Leaders Leisure
284 subscribers
5 photos
3 videos
12 links
Leaders Medical School Lider va Talabalari bo'sh vaqtini nimaga sarflashi

@Leaders_official
@LMS_Qabul
@Leaders_Result
Download Telegram
SO'Z MULKINING SULTONI | ALISHER NAVOIY

Yillar o'tib Alisher Navoiy nega aynan ko'plab ta'riflarga ega ekanini anglab boryapman.

"So'z tilingdan chiqguncha sening qafasingda, tilingdan chiqgach esa sen uning qafasiga tushasan..."
Mazmunidagi go'zal va ma'noli satrlarga chuqurroq nazar soling.

Buni kengroq tadbiq qilsak. Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoq eng xavfli qurollardan biri. Hamda sizga eng katta xiyonatkor hisoblanadi.

O'ylamasdan har qanday shaxsiy ma'lumotlaringizni (video, rasm holida) bu tarmoqlarda ulashavermang. Ertaga ijtimoiy tarmoqning "hadyalari" sabab afsus chekkaningizda kech bo'ladi.

Aytaylik siz qanday maqsadda bo'lmasin uchun o'z rasmlaringizdan bir donasinigina ommaviy ulashdingiz. Atiga bir dona, lekin uni hech qanday yo'l bilan ortga qaytara olmaysiz. U bilan bog'liq bo'ladigan hodisalarni ham. Bu sizga o'yindek tuyulishi mumkin, haqiqiy "o'yin"ga tushib qolmasingizdan fikrlarni anglab oling demoqchimiz xolos.

Shaxsiy daxlsizligingizni avvalo o'zingiz ta'minlang.

Ayniqsa hozirgi davrda AI rivojlanib, mashhur insonlar yuz ifodasi, ovozlari orqali qancha-qancha ishlar amalga oshirilmoqda (aqlingiz anglashga qodir bo'lmasa ayb menda emas), bu yaqqol ehtiyotkorlik uchun eslatma.

Ikkinchi tomondan ijtimoiy tarmoqqa HECH QACHON ishonmang! Mobodo juda ishongingiz kelsa ham tanqidiy fikr albatta bo'lsin!

Har qanday inson "o'zicha ideal" namoyon bo'ladi, taqvodor, ilmli.
Asli ilmi bo'lsa, uni qanday muhovaza qilishni bilgan holda ish qilardi (Agar bo'lsa).

Shu tarmoqdagi "ideal" qiz va "ideal" yigitlar bir-biri bilan tanishib, nechtasi yosh oila holida ajrashib ketmoqda.
Ijtimoiy tarmoqning maqsadlaridan bir shumi endi?!

Shaxsiy hayotingizga jiddiyroq qarang, u sizdan bo'lak hech kimga u qadar ahamiyatli emas, ishonavering (anchagina tajriba bilan fikr ulashdim).

Xullasi bizda "ziyon berish ham, ziyon ko'rish ham yo'q", muhimi shuni unutmang!

@Leaders_Leisure [] @Leaders_official
#Eslatma
#Qizlar
#Rasm

Ko'p hollarda qizlarimiz o'z hayollari bilan qaror qilishadi. Bir kichik ijobiy tomon ko'rishsa ijobiy roman, salbiy tomon ko'rishsa salbiy roman yozib qo'yishadi.

Ko'p vaziyatlarda esa o'zlarini rasmga olish holatlari ham bor. Rasmga tushishda uni ehtiyot qilib saqlashni ham bilish kerak.

Bir qizni o'zidan bexabar rasmlarini jamlab, ba'zilariga ishlov berib, telegram guruh va kanallarda "foxisha" deya ustidan pul ishlashgan. Qiz rasmga tushyotganda buni "yetti uxlab tushiga" ham keltirmaydi.

Yana boshqa bir xolatda yaxshi niyat bilan (o'zicha) gaplashib yurgan yigiti bilan bo'lgan qizning. Ikkovlari orasida bo'lgan bexayo ishlarini (ijtimoiy tarmoqda bo'lgan, videoga yozib olingan, rasm orqali bo'lgan) yigit telegram guruhlarga tarqatib yuborgan.

Ijtimoiy tarmoqdan to'g'ri foydalanmasangiz, sizga taqdim etuvchi kutilmagan "hadya"sidan pushaymon bo'lib qolishingiz mumkin.

Ayniqsa telegram ijtimoiy tarmog'ida anonymous holda ishlaydigan profillarni topish ancha qiyinroq.

