Leaders.uz
9.35K subscribers
397 photos
137 videos
76 files
421 links
🏥Leaders Medical School [] Oliy Tibbiyot Maktabi

https://taplink.cc/leaders Sahifalar
@LMS_Qabul Online Kurs Qabul
@Leaders_Result Natijalar
Download Telegram
Forwarded from Leaders _ Unumli
​​#tavsiya

Bismillahir Rohmanir Rohiym.

Hayotimiz davomida eng to'g'ri qarorlardan biri bu - Ma'naviy boylik ni rivojlantirish

Shu sababdan bugun shu bo'yicha biroz fikr ulashmoqchimiz.

🔺Ko'pchilik Kitob o'qishni va uni varaqlashni hush ko'radi chamamda, sonlarga e'tibor beradi.
▫️Mening tavsiyam esa, "kitoblarni ichki dunyosini his qiling" - deyish.
Buni faqatgina o'zingiz his qila olasiz.
▪️Kitobi to'la javonlarni emas, kam bo'lsa ham, vaqt ajratib o'qiy oladigan kitoblaringizni sotib oling.
▫️Kitobni sotib olgan taqdiringizda ham, uni o'qigan taqdiringizda ham u sizga manfaat bermaydi, qachonki to'g'ri xulosa olmasangiz.
▪️U kitobdan (xatto 1 jumlasidan) foyda olib, amalga qo'llay olsangizgina siz uchun manfaatli bo'ladi in Shaa Alloh

🔺Qaysi turdagi kitoblarni olganingiz ma'qul:
•O'z dunyoqarashingiz va ilmingizdan kelib chiqasiz
•Shu asosida avvalo Dinimizga aloqador bo'lgan kitoblar sotib oling va qodir qilganicha manfaat oling
•O'z soxangizni kitoblarini sotib oling va manfaat oling
•Bir qancha muddat o'tgach, turli xil soxa bo'yicha ham kitoblar sotib olishni boshlang, shaxsiy qarashlaringizni himoya qila oladigan bo'lish uchun ham kerak

🔺Kitoblar biz uchun avvalo:
•Insonlar hayoti orqali maslahat beradi
•Asarlarni obrazlarini tafakkur qila olish orqali ongimiz rivojlanadi
•Hayotdagi o'z yo'nalishimizni topib, unda mustahkam bo'lishga sababchi bo'ladi

🔺Kitob o'qish vaqti: Bo'sh vaqtingizda kitob o'qimang, kitob o'qish uchun vaqt ajrating,  amalda qo'llab ko'rgach o'zingiz guvohi bo'lasiz
•Umuman "bo'sh vaqt"da nimadir amalga oshirmang, rejali ish qiling, shunda bo'sh vaqtning o'zi qolmaydi

🔺Kitobni asl yozilgan tillarida o'qishga harakat qiling, bilmasangiz o'rganing.
•"Bir kitob o'qish uchun til o'rganamanmi" - deb savol beruvchilar uchun emas bu tavsiya

🔺Kitob javon shakllantirishda:
•Hayotimizni tartiblovchi Kitob
•Alloh nasib qilsa o'zingiz yozgan Kitoblar bilan
•O'zingiz o'qigan kitoblar bilan
•O'qimoqchi bo'lgan Kitoblar bilan, shu tartib asosida to'ldiring.

Ana shunda kitob javonning qanchalik qadrli boylik ekanini, har soniya unga nazar solganda his qila olasiz.

@Leaders_Leisure
Forwarded from Leaders _ Unumli
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tavsiya // #tartib // #takrorlash

📽Natijalaringizga tartib va takrorlashning foydasi haqidagi dublyaj video

©Asl videoni ham, dublyajorni ham topa olmadik

@Leaders_Leisure
Forwarded from Leaders _ Unumli
​​#Tavsiya

Bismillahir Rohmanir Rohiym.

Qadar, Nasib, Taslimiyat.

Naqadar go'zal tafakkurga eltuvchi so'zlar.

Gohida "uni olishim kerak, bunga yetishishim kerak, uni ola olaman, buni ola olaman, bunga yetisha olaman" - kabi jumlalarni tafakkur qilasiz.

O'z hayotimdan xulosa uchun ulashmoqchiman.

"Leaders" jamoasi eng birinchi tashkillangandagi Liderlardan biriman, Alhamdulillah.

2019 - yil. "Principles of Pharmacology" kitobini o'qigandim, ilk o'qiganimdayoq, bu kitobda keltirilgan ilmlarga oshiq bo'lgandim. Bu ilmlar Allohning mo'jizasini namoyon qilishini tafakkur qilib U Zotga Hamd aytgandim.

Bugungi kunga qadar (22.02.2023y.) ushbu kitobning qog'oz variantini olib o'qishni niyat qilib kelardim.

Shu kungacha 3 kitob yozishda ishtirok etdim, xatto ularning 2 tasida men o'qimoqchi bo'lgan ma'lumotlaridan tarjima ham mavjud.

Alhamdulillah,  shu kungacha juda, ha, ha juda ko'p o'ylar edim o'qishni, lekin Allohning Hayrli qilgani - deya sabr bilan kutardim.

4 yil mobaynida kitob yozdim, minglab kitoblarni chop etilishi va ilm-u Toliblarga yetib borishiga sababchi bo'ldim...

