LeaderEcon Club – Iqtisodda yetakchilik maktabi
3.58K subscribers
411 photos
39 videos
2 files
575 links
John Maynard Keynes

“G‘oyalar dunyoni boshqaradi. Ular o‘q otuvchi qurollardan ham kuchliroq.”
(“Ideas shape the course of history")
Download Telegram
🇪🇺 YEVROHUDUD UCHUN “PAST O‘SISH + YUQORI INFLYATSIYA” SENARIYSI: 2026 PROGNOZLARI YOMONLASHDI!

Yevrohudud bo‘yicha yetakchi xalqaro institutlar 2026-yil iqtisodiy o‘sishini atigi 0,8–0,9% atrofida kutmoqda. Yevropa Komissiyasi avvalgi 1,2% prognozini 0,9% gacha, IMF esa 1,1% dan 0,9% gacha pasaytirgan. ECB va OECD baholarida o‘sish bundan ham past — 0,8%. 2027-yilda vaziyat biroz yaxshilanib, YaIM o‘sishi asosan 1,2% atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Bundan ham muhim signal — inflyatsiya prognozlarining yuqoriga qayta ko‘rib chiqilgani. 2026-yil uchun Yevropa Komissiyasi va ECB 3,0%, IMF 2,9%, OECD esa 2,8% inflyatsiyani kutmoqda. Demak, yevrohudud bir vaqtning o‘zida sust iqtisodiy o‘sish va nisbatan yuqori narx bosimi bilan yuzlashmoqda. Bu ECB uchun murakkab muvozanat yaratadi: stavkalarni yuqori ushlash inflyatsiyani jilovlaydi, ammo zaif iqtisodiy o‘sishni yanada sekinlashtirishi mumkin.


Manba: Eurostat; European Commission, ECB, IMF, OECD prognozlari.

LeaderEcon Club | Iqtisodda yetakchilik maktabi
😐7🔥4👀32👍2
🇺🇿 Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги тизимидаги ходимларга 20,4 млн сўмгача “картошка пули” берилиши мумкин экан.

Манба

LeaderEcon Club | Iqtisodda yetakchilik maktabi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥43🤯2🤝21
👌 “Sonini o‘ylagan qahramon bo‘lolmaydi.”
🫥 Polat Alemdar

🇹🇷 “Sonunu düşünen kahraman olamaz.”


LeaderEcon Club | Iqtisodda yetakchilik maktabi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🫡73🔥3👏3🤔2💯2
📉 O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi keskin kamaymoqda

2021-yilda mamlakatda kambag‘allik darajasi 17% bo‘lgan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 5,8% gacha tushgan. Ya’ni, atigi to‘rt yil ichida kambag‘allik darajasi 11,2 foiz punktga, qariyb 66% ga kamaygan.


📊 Dinamikaga qaralsa: 2021 — 17% → 2022 — 14,1% → 2023 — 11% → 2024 — 8,9% → 2025 — 5,8%.

🖋 Bu aholi daromadlarini oshirish, bandlikni kengaytirish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan iqtisodiy choralar fonida kuzatilayotgan muhim ijtimoiy-iqtisodiy tendensiyadir.

👍 2025-yildagi kambag‘allik darajasi 2021-yilga nisbatan deyarli 3 baravar past.


LeaderEcon Club | Iqtisodda yetakchilik maktabi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👏552👍2🤣2
🚌 Toshkent avtobuslarida yangi rekord!

📅 15-sentabr kuni poytaxt avtobuslarida bir sutkada 1 520 113 nafar yo‘lovchi tashildi. Bu — jamoat transportidan foydalanish bo‘yicha rekord ko‘rsatkich.

📈 Ko‘rsatkich aholining jamoat transportiga talabi yuqori ekanini va shahar transport tizimi yuklamasi tobora ortib borayotganini ko‘rsatadi.

💰 1,5 milliondan ortiq yo‘lovchi — bir kunning o‘zida!


LeaderEcon Club | Iqtisodda yetakchilik maktabi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥432👍2👏2
📊 Avtokredit va ipoteka: foiz stavkalari qayerda arzonroq?

🗓 14-sentabr holatiga ko‘ra, banklarda avtokreditlarning o‘rtacha stavkasi 21,9%, ipoteka kreditlarida esa 21,8%. Qiziq jihati shundaki, uzoq muddatli va ko‘chmas mulk garovi bilan ta’minlangan ipoteka stavkasi avtokreditdan atigi 0,1 foiz punktga past.

