Limit Of Humanity
39 subscribers
147 photos
26 videos
1 file
7 links
Bizning chegaramiz o'zi qayerda...?
Download Telegram
Ba'zida insonlarni shu qadar qo'msab qolamiz lekin ularni boshqa topa olmaymiz yoki taqdir yo'limizni kesishtirmaydi ular bilan.G'alati holat...

Shu qadar qattiq quchgim kelyabdi hatto suyaklari zirqirab ketib bellaridan qirsillagan ovozlar chiqquncha
...
πŸ‘2πŸ’”1
Biz insonlarni sevmaslikimiz mumkin lekin ularga fe'l atvori tufayli oxir oqibat o'rganib qolamiz.
πŸ‘2πŸ€·β€β™‚1πŸ’―1
Limit Of Humanity
Biz insonlarni sevmaslikimiz mumkin lekin ularga fe'l atvori tufayli oxir oqibat o'rganib qolamiz.
Xoh u muhabbat bo'lsin xoh dushman bo'lsin baribir har birining qalb tubidagi o'rni bo'lakcha.Ularni sevmaslikingiz mumkin ularni yoqtirmaslikingiz mumkin lekin ular ketsa tublikdagi o'rni doimo qo'msayveradi.
πŸ‘2❀1πŸ’˜1
Sevgi muhabbat absurddir lekin bu hayotda insonlarga o'rganib qolishda qandaydir ma'no mavjud bo'lsa kerak)
πŸ‘2❀1πŸ”₯1
Men nigilistman.Hayotda yashashdan ma'no ko'rmasam ham uzoqroq yashashga imkon qadar harakat qilaman.Diniy qarashlarga e'tibor bermayman lekin g'alati narsa bunda emas.G'alati narsa shundaki nega aynan odamlar doimiy ravishda o'z joniga qasd qilishadi.Suidsid so'ngi chora emasliki ma'lum narsa bo'lsada ular shunchaki bu borliqni ahmoqona tarzda tark etishni afzal ko'rishmoqda.Va bu ahmoqlikni bajarishdan bosh tortishmayabdi...

Menga qolsa so'ngi nafasim chiqquncha yashashni afzal ko'raman chunki o'limdan so'ng extimol qorong'u bo'shliqqa tusharmiz.Menga esa bu bo'shliqqa erta yetib borish ma'qul ish emas)
πŸ€·β€β™‚3πŸ€·β€β™€1❀1πŸ‘1😁1
Ikkiyuzlamachilikni paxtakorlikni soxta mulozamatlarni insoniylik sifatida qabul qilishyotgan bir davrda haqiqatni,haqiqiy ichki dunyosini gapirgan inson doimo dushmandek yomon bo'lgan)
πŸ‘3πŸ’˜1
Nimadir demoqchi edim.Ha mayli)
πŸ€”2✍1
O'zbekistonda turmush qurish qiyin ish emas shunchaki urf odatimizni bajarish qiyin)

Ha men qaysidir qizni qo'liga uzuk taqib rasmiy nikohdan o'tsam bu odatiy turmush qurish hisoblanmaydi.Lekin qachonki 1500-2000 kishi uchun tekin ovqatlanish tashkil qilsam, sha'riy nikohni mullalar orqali o'qitsam va lekin rasmiy nikohdan o'tmasam ham bu odatga ko'ra turmush hisoblanadi.Naqadar g'alati narsa)
πŸ‘3
Absurdlar absurdlar absurdlar)
πŸ‘2
Evtanaziya β€” har doim qiyin.

Evtanaziya β€” kasallik yoki jiddiy jarohat tufayli qattiq og'riq va azobda bo'lgan bemorning hayotini sun'iy ravishda tugatish amaliyotidir. Evtanaziya odatda shifokor yoki tibbiyot xodimi tomonidan amalga oshiriladi va bemorning o'limini tezlashtirish orqali uning azoblarini kamaytirishga qaratilgan.

Evtanaziya ikki xil bo'ladi:
Faol β€” maxsus dori-darmonlar yoki usullar yordamida bemorning hayotini tugatish.
Passiv β€” bemorga hayotni davom ettirish uchun zarur bo'lgan tibbiy yordamni to'xtatish yoki uni olmay qo'yish.

Evtanaziyaning asosiy maqsadi insoniylik tamoyillariga asoslangan holda, bemorning azob-uqubatlarini yengillashtirish va uning og'riqli hayotdan tinchlik bilan ketishiga yordam berishdir.