‼️Ko'p rasmga tushuvchi, profil va story larida o'z rasm va videolarini saqlovchi, hamda doim faqat "yaxshi niyatda xolos-ku" deyuvchi opa-singillarimizni ogohlantirib qo'ying.
Ogohlik davr talabi!!!
ENG KATTA XATOYIMIZNI HIMOYALASH

Barcha ilmlar egasi bo'lgan Alloh Subhanahu va Taolo barchamizni o'z ilmlari bilan siylasin.

Ozmi-ko'p harakatimiz sabab hosil bo'lgan natijalarni bilganlar maslahat so'rash uchun kelishadi.

Lekin aksari holda maslahat bermaymiz-da fikrlarini tinglaymiz. Juda ko'pchiligi maslahat olish uchun emas o'z fikrlarini (balki xato fikrlarini) tasdiqlatish uchun. Hamda o'zini aybdor emas, hammasiga meni aybdor deyish uchun kelishadi.

Boshidagi bunday vaziyatlarda "kuyib-pishib" maslahat berardik. Qarasak hammasi baribir bilganini qilyapti. Keyin vaqt isrofini javobi og'ir ekanini bilgach "kuyib-pishish"dan tiyilganmizda, qisqa qilib maslahat mazmunini izohlaymiz. Yakunda, "xoxlasang amal qil" deya qo'shib qo'yamiz.

1. Shu o'rinda tibbiyot talabalariga aytadigan fikrim. Kimdandir maslahat so'rashdan avval "men o'zi nimani eplab qo'ydim" deya savol bering. Natijaga qarang.

2. Maslahat so'rovchi insoningizga qarab "qaysi sabab bilan maslahat olyapman" degan savolni bering.
• Ehtimol yoshi sabab, siz yuradigan yo'lni sizdan avval yurgani sabab (ya'ni natija zo'r bo'lmasa ham tajriba bor)
• Ehtimol chindan natijasi siz havas qiladigandekdur
• Ehtimol boshqa sabab. Umuman olganda "siz eplay olmagan" nimadirni "eplagan" insondan maslahat olasiz albatta.
Shu vaziyatda ENG KATTA XATOYINGIZNI HIMOYAlamasdan maslahatga amal qiling.

Ustozlaringiz bo'lsa, shuni mas'uliyatini his qilsa (ya'ni sizni kelajagingizni sizdan ko'ra hayrli holda o'ylay olsa), albatta aytganini bajaring.

Shu o'rinda aytib o'tay Ustoz sizni u aytgan yo'nalishga yurishingizga muhtoj emas. Siz yurmasangiz boshqasi yurib yutuqqa erishadi, siz esa quruq qo'l bilan...

Bu fikr ommaviy ulashilyapti, shu bilan bir o'rinda Leaders Medical School Talabalari uchun ham tegishli bu!

@Leaders_official | @Leaders_Leisure
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SVETAFORNI O'RGANIB OLING | MANTIQ

Insonlar harakatlariga yarasha nasibalanadilar. Bu ijobiy nasiba uchun ham, salbiy nasiba uchun ham amal qiladi.

Aytaylik, siz bir ish haqida yaxshi tomonni o'yladingiz. Albatta undan shu tomonini topasiz.
Aksi bo'lsa, uni ham albatta.

Inson ochiq sistema ekan, tashqi muhit bilan va insonlar bilan ijtimoiy munosabatda bo'ladi. Bu o'rinda esa "svetafor" bizni xavfdan saqlaydi.

O'zimiz xoxlasak, qarshimizdagi insondan xoxlagancha salbiy hislat topamiz va buni tafakkur qilamiz. Bu yaxshi emas, Asl haqiqatni biz bilmaymiz.
"Sizlar bilmassizlar, ..."

Yana bir boshqa o'rinni olsak, siz haqsiz, lekin tanbeh eshityapsiz. Bu o'rinda qarshingizdagi inson tomon yurish (gapirish) taqiqlangan hodagi kabi (qizil🔴). Agar tafakkur qilib, o'zingizni boshqara olsangiz, qizilda yurmaysiz. Aks holda to'qnashuv bo'ladi.

Biroz sabr qilsangiz avval sariqga (🟡), so'ng yashilga (🟢) ham qaytadi. Yashilga qaytgan o'rnida bemalol gapira olasiz, ehtimol u holda gapirishga hojat ham qolmas.

Unutmang "Sukut saqlash uchun, gapirishdan ko'ra ko'proq kuch talab qilinadi".
Sababi esa ichingizdagi nafsingiz, sizga ham bir qancha so'zlarni gapirishingiz uchun tayyor holga keltiradi. Buni bosgan holda sukut saqlash oson emas. Gapirishdan ko'ra qiyinroq.

