizilgan bo'lib yunon mifologik afsonasi "Fetonning qulashi" sifatida yaratilgan.

Rivoyatlarga ko'ra bir kuni Feton otasi Heliosning samoviy aravasini olib qochadi va o'zbilarmonlarcha uni boshqarishga urinadi.O'ziga haddan tashqari ishongan Feton oxir oqibat aravani boshqarolmasdan yer yuzini yondirib yuboradi va koinot tartibini buzadi.Bu voqeani to'xtatib dunyoni saqlab qolishga uringan oliy xudo Zevs unga chaqmoqlarni yog'diradi.Shu chaqmoqlar Feton aravasini qulatib dunyoni saqlab qoladi.Shu surat uning aravadan qulashini ifodalaydi.
👍2
Limit Of Humanity
The Fall of Phaethon yoxud The Fall of Icarus. Ushbu rasm 1588-yil Holland(Golland) rassomi Hendric Goltzius tomonidan chizilgan bo'lib yunon mifologik afsonasi "Fetonning qulashi" sifatida yaratilgan. Rivoyatlarga ko'ra bir kuni Feton otasi Heliosning samoviy…
Bu rasmni so'nggi yillarda targ'ib qilingan varianti The Fall of Icarus haqida.

Yunon afsonalariga ko'ra mashhur me'mor Dedal Krit shahri podshosi Minos iltimosiga ko'ra odamlar ko'zidan Minotaur maxluqini yashirish uchun labirint quradi.Biroz vaqtdan so'ng Dedal bilan Minos o'rtasida munosabatlar yomonlashadi, podsho ota-o'g'ilni tutqunlikka bandi qiladi.Bandi qilingan Dedal o'z o'g'lini qutqarish uchun mum va qush patlaridan qanotlar yasaydi.U o'sha qanotlarni o'g'liga bera turib shunday deydi: "Pastlab uchma - namlik qanotlaringni eritib seni qulatadi, balandlab uchma - quyosh qanotlaring ostidagi mumni yondirib seni dengizga g'arq qiladi, oltin o'rtaliqni saqla".Ammo haddan tashqari o'ziga ishongan, eyfariyaga berilgan, samoga maftun bo'lgan Ikar balandlab ucha boshlaydi.Oxir oqibat quyosh uning qanotlarini kuydirib dengizga qulashiga sabab bo'ladi.
👍2
Ertalabdan beri tushuntirasan, ovozli xabar jo'natasan, rasm tashlaysan, qo'ng'iroq qilasan lekin kechga kelib tushunmasdan nima u deb yozib yuborsa asablar bardosh berolmas ekan.
👍1
Biz kelib ketuvchi to’garak jahon
Na boshi ma’lum na so’ngi ayon
Hech kimsa rostini aytib berolmas
Biz qaydan keldigu ketarmiz qayon
Keksa yosh hayotga har kimki yetar
Hammasi izma-iz birma-bir o’tar
Bu dunyo hech kimga qolmas abadiy
Ketdilar, ketamiz, kelishar, ketar
Kelmoq qo’lda bo’lsa kelmasdim bir dam
Ketmoq qo’lda bo’lsa ketmas edim ham
Juda soz bo’lardi bu g’amxonaga
Kelmasam, turmasam, kelib ketmasam.
Afsuski yigitchilik mavsumi bitdi
Ko’klam o’tib ketdi, qish kelib yetdi
Yoshlik deb atalgan u sevinch qushi
Bilmadim qachonlar keldi-yu ketdi.

Umar Xayyom
.
👍1
2 yoshli jiyanni qo'liga ruchka bergandim, oyoqchalaridagi tomirning ustiga siyohni aniqlik bilan chizib chiqibdi, xayron qoldim.
👍21🔥1
Limit Of Humanity
2 yoshli jiyanni qo'liga ruchka bergandim, oyoqchalaridagi tomirning ustiga siyohni aniqlik bilan chizib chiqibdi, xayron qoldim.
Keyin alifboni oldiga olib borganimda katta qiziqish bilan harflarni va undagi ko'rsatilgan hayvonchalarni ustiga bosib nimaligini aytishimga ishora qildi, aytib chiqdim, bu harakatini bir necha bor takror qilib bir necha martadan har bir harflarni so'rab chiqdi.Shu joyiga o'ylab qoldim.

Balki har bir bola tug'ilganida aqlli bo'lib tug'ilib vaqt o'tgan sayin muhit ularning onggini atrofdagilar onggiga mos darajaga tushirib qo'yarmikan deb.
👍21🔥1
Biror bir sabab tufayli xosil bo'lgan toshlar o'z Mikelanjelosini topmas ekan, qolgan toshlar orasiga singib ketadi.Muhimi o'z haykaltaroshiga ega bo'lib sayqallanish.
👍1
Senga muhabbatim gunohim bo'lsa,
Azroil dorchivon ossin bo'ynimdan.
Nigohim shu'lasin Balxlarda so'lsa,
Qatag'on go'rimga tiqsin qo'ynimdan.
👍1
Yosh o'tgan sayin uylanish va tezroq parentslarni grandparents qilish bosimi oshib borayotgandek.

Farzandli bo'lish muammo ish emas lekin uni tarbiyasi bilan shug'ullanish ma'suliyati baland.Tem bolee hozirgi texnologik asrda ularni internetsiz katta qilish qiyin bo'lmoqda.Ko'plab bolalar kuzatilsa gadjetlarsiz ovuntirish qiyin, agar qurilmalar bo'lmasa energiyangizni o'z energiyasi bilan yeb tashlashi tayin gap.Xo'sh shu joyiga savol tug'iladi.

Bolalarni la'nati manqurt sifatida tarbiyalovchi YouTube shortslarsiz va ongsizlantiruvchi bolalar videolarisiz qanday katta qilish mumkin o'zi?
👍1