Leaders.uz
9.36K subscribers
397 photos
137 videos
76 files
421 links
🏥Leaders Medical School [] Oliy Tibbiyot Maktabi

https://taplink.cc/leaders Sahifalar
@LMS_Qabul Online Kurs Qabul
@Leaders_Result Natijalar
Download Telegram
Forwarded from Leaders Leisure
#ILM
#USTOZ

Boshidan ta'kidlangan fikrlar asosida xulosalarni davom etamiz.

Ilm yo'liga kirishgan inson avvalo niyat hosil qilsin.

Niyatdan so'ng keluvchi eng muhim amallardan biri munosib ustoz topish bo'lsin.

Munosib ustoz deganda, aynan siz uni ustoz deb biling, shu bilan bir qatorda u sizni shogird deb qabul qilsin. Ijtimoiy tarmoqdagi o'z soxangizdan bo'lmagan, xatto sizni bu hayotda mavjud ekaningizdan xabari ham bo'lmagan inson siz uchun xos ustoz bo'la olmaydi.

Barcha jamoa va jamiyat uchun ilm ulashuvchi ustozlarni nazarda tutilmadi bu o'rinda. Aynan sizni shogird ekaningizni bilmasdan turib, siz ustoz deb yurgan inson sizni harakatingiz davomida, sizga hamohang tarzda sizga yo'l ko'rsata olishga imkoniyat bo'lmaydigan holatdan ogohlantirildi.

Ustoz otangdek ulug'
Ba'zi o'rinlarda otangdan, deya keltirilishiga sabab;
Haqiqiy ustoz sizdagi harakatni ko'rib sizning bor ilmiy salohiyatingizni ochish uchun harakat qiladi.
Otangiz esa "bolamda" degan o'y bilan sizni asraydi.


Ushbu harakat orqali Ustoz sizga hayot yo'lingizda (in shaa Allob oxirat yo'lingizda ham) ko'p manfaat yetkazishga, bu orqali ota-onangizga solih(a) farzand ne'mati orqali ajr-u savob yetishiga sababchi bo'ladi.

Avvalo siz anglab oling:
• Ilm yo'lida ilm sizga emas, siz ilmga muhtojsiz
Ustoz huzurida ustoz sizga emas, siz ustozga muhtojsiz

Bu mavzu doirasida juda keng o'rganing, izlaning. Bu sizning hayotingizga katta ta'sir etuvchi bo'g'in.

Ustoz sifatida tanlayotgan insoningiz avvalo bu maqom mas'uliyati qanchalik ahamiyatli ekanini anglasin, halol, pok, to'g'riso'z, omonatdor bo'lsin.

Tanlov qilishda, tanlovingizdagi insonning ustozlarini (har birini kerak bo'lsa) so'rab chiqing.
Agar tanlovingizdagi inson ustozlaridan birining bo'lsa ham yuziga oyoq qo'ygan bo'lsa, biling-ki, sizda ham bu hol takrorlanishi mumkin. Ya'ni siz yakunda unga shunday hurmatsizlik ko'rsatishingiz mumkin, sababini yuqoriroqda izohladik.

Bugungi kunda bu ilmlardan xabarsiz bo'lgan holda, hamyonimizdagi tangamizga qarab ustoz tanlaydigan bo'lib qoldik. Bu esa afsuski eng katta xatolardan biri. Chunki ustozning haqqini faqatgina tangangiz bilan ado eta olmaysiz.

Ali ibn Abu Tolib ibn Abdulmuttalib aytadilar: "Menga bir dona harf o'rgatgan kishining quliman. Xoxlasa sotsin, xoxlasa qullikdan ozor qilsin, xoxlasa meni qul qilib ishlatsin".

Hazrat Alisher Navoiy aytadilar: "Haq yo'lida kim senga bir harf o'qitmish ranj ila,
Aylamak bo'lmas ado, oning haqin yuz ganch ila
".

Yuqoridagi 2 fikr qanchalik ahamiyatli ekanini anglash uchun, bu shaxslarning hayotini oz bo'lsada o'rganib chiqing, tavsiya etamiz. Afsus qilmaysiz in shaa Alloh.

@Leaders_Leisure [] @Leaders_official