Limit Of Humanity
39 subscribers
147 photos
26 videos
1 file
7 links
Bizning chegaramiz o'zi qayerda...?
Download Telegram
Ertalabdan beri tushuntirasan, ovozli xabar jo'natasan, rasm tashlaysan, qo'ng'iroq qilasan lekin kechga kelib tushunmasdan nima u deb yozib yuborsa asablar bardosh berolmas ekan.
👍1
Biz kelib ketuvchi to’garak jahon
Na boshi ma’lum na so’ngi ayon
Hech kimsa rostini aytib berolmas
Biz qaydan keldigu ketarmiz qayon
Keksa yosh hayotga har kimki yetar
Hammasi izma-iz birma-bir o’tar
Bu dunyo hech kimga qolmas abadiy
Ketdilar, ketamiz, kelishar, ketar
Kelmoq qo’lda bo’lsa kelmasdim bir dam
Ketmoq qo’lda bo’lsa ketmas edim ham
Juda soz bo’lardi bu g’amxonaga
Kelmasam, turmasam, kelib ketmasam.
Afsuski yigitchilik mavsumi bitdi
Ko’klam o’tib ketdi, qish kelib yetdi
Yoshlik deb atalgan u sevinch qushi
Bilmadim qachonlar keldi-yu ketdi.

Umar Xayyom
.
👍1
2 yoshli jiyanni qo'liga ruchka bergandim, oyoqchalaridagi tomirning ustiga siyohni aniqlik bilan chizib chiqibdi, xayron qoldim.
👍21🔥1
Limit Of Humanity
2 yoshli jiyanni qo'liga ruchka bergandim, oyoqchalaridagi tomirning ustiga siyohni aniqlik bilan chizib chiqibdi, xayron qoldim.
Keyin alifboni oldiga olib borganimda katta qiziqish bilan harflarni va undagi ko'rsatilgan hayvonchalarni ustiga bosib nimaligini aytishimga ishora qildi, aytib chiqdim, bu harakatini bir necha bor takror qilib bir necha martadan har bir harflarni so'rab chiqdi.Shu joyiga o'ylab qoldim.

Balki har bir bola tug'ilganida aqlli bo'lib tug'ilib vaqt o'tgan sayin muhit ularning onggini atrofdagilar onggiga mos darajaga tushirib qo'yarmikan deb.
👍21🔥1
Biror bir sabab tufayli xosil bo'lgan toshlar o'z Mikelanjelosini topmas ekan, qolgan toshlar orasiga singib ketadi.Muhimi o'z haykaltaroshiga ega bo'lib sayqallanish.
👍1
Senga muhabbatim gunohim bo'lsa,
Azroil dorchivon ossin bo'ynimdan.
Nigohim shu'lasin Balxlarda so'lsa,
Qatag'on go'rimga tiqsin qo'ynimdan.
👍1
Yosh o'tgan sayin uylanish va tezroq parentslarni grandparents qilish bosimi oshib borayotgandek.

Farzandli bo'lish muammo ish emas lekin uni tarbiyasi bilan shug'ullanish ma'suliyati baland.Tem bolee hozirgi texnologik asrda ularni internetsiz katta qilish qiyin bo'lmoqda.Ko'plab bolalar kuzatilsa gadjetlarsiz ovuntirish qiyin, agar qurilmalar bo'lmasa energiyangizni o'z energiyasi bilan yeb tashlashi tayin gap.Xo'sh shu joyiga savol tug'iladi.

Bolalarni la'nati manqurt sifatida tarbiyalovchi YouTube shortslarsiz va ongsizlantiruvchi bolalar videolarisiz qanday katta qilish mumkin o'zi?
👍1
O'zbekiston bo'ylab deyarli bir haftadan beri sayohat safaridaman.Botiqlardan tortib tog'largacha, cho'llardan tortib daryoyu ko'llargacha, qo'riqxonalardan tortib rezervatsiyalargacha ko'rdim onasini emsin.Tog'ga chiqsam ham botiqqa tushsam ham aloqa va internet muammosi quvdi faqat, ammo barchasi yoqimli kechmoqda)

Kichik tavsiya.Yolg'iz sayohatda aloqa yaxshi bo'lmagan joylarga borishdan oldin yaqinlarni ogohlantirib qo'yish zarur, bo'lmasam aloqali hududga chiqqanda "sizda javobsiz qo'ng'iroq bor" kabi smslar to'lib ketishi mumkin)
👍2
Ba'zilar hozirgacha yashagan uzoq umriga yana umr tilashmasin, yaxshisi yaxshiroq farosat va fundamental bilimlarni tilab olishsin, agar xudo tekinga hadya qilsa.
👍2
Caligae(botinka) va imperator Caligula bir biriga qanchalik bog'liq?