🔇                      🔴         
🔈                      🟡   
🔊                      🟢

Har bir insonda qizil chiroq yonishi mumkin, bu vaqtda sabr qiling. Hamda biling-ki albatta uning yashili ham mavjud.

P.S. Talabalarimizdan olingan ibrat

@Leaders_Leisure [] @Leaders_official​​
#haqiqat

Insonlar biz haqimizda yaxshi deb o'ylaganlaridan ko'ra kamroq yaxshi insonmiz.

Insonlar biz haqimizda yomon deb o'ylaganlaridan ko'ra kamroq yomon insonmiz.


@Leaders_official [] @Leaders_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TALABALAR UCHUN ANIQ TA'KID [] ESLATMA

Tana kuchidan ko'ra, ruhiyat kuchi anchagina baquvvat va uni tetiklashtirish ham qiyinroq. Tanangiz charchaganini yoki og'riqni his qilsa davo nisbatan yengilroq. Ruhiyatda esa...

Talabalarga "bor kuching bilan" harakat qil desak?!
Ko'pida ikkilanish paydo bo'ladi. "Men o'zim nimani ham eplay olaman..."
Shu onda anglash kerak, u yolg'izmi yoki u tasavvur qila oladigandan ko'ra ko'proq kishi bilanmi, buni o'zi bila olmaydi.
Sababi esa, har qanday Lider o'z ruhiyati kabi yana qaysidir makonda xuddi shu kabi Liderlar mavjud ekaniga ishonadi, xattoki o'zidan keyin ham bundaylar chiqishiga ham ishonadi. O'zigacha ham bo'lganiga ishonishi tabiiy, sabab esa natijalar.

Yuqoridagi kabi yo'ldan ayiruvchi gumon kelganda o'zini o'nglab ola olgan haqiqiy Lider hisoblanadi.

• U hech qachon yolg'iz bo'lmagan, bo'lmaydi ham.
• Bu sharafni himoya qilishdan qo'rqmagan, qo'rqmaydi ham.
• Natijasini so'zlar bilan emas, amal bilan ko'rsatib kelgan, ko'rsatadi ham.

Alloh Subhanahu va Taolo har bir insonga o'z Hidoyatini bersin, shu qatori bizga ham.

🫵Siz, agar shunday ikkilanish yo'lida bo'lsangiz avvaldan ham yolg'iz bo'lmaganingizni, hozir ham yolg'iz emas ekaningizni va in shaa Alloh bundan keyin ham yolg'iz qolmasligingizni tafakkur qilib anglab oling!!!

@Leaders_official [] @Leaders_Leisure
Audio
#tavsiya

📘Allohga Qaytish (audiokitob)

©Faxriya Yoqub

https://t.me/Sakiyna_official/1933
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Фотима бинти МУХАММАД С....
MuslimunUz
#tavsiya

Eng munosib o'rnak Rasulluloh sollallohu alayhi vasallamda

Insonlarning eng Suyuklisi bo'lib, o'z qizlarining taqdirini qanday hal qilganliklari bugungi ota-onalarga dasturi amal

Sovchilik odobi.

Fotima onamizning 18 yoshlaridayoq katta hayotga qanchalik tayyor bo'lganlari.

Eng go'zal o'rnak muhabbat qissasi, namunaviy oila qanday bo'lishi...

Qolganini tinglaganingiz ma'qul.

Manba

@Leaders_Leisure
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TIBBBIYOT TALABASIGA IJTIMOIY BOSIM

Tibbiyot sohasida o'qiydigan har bir talaba boshidan:
• Qachon amaliyot qilasan?
• Qachon shogird tushasan?
• Kasal davolay olasanmi?
• Bu dori nimaga ekan ko'rchi?
• ... og'riyotgan ekan, bu qanday kasal?
• O'zi nima o'qiding shuncha yil?
• Ishqilib, hech yo'q bizni davolay olasanmi?
• ...

Kabi ijtimoiy bosimlar albatta bo'ladi. O'zbekistonda esa buni bo'lishi aniq va tiniq.

Bunday bosimlar sabab "erta kunda" shogird tushaman deb, asl o'qishingizni, til o'rganishni chetka surib qo'ysangiz, keyingi bosimni qanday bo'lishini yozaman:
• Ana bu og'ayning/dugonang chet elda ishlayotgan ekan-a
• Mana bu ...ning o'g'li xususiyda ...mln oylik olarkan-a
• 6 yil o'qib bitta til o'rganmaganmiding senam?
• Oyliging qachon ko'tariladi o'zi?!
• Qachongacha shuncha oylikka ishlab yurmoqchisan?
• ...

