Limit Of Humanity
39 subscribers
147 photos
26 videos
1 file
7 links
Bizning chegaramiz o'zi qayerda...?
Download Telegram
Tabiiyki yil bo'yi uyqu rejimim rasvo bo'ladi.Bu sayr esa bu muammoga qisman bo'lsada yechim bera oladi men uchun.
๐Ÿ‘1๐Ÿ’ฏ1
Intellektual yolgโ€˜izlik siz o'ylagandan ancha murakkab narsa, bu shunchaki saviyali suhbatlarni istash emas. Bu murakkablikni anglab yetadigan odamlar naqadar kam ekanligini anglab yetishdir. Odamlarning tushunishga intilish oโ€˜rniga, oโ€˜zlarini haq deb his qilish uchun shoshma-shosharlik bilan javob topishga urinishlarini kuzatishdir. Bu odamlarning sarlavhalar, yuzaki taassurotlar va ijtimoiy tarmoqlardagi soโ€˜nggi videolardan butun dunyoqarashlarini shakllantirishlarini koโ€˜rishdir. Bu sizning fikrlaringiz, qarashlaringiz kimningdir qolipiga sigโ€˜maganda yuzaga keladigan sukunatdir.
Bu kibr emas. Bu - sizning fikrlaringizni tushunmaydigan odamlar oldida aytishingiz mumkin boโ€˜lgan gaplarning ichingizda yig'ilishidan paydo bo'lgan charchoqdir.

Fikrlashingiz o'sgach, oddiy suhbatlar sizni zeriktirish u yoqda tursin, begonalashtiradi. Siz shunchaki aqlli odamlarni emas, balki hali ham fikrlashda davom etayotgan insonlarni izlaysiz.

...
โคโ€๐Ÿ”ฅ1๐Ÿ‘1
To'g'risi hali umrimni qoq yarmiga yetmagan bo'lsam ham umrini yarmini bosib o'tgan odamlarni ba'zilaridan ba'zi extimol aqliy jabhalarda ustunman degan fikrdan hali qaytganim yo'q.

Dunyoning ko'p jihatlari meni endilikda deyarli xayron qoldirmaydi ham chunki ssenariy uslub va tartib qisman bir xil shakllangandek tuyuladi.Bu holatda esa aktyorlar almashaveradi ssenariy esa o'z yo'nalishi bo'yicha ijro etilishda davom etadi.
๐Ÿ‘1๐Ÿ’ฏ1
Topib oldim.O'zimga yoqadi qandaydir shu rasm)
โคโ€๐Ÿ”ฅ1๐Ÿ‘1
Limit Of Humanity
Yana o'ntacha chang bosa boshlagan kitoblarim bor ularni ham yangi yilgacha o'qib chiqa olishimga kafolat bermaymanu lekin harakat qilaman...
Kitobni imkon qadar vaqt ajratib o'qiyabman va shu vaqtgacha qoq yarmiga keldim.Bilganlarim ham bilmaganlarim ham uchrab turibdi.Agarda sizni yo'nalishingiz tarix bo'lsa yoki tarixga qiziqsangiz bu kitob ayni sizbob(va menbob) shaklda sodda tilda yozilgan)
โค1๐Ÿ‘1
Limit Of Humanity
Kitobni imkon qadar vaqt ajratib o'qiyabman va shu vaqtgacha qoq yarmiga keldim.Bilganlarim ham bilmaganlarim ham uchrab turibdi.Agarda sizni yo'nalishingiz tarix bo'lsa yoki tarixga qiziqsangiz bu kitob ayni sizbob(va menbob) shaklda sodda tilda yozilgan)
Kitobni o'qishga arzirli tarafi real tarix sarguzasht va qiziqarli tarzda yilma yil ketma ketlikda yozib chiqilgan.Har qanday personajni jonli tarzda ifodalashgan va voqealar ham jonli tus olgan.Ushbu kitobni yozuvchi katta o'yinda ishtirok etgan odamlarni yon daftarchalarida yozib qoldirganlarini arxivlardagi hujjatlarni chiroyli tarzda ssenariyga kiritib ketishga muvaffaq bo'lgan...
๐Ÿ‘1
Aytgancha kitob haqida subyektiv fikrim ajoyib menimcha asaxiy tomonidan tarjima qilingan eng yaxshi kitoblardan biri.Qo'shimchasiga bu kitob inglizlar nomidan yozilgan bo'lib bosqin ishlarini olib borgan inglizlarga insoniy achinish xissini ham uyg'otadi.Nimayam deymiz tarixga tepadan nazar tashlash qiyin)
๐Ÿ‘1
Menimcha ayrim kitoblarimizga film ishlamagan ma'qul.Chunki ularni ham ishlash me'yorini buzib kitobdan bezdirib qo'yishlari mumkin)
๐Ÿ‘1
Insonlarni seving.Borliqda insonlardek intellektual jonzot boshqa uchramasliki mumkin)
๐Ÿ‘3๐Ÿ˜1๐Ÿค1
O'ylab qarasam kechgi sayrlar orqali uyqu rejimimni sekin sekin joyiga tushiryabman ekan yoki kuz effekt beryabdi.

