Leaders Leisure
305 subscribers
4 photos
3 videos
11 links
Leaders Medical School Lider va Talabalari bo'sh vaqtini nimaga sarflashi

@Leaders_official
@LMS_Qabul
@Leaders_Result
Download Telegram
Channel created
Bismillahir Rohmanir Rohiym

Leaders (ing. yetakchilar)
Leisure (ing. bo'sh vaqt)

Ushbu kanalni Leaders Medical School Liderlari va Talabalari bo'sh vaqtlarida qanday amal bilan band bo'lishlarini yoritib borish uchun ochildi.

Biz sizga ilingan yaxshilarimizni ulashamiz, o'zimizga foyda berganlarini ulashamiz. Kamchiliklarimizni esa o'z ichimizda bartaraf etishga harakat qilamiz. Alloh nasib qilsa bartaraf etishga muvaffaq bo'lgan yo'llarimizni ham ulashamiz albatta.

Alloh Subhanahu va Taolodan manfaatli qilib berishini duo qilib so'ragan holda faoliyatni boshlaymiz.

Kanalga joylanuvchi manbalar ilm olish yo'lingizda foyda bersa, ilm oluvchi hamrohlaringizga ham ulashib qo'ying.

@Leaders_Leisure | @Leaders_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Leaders Leisure pinned «Bismillahir Rohmanir Rohiym •Leaders (ing. yetakchilar) •Leisure (ing. bo'sh vaqt) Ushbu kanalni Leaders Medical School Liderlari va Talabalari bo'sh vaqtlarida qanday amal bilan band bo'lishlarini yoritib borish uchun ochildi. Biz sizga ilingan yaxshilarimizni…»
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ассалому алайкум ва раҳматуллоҳи ва баракотуҳ ва жаннатах!

Кириб келган Моҳи Рамазон ойи барчамизга қутлуғ муборакли бўлсин!

🤲Дилларимиздан амалларимизга кўча олмаётган барча эзгу ният ва амалларимиз шу ой барокати ила амалларда намоён бўлсин!

🤲Амалга оширадиган эзгу амалларимиз, Олаётган илмимиз, Ўтаётган умримиз ва вақтимиз, Берилажак ризқимиз барокатли бўлсин!

🤲Рўзадорларимизга нафақат таомдан тийилиш орқали тутган рўзаларида, балки шунга ҳамоҳанг бажарилажак эзгу амалларида уларга сабр-қаноат, куч-қувват ато этсин!

🌙🌻РАМАЗОН МУБОРАК БЎЛСИН!!!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tavsiya

"Hech kim sizdan kuchli emas, shunchaki avvalroq boshlagan ko'proq o'qigan va uqgan bo'lishi mumkin xolos.
Siz ham hech kimdan kuchli emassiz, avvalroq boshlagan, ko'proq o'qigan va uqgan bo'lishingiz mumkin xolos".


Shogirdlarimizga doim shu fikrni aytamiz va Ilm Allohdan ekanini eslatamiz.

Men doim mendan o'tish uchun kurashaman, shu sabab mendan avval boshlaganlardan keyin boshlasam ham Alhamdulillah doim oldinga chiqishni Alloh nasib qiladi.

Shu videoni namuna sifatida ulashishim mumkin.

Unutmang, "hech kim sizdan kuchli emas..."

@Leaders_Leisure [] Oliy Tibbiyot Maktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬 #tavsiya // #dofamin // #qullik

♦️IJTIMOIY TARMOQNING QIROLLARIsiz


▪️Dofamin qulligi nima?
▪️Zarari qanday?
▪️Foydasi bormi men uchun?
▫️Kabi savollaringizga izoh.

©manbaa

📽"Leaders" jamoasi, talabalar uchun ingliz tilidan erkin dublyaj qilishdi

@Leaders_Leisure
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ILM
#USTOZ

Boshidan ta'kidlangan fikrlar asosida xulosalarni davom etamiz.

Ilm yo'liga kirishgan inson avvalo niyat hosil qilsin.

Niyatdan so'ng keluvchi eng muhim amallardan biri munosib ustoz topish bo'lsin.

Munosib ustoz deganda, aynan siz uni ustoz deb biling, shu bilan bir qatorda u sizni shogird deb qabul qilsin. Ijtimoiy tarmoqdagi o'z soxangizdan bo'lmagan, xatto sizni bu hayotda mavjud ekaningizdan xabari ham bo'lmagan inson siz uchun xos ustoz bo'la olmaydi.