Caligae Rim legionerlarining o'z davri uchun ilg'or bo'lgan mashhur poyabzali.Materialning yengilliki askarlarni jang maydonida va harakat paytida mobillikini oshirgan bo'lsa, oyoq ostiga mahkamlangan mixlar sirpanchiq va yog'ingarchilikli vaziyatlarda jangchilar muvozanatini saqlashga xizmat qilgan.Toshloq yo'llarda qadam bosganda minglagan jangchilar oyog'idagi oyoq kiyim mixlaridan chiqadigan taqir-tuqurlar dushmanga Rimliklar yaqinlashyotganini ham anglatib turgan.

Xo'sh nega Caligulaga bu narsa bog'lanadi?

Chunki Caligula so'zi aslida kichik botinka ma'nosini anglatadi.Bu nomni Caligula(Gay Yuliy Sezar Germanik haqiqiy ismi) bolalikida kichik Caligae(Caligula) kiyib jangchilar lagerida yurganida qabul qilib olgandi.
👍1
Endi yana bitta jumboq.Gay Yuliy Sezar Germanik ismi.Caligula Sezarning to'g'ridan to'g'ri avlodi emas, chunki Sezar o'g'ilsiz vafot etgan.Uning sulolaviy davomchiligini esa opasining nevarasi Oktavian keyinchalik Avgust nomini qabul qilib davom ettiradi.Shundan so'ng ushbu sulola vakillari o'ziga Gay Yuliy Sezar ismini unvon sifatida qabul qilib imperatorlik legitimizatsiyasini taminlashadi.Ammo sulola uzoqqa cho'zilmaydi, Avgust miloddan avvalgi 27-yilda rasmiy ravishda asos solgan sulola Tiberiy, Kaligula, Klavdiy va Neronning hukmronlikidan so'ng 95 yil ichida milodiy 68-yil o'z nihoyasiga yetadi.Neronning o'z joniga qasd qilishi nafaqat shonli sulolaga yakun yasadi, balki Rim tarixida bir yil ichida 4 ta general imperatorlik taxtiga o'tirib ag'darilgan taxtlar o'yinini boshlab beradi.

Sezar ismining o'zi bo'lsa tort bo'lishdan tashqari Germaniyada Kaizer, Rossiyada Tsar unvonlariga asos bo'lib xizmat qildi)
👍2
The Cranberries - Zombie (Alt. Version)
Afsonaviy The Cranberries guruhining 1994-yil release qilingan Zombie taronasi.Qo'shiq fikrlamaydigan, har nimaga ko'r-ko'rona ishonuvchi, har qanday propagandaga uchuvchi, eskilikka burkangan olomonni qoralab kuylangan.Tarixi 1993-yil Shimoliy Irlandiyani Irlandiya tarkibiga qo'shish urinishlari paytida Angliyaning Warrington shahrida radikal irlandlar uyishtirgan teraktga borib taqaladi.O'sha paytda Shimoliy Irlandiyadagi mojaro mustaqillik uchun kurashdan ikki xil diniy oqim vakillari o'rtasidagi mojaroga ham aylanib ketadi. Kurash norasmiy tarzda Angliya tarkibida qolishga intilgan Protestantlar (loyalistlar) va Irlandiya tarkibiga kirishga intiluvchi, propaganda bilan chayilgan Katoliklar o'rtasida bo'lib o'tadi.Teraktlar va janjallarni o'zicha oqlab "Biz bularni barcha Irlandlar nomidan qildik" deya jar solgan o'sha radikallarga muallif qo'shiqda "Ammo ko'ryapsanku, bu men emas, bu mening oilam emas" deya ularni xalq nomidan, butun boshli Irlandlar nomidan gapirmaslikka chaqiradi.