Odatda bahordan kuzgacha uyqu rejimim juda rasvo bo'ladi tahminan yangi kunning ilk ikki soatigacha uyqu kelmaydi.Hozir esa sutka tugashiga bir ikki soat qolganda uxlay boshladim qandaydir.

Qiziq.Buni boshqa tarafdan olib qaralsa kuz va qish faslida odam immuniteti tushishini kunlar avvalgidek yorug' bo'lmaslikini hamda quyosh ertaroq botishini ham aytishimiz mumkin.Extimol shu sabablarniyam ta'siri bordir
)
๐Ÿ‘1๐Ÿ’ฏ1
Umumiy tarix hech qachon takrorlanmaydi lekin o'z o'rnida saboq chiqarilmagan har qanday xatoga vaqti kelib yangi tig'lar sanchiladi.
๐Ÿ”ฅ2๐Ÿ‘1
Menimcha foydali narsa hamma ham bilmasa kerak.

Bolaligimda oylarni 31 yoki 30 kundan iboratligini aniqlashga qiynalardim shu uchun ushbu uslubni o'rgatishgandi.

Qisqa qilib tushuntirsam hisoblash qaysi qo'lligidan qa'tiy nazar ko'rsatkich barmoqni suyak tepaligidan boshlanadi.Tepa va pastliklar tugagandan so'ng qaytadan ko'rsatkich barmoqdan boshlab qolgan oylar hisoblanadi.

Tepaliki borlar 31 kunlik pastliki borlar 30 kunlik oylar)

Ilm bo'lib qolsin.
๐Ÿ‘1
Keyingi yil sotib oladigan kitoblarimni ro'yxatini ham shakllantirib qo'ydim)
โค1๐Ÿ‘1
So'nggi kitobim(1984)ni 2024 yil Dekabr oyida tugatgandim shundan so'ng mutolaaga vaqt ajrata olmadim va vaqt topgan paytim o'qiyman deb kitob yig'ib qo'ygandim.

Yig'ilgan kitoblar:

๐Ÿ“šKatta o'yin:
โœ…O'qib tugatildi
๐Ÿ“…5-sentyabr/2-oktyabr

๐Ÿ“šDa Vinchi siri (Den Braun)
โœ…O'qib tugatildi
๐Ÿ“…4-oktyabr/7-oktyabr

๐Ÿ“šRaqamli qa'la (Den Braun)
โœ…O'qib tugatildi
๐Ÿ“…8-oktyabr/26-oktyabr

๐Ÿ“šAmerika fojiasi: 2 ta kitob 3 ta qism(Teodor Drayzer)
๐Ÿ’กTanaffusda
๐Ÿ“…27-oktyabr/

๐Ÿ“šGraff Monte Kristo
๐Ÿ’กO'qilyabdi

๐Ÿ“šGruziya muvaffaqiyatga qanday erishdi? (Larisa Burakova)

๐Ÿ“š1985(Entoni Byorjess)

๐Ÿ“šMamlakatlar tanazzuli sabablari(Ajemo'g'lu va Robinson)

๐Ÿ“šOzor berma(Henri Marsh)

๐Ÿ“šAlvido qurol(Ernest Heminguey)

๐Ÿ“šKarvon yo'llarida(Mirkarim Osim)

๐Ÿ“šUlug'bek Xazinasi(Odil Yoqubov)

๐Ÿ“šYulduzli tunlar(Pirimqul Qodirov)

๐Ÿ“šKecha va Kunduz(Cho'lpon)

๐Ÿ“šO'zbek tili antonimlarining izohli lug'ati(qo'llanma)

๐Ÿ“šO'zbek adabiy tili tarixi(ilmiy)
โคโ€๐Ÿ”ฅ1๐Ÿ‘1