Leaders Leisure
305 subscribers
4 photos
3 videos
11 links
Leaders Medical School Lider va Talabalari bo'sh vaqtini nimaga sarflashi

@Leaders_official
@LMS_Qabul
@Leaders_Result
Download Telegram
#nikoh
#tavhid

NEGA HALIGACHA TURMUSHGA CHIQMADING YOKI UYLANMADING?

Ushbu savolga yigit ham, qiz ham:
"Munosibini uchratmadim" - deb javob bersa, biling bu xato javob.

Munosib so'zini ishlatuvchi inson, avvalo o'zini tahlil qiladi.

Munosibi uchun hali munosib bo'la olmadik shekilli, degan yaxshi gumon to'g'ri javob bo'ladi.

To'g'ri javob ila harakat qilsa, munosib darajasiga chiqgan kunda albatta barcha savollarga javob topiladi in shaa Alloh.

Bu hayotta avvalo o'zingizni tahlil qiling va to'g'irlang, o'zingizga baho bermang. Har bir bandani bilguvchi Alloh Taolo kim qaysi o'rinda ekanini barchadan yaxshi biladi. Biz o'zimizni kimdandir ustunroqmiz, qaysidir jihatdan, deb o'ylagan onimizda, u insonni Alloh huzuridagi martabasi qay darajada ekanini bilmaymiz. Xatto o'z darajamizni ham bilmaymiz.

P.S. Savollaringizga "munosibini uchratmadim" deb javob beruvchilarga yuborib qo'yasiz, manfaatli bo'lsa savobidan umidvormiz in shaa Alloh

@Leaders_Leisure [] Oliy Tibbiyot Maktabi