#BehindTheLyrics
👍1
Limit Of Humanity
Afsonaviy The Cranberries guruhining 1994-yil release qilingan Zombie taronasi.Qo'shiq fikrlamaydigan, har nimaga ko'r-ko'rona ishonuvchi, har qanday propagandaga uchuvchi, eskilikka burkangan olomonni qoralab kuylangan.Tarixi 1993-yil Shimoliy Irlandiyani… – The Cranberries - Zombie (Alt. Version)
Qolaversa muallifning o'zi ham Shimoliy Irlandiyalik.Shuningdek qo'shiqdagi "In your head" degan joyi sof propaganda qurbonlariga atalgan.Masalan shunaqangni manqurtdan "Bu millat vakili senga nima yomonlik qildiki ularni shu qadar yomon ko'rasan" deb so'ralsa cho'michga ilinadigan javob berolmaydi.Chunki urush ularning miyasida(In Your Head), hayotida emas.Sun'iy ravishda nafrat zombielarga singdirilgan)
👍1
Zoomerlar oila borasida qolgan avlodlarga nisbatan ma'suliyatliroq avlod bo'lib yetishadi deb o'ylayman.To'g'ri ora orada ko'plab dalbanlar ham uchrab turadi, lekin avlod umumiy to'g'ri xulosaga ega bo'lolsa eng zo'r avlod ham bo'lolishi mumkin, aksincha bo'lsa eng rasvosi ham)
👍1
2020-yil bitta bloger, ehtimol olim aytyabdi, farzand ko'rish zararli, insoniyatga va olamga faqat zarar keltiradi, bu zanjirni ora orada uzib turishimiz kerak.
Odamlar shu jumladan men: Dal*@$+*, tupoy odamlar tiqilib ketdi, hammasi karantinda o'lib ketishsa yaxshi bo'lardi.

Hozir men: Bl**🤧
👍1
Yashash uchun odamzot shuncha qiynalishiga arziydimi, bu hayot?

Mening fikru zikrim bo'yicha va shaxsiy qarashlarimdan kelib chiqib aytishim mumkinki bizga tirik ongli mavjudot sifatidagi hayotda yashash imkoniyati atiga bir marta inom etilgan, shu sababli imkon qadar ko'proq yashab qolish zarur.Unda qiynalish yoki qiynalmaslik bo'lsa nisbiydir.Biroq biz tug'ilganimizda baribir jismonan nogiron, ma'nan qashshoq holda tug'ilamiz, a bu esa dastlabki qiyinchiliklardan biridir.Shundan keyin ham biz organizm sifatida rivojlanib yashashda davom etyabmiz, o'lib ham qolmadik, bundan kelib chiqib bu hayot qiynalishga arzirkan.Biz tug'ilganimizdan beri qiyinchiliklar ichida yashamoqdamiz va bu muttasil umrimiz yakunigacha davom etadi.Shu uchun bu jang maydoni kurashishga arziydi)
👍1
STAY Ch Sh Ng.
Ha mayli Ng dan voz kechishga bajonidil roziman)
👍1
Shaxsan alifboni o'zgartirilishiga qarshiman.

Birinchidan.Alifbo o'zgartirilishi kerak bo'lsa 1989-yil O'zbek tili davlat tili maqomi berilganida alifbo tahrirlab o'tilishi kerak edi yoki 1993-yil ommaviy ravishda kirill alifbosidan voz kechib lotin alifbosiga o'tilganida SH CH NG harflari o'rniga muqobilroq variant yaratish kerak edi, keyingi imkoniyat 1995-yilning 24-avgustida imlo qoidalari qayta ko'rib chiqilib lotin alifbosiga moslashtirilganida mumkin bo'lgandi.Lekin bu ish amalga oshirilmadi.

Ikkinchidan.Nega aynan dastlabki yillarda tahrirlanmasdan keyinroq oradan 30 yildan oshiq vaqt o'tib uch to'rt dekada avlodni tarbiyalagandan so'ng tahrirlashga ehtiyoj paydo bo'lyabdi.Mamlakat miqyosida asosni ham shu avlod tashkil qilyotgan davrda demografik o'sish bilan keyingi dekadalardagi avlodlarni tarbiyalab ularni davrida jiddiy ommalashtirishni reja qilinyabdimi xayronman.Keyingi yillardagi bo'lishi mumkin bo'lgan demografik turg'unlikni hisobga olishyabdimikan o'zi?

Uchinchidan.Turkiy hamjihatlik bizga qanchalik muhim.Menimcha har bir davlatning o'ziga xosligi bo'lishi kerak, alifbodan tortib madaniyatgacha, agar milliy yaqinlik muhim bo'lganida buni alifbo orqali emas boshqacha usullar bilanam qilish mumkin chamamda.
👍1🔥1
Sardinalar bir jahon, qolgan baliqlar bir jahon)
👍1