💰 Banklar o‘rtasidagi tafovut esa sezilarli: avtokreditlarda stavkalar 19,7–27,0%, ipotekada 18,0–26,0% oralig‘ida. Demak, bir xil kredit turi bo‘yicha ham bank tanlovi qarz oluvchining yakuniy xarajatiga jiddiy ta’sir qiladi.

😊 Kredit bozorida faqat “foiz stavkasi” emas, balki muddat, boshlang‘ich badal, komissiya va kreditning to‘liq qiymati asosiy mezon bo‘lishi kerak. Pastroq nominal foiz har doim ham eng arzon kredit degani emas.


LeaderEcon Club | Iqtisodda yetakchilik maktabi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥653🤔3
🇳🇴 Норвегияда 2016 йилда бошланғич синф болаларига айпад берилиб, китоблар ўрнини эгаллаган экан.

Аммо 10 йиллик дата шуни кўрсатибдики, бу иш охир-оқибат болаларни саводсиз қилиб, китобга қизиқишини бутунлай совитиб юборибди.

LeaderEcon Club | Iqtisodda yetakchilik maktabi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥75👍4🆒4
🇺🇿 O'zbekistonda kambag'allik darajasi 3,9 foizga tushdi

🗓 Yil boshida kambag'allik darajasi 5,8% bo'lgan bo'lsa, hozirga kelib 3,9%ga pasaygan.

Bandlik vazirligi ma'lumotiga ko'ra:
160 mingdan ortiq kishi ish bilan ta'minlandi
304 ming kishi tadbirkorlikka jalb qilindi
— biznes tashabbuslari uchun 700 mlrd so'm kredit ajratildi
— yana 77 mlrd so'm ssuda va subsidiyalar berildi

Natijada 49 ta tuman va 3 500 ta mahalla «kambag'allikdan xoli» hudud deb qayd etilgan.

🗓 Yil oxirigacha yana 350 ming kishini ishga joylashtirish, 1 mln kishining daromadini oshirish va 230 ming oilani kambag'allikdan chiqarish vazifasi qo'yilgan.

LeaderEcon Club | Iqtisodda yetakchilik maktabi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥5👏32👍2🤔2
Dengiz jangida kemalarsiz g'alabaga erishib bo'lmaganidek, g'oyalar jangida kitoblarsiz g'alabaga erishish mumkin emas.


✍️ Franklin Ruzvelt

LeaderEcon Club | Iqtisodda yetakchilik maktabi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥10👍6👏32
Федерал Резерв асосий ставкани 2023 йил  июль ойидан буён биринчи марта оширди.

Кеча АҚШ Марказий банки  кутилганидек асосий ставкани 0,25 фоиз  бандга ошириб, 3,75-4 фоиз оралиғида белгилади.

Фоиз ставкасининг оширилиши иқтисодий фаоллик юқори сақланаётган шароитда,  геосиёсий рисклар орқали  нархларга босим ошаётганлиги билан изоҳланган.

АҚШ президенти Жером Пауэллни доимий равишда юқори фоиз ставкалари учун танқид қилиб келар эди.  Лекин Трамп томонидан номзоди илгари сурилган янги  раис даврида фоиз ставкалари тушмаяпти, балки ошишни бошлади.

Фоиз ставкаларининг ошишига эса айнан Трамп томонидан Эрондан бошланган уруш асосий сабаб ҳисобланади.


LeaderEcon Club | Iqtisodda yetakchilik maktabi
🔥7👏4🆒32👍2
💰 O‘z kasbining ustasi bo‘lish — daromadning eng katta omillaridan biri

Bugungi iqtisodiyotda yuqori daromad faqat lavozim yoki kasb nomiga bog‘liq emas. Eng katta qiymat — mahorat, natija, auditoriya va shaxsiy brend uyg‘unligida shakllanadi.

✒️ LiveScore ma’lumotiga ko‘ra, Krishtianu Ronalduning Instagram’dagi bitta reklama posti narxi taxminan 3,2 mln dollar, ya’ni qariyb 37,7 mlrd so‘mga baholanmoqda. Lionel Messi esa bitta reklama posti uchun taxminan 2,7 mln dollar — qariyb 31,8 mlrd so‘m oladi.

💰 Bozorda insonning daromadi ko‘pincha uning qancha vaqt ishlagani bilan emas, qanchalik katta qiymat yaratishi va bu qiymatga bozor qanchalik yuqori narx berishi bilan belgilanadi.