Aytmoqchimanki, ham sotib olish uchun, ham o'zim chop etib olishim uchun imkon bor edi.

Lekin, Lekin Allohning aytgani bo'ladi. Nihoyat 4 yil o'tib ushbu kitob bugun qo'limda Alhamdulillah 😊.

Dastavval o'zim ham tafakkur qilmadim, bugun tongda esa kitobni qo'lga olar ekanman, o'sha 2019-yildagi hayollarim yana ongimni bezovta qildi.
Bu esa Qadarga yanada oshiq bo'lish hissini oshirib berdi, Alhamdulillah.

Endi hayotimdan keltirgan hissamni, sizga ulashganimdan maqsadni aytsam.

Nasib doim ham sizga bog'liq bo'lmaydi. Xattoki sizniki deb o'ylaganlaringiz ham.
Taslim bo'lgin, sabr qilgin, harakatdan to'xtamagin.

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh.

P.S. Kitobni tavsiya etaman albatta.

@Leaders_Leisure
#tavsiya Ko'rishingizni tavsiya qilardim.
Aynan ilk faoliyat boshlaganimda, moddiyatga sho'ng'ishdan saqlab qolgan tavsiyaviy videolardan biri

Bugun ilm uchun harakat qilsangiz, nafaqat bu hayotingiz, oxiratingiz ham go'zal bo'ladi in Shaa Alloh

https://youtu.be/uaUfBVDI4tQ
Forwarded from Leaders _ Unumli
#tavsiya

Yo'l boshidagi insonga quloq solmasdan, uning aytganiga kirmaslik oqibati og'ir bo'ladi.

Xususan ilm yo'lidagilar, Ustozlarning iznidan chiqish ham shuning qamrovida. Ustozlar ham bunga e'tiborli bo'lishlari kerak.

Yo'lingiz boshidagi inson o'z-o'zidan u yerga tushib qolmagan.

🎞 https://youtu.be/5likwtKmd-o Video "Uhud jangi"

@Leaders_Leisure
Forwarded from Leaders _ Unumli
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tavsiya

"Hech kim sizdan kuchli emas, shunchaki avvalroq boshlagan ko'proq o'qigan va uqgan bo'lishi mumkin xolos.
Siz ham hech kimdan kuchli emassiz, avvalroq boshlagan, ko'proq o'qigan va uqgan bo'lishingiz mumkin xolos".


Shogirdlarimizga doim shu fikrni aytamiz va Ilm Allohdan ekanini eslatamiz.

Men doim mendan o'tish uchun kurashaman, shu sabab mendan avval boshlaganlardan keyin boshlasam ham Alhamdulillah doim oldinga chiqishni Alloh nasib qiladi.

Shu videoni namuna sifatida ulashishim mumkin.

Unutmang, "hech kim sizdan kuchli emas..."

@Leaders_Leisure [] Oliy Tibbiyot Maktabi
Audio
#tavsiya

TIBBIYOT TALABASI SIFATIDA


26:31 - XIYONAT: Ilm oluvchilarni yo'l qo'yadigan eng ko'p takrorlanuvchi xatosi. Hamda natijaga ta'sir qiluvchi eng katta omil.

Speaker🎙: Leaders jamoasi Lideri

@Leaders_official [] Oliy Tibbiyot Maktabi
#TAVSIYA TIBBIYOT TALABASI

Tibbiyot talabasi 1-kursdan, yuqori kursgacha qanday fan va manbalar bilan duch kelishi @bookasmi da keltirib o'tilgan ekan, a'zo bo'lib oling.

Agar kanaldan topa olmasangiz @armadti dan so'rayverasiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tavsiya

Talabalarda doim yuzaga keladigan savollar bisyor, ayniqsa Tibbiyot talabalarida.
•O'qishga vaqtim yetmayapti...
•Tibbiyot fanlari qiyin ekan...
•O'qiganlarim yodimdan chiqib qolyapti...
•Til va Tibbiyotga birdek ulgurmayapman...
•Tibbiyotni o'qiymi yoki Tilni...
•Nazariyani o'qiymi yoki Amaliyot...

Shu kabi savollarga, shunday vaziyatlardan o'tgan, o'zi uchun qoniqarli javob olgan Liderlardan javoblarni ulashish maqsadida @Leaders_Leisure kanalini ochgan edik.

Ma'lum sabablarga ko'ra o'chib ketib qoldi. Hamda qayta ochdik, in shaa Alloh manfaatli bo'ladi degan umiddamiz.

Kanalga qo'shilib avvalgi xabarlar ham o'chib ketdi, Alloh kuch-quvvat va shijoat berib tursa barchasini qayta joylaymiz in shaa Alloh.

@Leaders_Leisure 👈KANAL
Фотима бинти МУХАММАД С....
MuslimunUz
#tavsiya

Eng munosib o'rnak Rasulluloh sollallohu alayhi vasallamda

Insonlarning eng Suyuklisi bo'lib, o'z qizlarining taqdirini qanday hal qilganliklari bugungi ota-onalarga dasturi amal

Sovchilik odobi.

Fotima onamizning 18 yoshlaridayoq katta hayotga qanchalik tayyor bo'lganlari.

Eng go'zal o'rnak muhabbat qissasi, namunaviy oila qanday bo'lishi...

Qolganini tinglaganingiz ma'qul.

Manba

@Leaders_Leisure