Leaders.uz
9.36K subscribers
379 photos
137 videos
69 files
389 links
🏥Leaders Medical School [] Oliy Tibbiyot Maktabi

https://taplink.cc/leaders Sahifalar
@LMS_Qabul Online Kurs Qabul
@Leaders_Result Natijalar
Download Telegram
Leaders.uz
#Alhamdulillah | #Alhamdulillah Alhamdulillahi Robil 'Alamin 2 tomondan ham ulgurdik, oxirgi daqiqalarda biroz shoshishimizga to'g'ri keldi, aynan bugun, shunga yarasha ulgurdik Alhamdulillah. Yangi yilimizni ham hozirgi turganimizdanda barakali qilsin…
Buni yozmasam bo'lmaydi, har bir inson eng birinchi bo'lib dunyoga nega kelgan ekanini, nega yashashi kerak ekanini anglamog'i darkor.

Albatta har bir insonning qaysi davrida buni anglab yetishi Yagona Alloh Subhanahu va Taologa ayon.

Hayotini nega sarflashi kerak ekanini anglagan inson kunlarini, tokida soniyalarigacha ham manfaatli va yaxshi amallarga reja qilish bu ham vaqtning barakasiga hissa qo'shuvchi omillardan bo'lsa kerak.

Yil uchun qo'ygan maqsadlarimizning bir nechasi aynan 1 necha soatlar avvaligacha davom etdi.

Liderlar bir yerda emasmiz, bir uyda emasmiz, lekin ruhan birgamiz, deyarli har birimizda bir xil o'y-fikr bilan soniyama-soniya harakat qildik.

Qadarga rozimiz in Shaa Allah, lekin shunda ham ichingizdan juda-juda xoxlaysiz yetishni, nasib qilishini.

Alhamdulillah oxirgi 30 daqiqa qolganda ulgurdik, aniq aytaman Nasib qilib siyladi.

Olgan #saboqim ketkazgan behuda vaqtlarimni o'yladim, in Shaa Allah bundan keyin xulosasini unutmaslik nasib qilsin.

Uzr, bu post nafaqat bu kanalimiz uchun boshqa guruhlarimiz uchun ham umumiy yozildi.

Do'stlar, ilm deya kirgansiz, ilmni oling, biz bir sababchi xolos, undan ortig'iga davogarlik qilmasligimiz uchun duolaringizda Hidoyat so'rab tursangiz mamnun bo'lamiz in Shaa Allah.