Leaders.uz
9.32K subscribers
397 photos
137 videos
76 files
421 links
🏥Leaders Medical School [] Oliy Tibbiyot Maktabi

https://taplink.cc/leaders Sahifalar
@LMS_Qabul Online Kurs Qabul
@Leaders_Result Natijalar
Download Telegram
#osteologiya | #frontalis | #peshona

▪️Peshona suyagi burun va ko'z kosasini hosil qilishda ahamiyatli. Bundan tashqari suyakning apofizar qismlari muskullar birikishini tushinishda ahamiyatli.

▪️Suyak qismlarini tahlil qila olish nerv va qon tomirlar tarmog'ini izohlay olishda ham yordam beradi.

🔹Sulcus sinus saggitalis supperior bosh miya sinuslarini hosil qilishda ishtirok etishda

@Leaders_official | @anat_baza
#osteologiya | #temporalis | #chakka

▪️Chakka suyagi klinik jihatdan eng ahamiyatli bo'lgan suyaklardan biri.

▪️Bosh miya nervlarini kanallari chakka sohasidan aniqlanadi, barchasini o'zingiz topishingiz kerak

🔹sulcus sinus sigmoideus bosh miya sinuslarini hosil qilishda ishtirok etishda

🔹antrum (g'or) mastoideus yallig'lanish vaqtida, o'zida eksudatlarni saqlab turadi bu orqali ichki quloq va vestibulyar analizatorning zararlanishini oldini oladi

🔹pars petrosa soxasidagi impressio trigeminalis 3 shoxli nerv n.trigeminalis ning aynan shu soxada tugun bo'lib o'rganishishi (Gassers tuguni) va tarmoqlanishi natijasida hosil bo'ladi.

@Leaders_official | @anat_baza
#osteologiya | #ethmoidalis | #ğalvirsimon

▪️G'alvirsimon suyak tuzilishi ham boshqa suyaklar kabi har bir qismini tahlil qila olishingiz kerak va 3D programmalardan foydalanib o'zingiz qismlarni nomlang

🔹Lamina cribrosa orqali n.ophtalmicus o'tadi, hidlov nervi

@Leaders_official | @anat_baza
#osteologiya | #sphenoidalis | #ponasimon

▪️Ponasimon suyakdagi fissura obitalis supperior dan 3 shoxli nervning 1-shoxi o'tadi

▪️Foramen rotundumdan 2-shoxi o'tadi va maxilla tomon davom etadi

▪️Foramen ovaledan esa 3-shoxi o'tadi va mandibula tomon davom etadi.

🔹Foramen spinosum, canalis opticusni ham biz aytgan ma'lumotlar kabi ahamiyati bilan tahlil qiling...

@Leaders_official | @anat_baza
#osteologiya | #maxillaris | #yuqorigi_jağ

▪️Yuqori jag' suyagida sinus maxillaris bo'lib, Gaymor bo'shlig'i deb nomlanadi sinusit yuzaga kelsa buni Gaymorit kasalligi deb ham ataladi

▪️Sulcus lacrimalis orqali hosil bo'luvchi kanal ham ahamiyatli

@Leaders_official | @anat_baza