Barcha jamoa va jamiyat uchun ilm ulashuvchi ustozlarni nazarda tutilmadi bu o'rinda. Aynan sizni shogird ekaningizni bilmasdan turib, siz ustoz deb yurgan inson sizni harakatingiz davomida, sizga hamohang tarzda sizga yo'l ko'rsata olishga imkoniyat bo'lmaydigan holatdan ogohlantirildi.

Ustoz otangdek ulug'
Ba'zi o'rinlarda otangdan, deya keltirilishiga sabab;
Haqiqiy ustoz sizdagi harakatni ko'rib sizning bor ilmiy salohiyatingizni ochish uchun harakat qiladi.
Otangiz esa "bolamda" degan o'y bilan sizni asraydi.


Ushbu harakat orqali Ustoz sizga hayot yo'lingizda (in shaa Allob oxirat yo'lingizda ham) ko'p manfaat yetkazishga, bu orqali ota-onangizga solih(a) farzand ne'mati orqali ajr-u savob yetishiga sababchi bo'ladi.

Avvalo siz anglab oling:
• Ilm yo'lida ilm sizga emas, siz ilmga muhtojsiz
• Ustoz huzurida ustoz sizga emas, siz ustozga muhtojsiz

Bu mavzu doirasida juda keng o'rganing, izlaning. Bu sizning hayotingizga katta ta'sir etuvchi bo'g'in.

Ustoz sifatida tanlayotgan insoningiz avvalo bu maqom mas'uliyati qanchalik ahamiyatli ekanini anglasin, halol, pok, to'g'riso'z, omonatdor bo'lsin.

Tanlov qilishda, tanlovingizdagi insonning ustozlarini (har birini kerak bo'lsa) so'rab chiqing.
Agar tanlovingizdagi inson ustozlaridan birining bo'lsa ham yuziga oyoq qo'ygan bo'lsa, biling-ki, sizda ham bu hol takrorlanishi mumkin. Ya'ni siz yakunda unga shunday hurmatsizlik ko'rsatishingiz mumkin, sababini yuqoriroqda izohladik.

Bugungi kunda bu ilmlardan xabarsiz bo'lgan holda, hamyonimizdagi tangamizga qarab ustoz tanlaydigan bo'lib qoldik. Bu esa afsuski eng katta xatolardan biri. Chunki ustozning haqqini faqatgina tangangiz bilan ado eta olmaysiz.

Ali ibn Abu Tolib ibn Abdulmuttalib aytadilar: "Menga bir dona harf o'rgatgan kishining quliman. Xoxlasa sotsin, xoxlasa qullikdan ozod qilsin, xoxlasa meni qul qilib ishlatsin".

Hazrat Alisher Navoiy aytadilar: "Haq yo'lida kim senga bir harf o'qitmish ranj ila,
Aylamak bo'lmas ado, oning haqin yuz ganch ila
".

Yuqoridagi 2 fikr qanchalik ahamiyatli ekanini anglash uchun, bu shaxslarning hayotini oz bo'lsada o'rganib chiqing, tavsiya etamiz. Afsus qilmaysiz in shaa Alloh.

@Leaders_Leisure [] @Leaders_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#talaba
#yöl

TIBBIYOT TALABASI YO'LI [] IDEAL

Tibbiyotga o'qishga kirgan har bir talaba oldida "bosh og'rig'i" mavjud.
•Til o'rganaymi yoki tibbiyot
•Amaliyotga chiqaymi yoki nazariya o'qiymi

Hech birini qilmasdan fikrlashingizni to'g'irlang. Buni amalga oshira olsangiz, har bir Tibbiyot Oliygohida nima qilishingiz tayyor sistema qilib qo'yilgan. SHUNCHAKI ULARNI O'ZINGIZ MUSTAQIL (YOKI JAMOAVIY) BAJARASIZ!

•4-Kursga qadar Tibbiy Fundamental Fanlar va Chet tillari (ingliz, rus, nemis)
•6-Kursgacha nazariy fanlarning amalda o'rganish (bu amaliyot qilish degani emas)
•6-kursdan so'ng bitirsangiz HECH KIM sizni shifokor deb "hamma narsa"ni bo'yningizga yuklab qo'ymaydi! Ana shu vaqtda shogird tushasiz aslida

Ishonmasangiz ozgina bir yerga o'tirib olib yozganlarim to'g'ri ekanini tushunasiz, shunchaki ularni bajarish faqat va faqat O'Z BO'YNINGIZDA.
Shu sabab hammadan maslahat "kovlayvermasdan" harakat qiling.

P.S. Tibbiyot Talabalariga yuborib qo'ying, hamda haqiqatni tan olmaydigan "✌️aqllilar✌️" bilan tortishmang! Vaqtni isrof qilish yaxshi amal emas.

@Leaders_Leisure [] @Leaders_official