Evtanaziya β€” bemor hayoti ustidan chiqariladigan so'nggi hukm. Buning eng qiyinligi shundaki, aksar xolatlarda bu hukm bemorning eng yaqin qarindoshlari (ota-ona yoki vasiysi) qo'lida bo'ladi.

Β©ming bir fikr
πŸ‘4
O'zbek ishi yoxud paxta ishi!

Osmon baravar plan berdilar.
- Bajarasan! - dedilar.
- Bajarolmayman! - dedi.
- Bajarasan! - dedilar.
- Bajarmayman! - dedi.
- Qamalasan!!! - dedilar.

Bajardi...
Bola-chaqasi ko'p edi...
Orden berdilar...
Planni oshirib bajargani uchun...
Keyin...
Qamadilar...
Qo'shib yozgani uchun...
Bola-chaqasi ko'p edi...

"Daftar hoshiyasidagi bitiklar" kitobidan!
πŸ‘4
Negadir nafs yomon.Uyimda vaqtim bo'lmagani uchun o'qilmay chang bosyatgan kitoblarim ko'payib qoldi lekin nafs qurg'ur hakalak otib oylik tushgandan so'ng yana kitob istayabdi chang bostirish uchun)
πŸ‘4
Soqovni qamashdi,
Soqov dushmanni,
Siyosiy savodsiz,
Anqov dushmanni...

Qamashdi,
Bir kunda,
Paysalga solmay.
Aybi aniq edi,
Aybi ma'lum edi,
U dohiy otini
To'g'ri aytolmay,
Hammaning oldida,
"Ishtalin" dedi!

Soqchiga mo'ltirar
Soqov,
Qaltirar,
O'ldirishar endi,
Uni o'ldirar.

Qoldi uy,
Qoldi β€” g'urbatxonasi,
G'urbatxonasida β€”
Qari onasi.
Yana bir zot ketdi
Shunday qilib β€”
Soqovning boshiga
Yetdi o'z tili...

O'rmonda otishdi,
Qor edi qalin.
Yiqildi.
Xayqirib,
Yashashin Ishta-lin!

Soqovni otishdi,
Anqovligi uchun.
To'g'rirog'i β€”
Tug'ma
Soqovligi uchun.

Qirq yil bo'ldi bunga.
Ellik yil bo'ldi-yov.
Mana endi,
Soqovning onasi β€”
Haqiqiy soqov!..

Soqov duduq edi
Munday olganda.
Tillashsa bo'lardi
O'lmay qolganda.

✍Muhammad Yusuf
πŸ‘3❀2
Dunyoda qiziq odamlar borda)
πŸ‘3
Hozir extimol kimlardir endi uyqudan uyg'onyatgan bir paytda men haligacha uxlolmay yuribman)
πŸ‘3
Samurayni manzili yo'q yo'li bor

Β©
πŸ‘4❀‍πŸ”₯1
Sulton Ali Rahmatov - Symphony 2 (Бимфония β„–2)
Eski davrlarni eslatuvchi ushbu kuy muallifi bastakor Sulton Ali Raxmatov vafot etibdi...
πŸ‘5
Bugun ertalab uyg'onib shu Guliston so'zini o'qib rosa miyam chaynaldi.

Miyamdan o'tgan fikrlar:

Gul iston?
Gulis Ton?
Gul is Ton?
Guli Ston?
Bu nima narsa bo'ldi?
Qayerda o'zi?
Yangi davlat paydo bo'ldimi?
Qachon paydo bo'ldi?
Nega meni xabarim bo'lmadi?
O'zi qancha vaqt uxladim?
Qayerdaman o'zi?
Yer sayyorasidagi barcha davlatlarni va bilgan shaxarlarimni 10 daqiqacha yotgan xolda miyada saralab chiqdim nixoyat o'zimizni Sirdaryodagi Guliston shaxriligi miyamga keldi)
😁5
Qaylardasan Yeva...
πŸ‘2πŸ’”1
Kechasi alahsirab uyquni buzishini tanishlari bilmaydigan odamlardan qo'rqing, xudo biladi ularning qo'lidan yana qanday xunrezliklar kelishini...

Β©
😁3😒1πŸ’―1
Pianina sadolari shunchaki ajoyib)
πŸ‘2❀‍πŸ”₯1