Ijtimoiy bosim har qachon, har qayerda, har kim tomonidan siz uchun tayyor!
Chunki faqatgina siz hozir nima qilishingiz kerak ekanini bilasiz, qolganlarni gapi bilan yurib ham faqat siz jabr ko'rasiz.

UNUTMANG!!!
CHET ELDA HAM, O'ZBEKISTONDA HAM Hech kim
sizni "bitiribdi, kasalni davolasin!" Demaydi.
Hamma joyda avval o'zi o'rgatadi, yordamlashadi, talabalik davridagi olgan ilmlaringiz faqat va faqat sizga foydaga ishlaydi, ayniqsa chet tillari (chet tili emas, chet tillari). Ustoz sifatida, Do'st sifatida, aka yoki uka sifatida maslahatim. Ilmingizni mustahkamlang.
4 tanga topaman deb berilib ketib, ilmdan uzoqlashib qolmang. Moddiyat ilmdan yiroq qiluvchi omillardan, atrofga boqib xulosa qiling. Avval ilmni puxta qiling, moddiy dunyo o'zi ortingizdan quvlaydi in shaa Alloh 100%​​.

@Leaders_official [] @Leaders_Leisure
​​#tavsiya

📗INTERNET FIQHI [NURIDDIN YILDIZ]
TIBBIYOT SOHASIDA TILNING O'RNI [] LEADERS

"Til o'qiymi yoki tibbiyot" degan savol o'zi xato yoki kech berilgan savol.

Shunday bo'lsa ham izoh beramiz, imkon qadar kengroq.

🏷Agar siz tibbiyot instituting 1 yoki 3-kursgacha bo'lgan talabasi bo'lsangiz.
•40% Tibbiyotga diqqat
•60% Chet tiliga diqqat qarating

*Imkoniyat doirangiz bunga yetmasa, aniqrog'i sabringiz yetmasa bunga
•10% sabrsizligingiz
•25% tibbiyotga diqqat
•65% chet tiliga diqqat qarating

📈Bundagi muhim jihat bir til uchun 1 yildan ortiq vaqt sarflamang yoki uzog'i 1.5 yil.

🏷Agar siz tibbiyot instituting 3-kursdan yuqori talabasi yoki bitiruvchisi bo'lsangiz.
•20% tibbiyotga
•80% Chet tiliga (yuqori Kurs bitiruvchilar esa 98%)

*Bitirganlar ham ilmiy, ham moddiy yuksalish uchun 99% chet tiliga diqqat qiling.

📋Bu fikrlarni SHAXSIY deb qabul qilishingiz mumkin. Hamda haligacha chet tili o'rganishga kirishmaganlarga tegishli.

P.S. Institutda o'qib, vaqtini o'zi nimalarga sarflashini bilmay yurgan tanishlaringizga tashlab qo'ying.

@Leaders_official [] @Leaders_Leisure
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬 #tavsiya // #dofamin // #qullik

♦️IJTIMOIY TARMOQNING QIROLLARIsiz


▪️Dofamin qulligi nima?
▪️Zarari qanday?
▪️Foydasi bormi men uchun?
▫️Kabi savollaringizga izoh.

©manbaa

📽"Leaders" jamoasi, talabalar uchun ingliz tilidan erkin dublyaj qilishdi

@Leaders_Leisure
#Yoz In shaa Alloh ertadan yoz oyi boshlanadi.

Kimdadir imtihonlar, kimdadir o'qish hali tugamagan, kimdadir hamasi tugagan, kimdadir amaliyot g'ami.

Bularning hammasi siz ishtirok etsangiz ham, etmasangiz ham (qisman faol bo'lsangiz) o'tadi.
Lekin yoz oyidagi baraka yilda 1 bor bo'ladi, faqat yoz oyida.

3 oy, shunchaki 3 oy emas, bu o'qish mavsumidagi kamida 7-8 oyga teng, to'liq 3 oy bo'sh bo'lib ilm bilan band bo'la olmassiz, lekin imkon qadar harakat qilsangiz barakasini topasiz.

Hozirgacha ilm olish uchun berib kelingan tavsiyalarga amal qiling, in shaa Alloh sentabrda kichik sarhisob qilamiz, hamma o'z vijdoni oldida hisob beradi, bugun esa bu sizga bir kichik eslatma.

Alloh Taolo ilm yo'lida sarflayotgan, sarflovchi va sarflashni niyat qilgan vaqtlarimiz va ilmlarimizni barakali qilsin.

@Leaders_official [] Oliy Tibbiyot Maktabi