LeaderEcon Club | Iqtisodda yetakchilik maktabi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👏43🤔2💯21
“Nomimizning buyukligi — do‘stlarimizning buyukligidandir.”


Süleyman Çakır (Kurtlar vadisi)

LeaderEcon Club | Iqtisodda yetakchilik maktabi
🔥8👏53💯2👍1
#Match_Day
#Today

🇪🇸 ATLETIKO 🆚 REAL ⚽️

🇪🇸 La liga
🔢🔢
🏟  Vanda Metropolitano

⚽️LeaderEcon Club | Iqtisodda yetakchilik maktabi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5🏆3🍾3👍21🤣1
🫳 DUSHANBA — YANA BIR BOSHLANISH!

👣Yangi hafta katta rejalar bilan emas, bitta aniq qadam bilan boshlanadi.


Mukammal sharoitni kutmang. Kayfiyatni kutmang. Motivatsiyani ham kutmang.

Boshlang. Harakatning o‘zi motivatsiyani olib keladi.

🤝 Bu hafta kechagidan yaxshiroq bo‘lishga harakat qiling. Boshqalar bilan emas — kechagi o‘zingiz bilan raqobatlashing.

LeaderEcon Club — iqtisodiy tafakkur va insoniy qadriyatlar uyg‘unligi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🔥54👍2
😊 Institutsiz bozor ishlaydimi?

📖 “Institutions are the rules of the game in a society.”

✍️ Douglass C. North, “Institutions, Institutional Change and Economic Performance” (1990)

Bozor faqat xaridor va sotuvchidan iborat emas.
Mulk huquqi, shartnomalar, sud tizimi, qonunlar va norasmiy me’yorlar ham iqtisodiy qarorlarning chegarasini belgilaydi.

Qoidalar barqaror bo‘lsa, iqtisodiy agent kelajakni nisbatan ishonchli rejalashtira oladi. Noaniqlik kuchaysa, uzoq muddatli qaror qabul qilish ham qiyinlashadi.

😊 Bozor ko‘rinadi. Uni ushlab turgan institutlar esa ko‘pincha ko‘rinmaydi.


LeaderEcon Club | Iqtisodda yetakchilik maktabi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👏321👍1
❗️Тадбиркорлар учун электр ва газ тўловида янги тартиб

2026 йил 1 ноябрдан тадбиркорлик субъектлари учун электр энергияси ва табиий газ бўйича олдиндан тўлов миқдори 15 фоизга туширилади.

LeaderEcon Club | Iqtisodda yetakchilik maktabi
👏6👍3🔥211
Тавба, одамлар ҳам ажойиб.

Эрталабдан бир танишим телефон қилиб, доллар энди қачон яна 13 000 сўмга чиқади, деб сўраяпти.

Доллар кўтарилса – халқнинг ярим хафа.
Тушса – қолган ярми. 😄

Ҳаммани хурсанд қиладиган курснинг ўзи йўқ шекилли.

LeaderEcon Club | Iqtisodda yetakchilik maktabi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣6441🔥1
🇺🇿 Qoraqalpog‘istonda oilaviy tadbirkorlik kreditlari stavkasi 17,5 foizdan 12 foizga tushiriladi.

Kelasi yili resurslar 2 karra oshirilib, Uychi va Zarbdor tajribasi asosidagi “drayver” loyihalarga 100 million dollar yo‘naltiriladi. Shu hisobdan kamida 50 ming odamni daromadli qilish vazifasi qo‘yildi.

Ikki yilda biznes infratuzilmasiga 370 milliard so‘m ajratilgani hisobiga 2 ming 200 ta savdo-servis obyekti ishga tushib, 10 mingga yaqin ish o‘rni yaratilgan. Nukus tumanidagi Diyqan arna mahallasida 60 o‘rinli bog‘cha, futbol va vorkaut maydonchalari tashkil etilgani mahallaga yangicha kayfiyat olib kirgani ta’kidlandi.

Tuman hokimlariga shu yil iqtisodiy o‘sish va bandlikka turtki beradigan yana ikkitadan loyiha qilib, 10 ming odamni daromadli qilish topshirildi. Buning uchun 100 milliard so‘m ajratilib, bir haftada moliyalashtirish vazifasi qo'yildi.


Manba

LeaderEcon Club | Iqtisodda yetakchilik maktabi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👏21🔥11