Teachers' Blog๐Ÿ’
1.52K subscribers
3.95K photos
851 videos
2.24K files
1.39K links
Dear teachers
HERE๐Ÿ‘‰ You can obtain
โš ๏ธ English cards, games, decor
โš ๏ธOnly for English language Teachers ๐Ÿ˜ Share ๐Ÿ”„our link๐Ÿ”— with other ๐Ÿ‘ฉโ€๐Ÿซteachers https://t.me/LanguageStuff
admin @Languagestuffbot
Download Telegram
๏ฟผBahor โ€” bayramlar bilan boshlanadi. Ko'klamning ikkinchi haftasida โ€” 8 martni nishonlaymiz. Xo'sh, munis onalarimiz, xotin-qizlar bayramini nishonlashimizning sababi nimada? Nega ayollar bunchalik ulug'lanadi? Xuddi shu kuni butun dunyo ayollari bayram qiladilarmi yokiโ€ฆ Bu savollarga javob topish uchun tarixga nazar tashlaymiz. Ma'lumotlarga ko'ra, ยซayolยป arabcha so'z bo'lib, ยซoilaยป kalimasi bilan o'zakdoshdir. Biroq 8 martga nisbatan ยซayolยป so'zi emas, balki xotin-qizlar degan so'z keng qo'llaniladi.

Bu kun o'tmishiga nazar tashlaydigan bo'lsak, xotin-qizlar bayrami ularning o'z huquqlari uchun kurashish kunidan kelib chiqqaniga guvoh bo'lishimiz mumkin. Ya'ni, 1857 yil 8 mart kunida Nyu-Yorkning poyafzal hamda tikuv fabrikasi ishchi xotin-qizlari manifestga yig'iladilar. Ular 10 soatlik ish kuni, yorug' va quruq ish xonalari hamda erkaklar bilan bir xil maosh olishlarini talab qilib chiqadilar. Xuddi shu kunda Nyu-Yorkdagi yuzlab ayollar namoyishlarga chiqib, saylash huquqini ham talab qiladilar. Chunki o'sha paytlarda juda kam maosh oluvchi ayollar kuniga 16 soat ishlaganlar. 

Erkaklar esa turli chiqishlari orqali 10 soatlik ish kunini qo'lga kiritganlar. 8 martdagi xuddi shu voqeadan so'ng ayollar tashkiloti tuziladi va birinchi marta xotin-qizlar unga a'zo bo'ladilar. Biroq bu kun birinchi marta 1891 yil 19 martda Avstriya, Daniya, Germaniya va Shveytsariyada xotin-qizlar bayrami sifatida nishonlandi. O'shanda milliondan ortiq erkak va ayollar manifestlarda ishtirok etadilar. Saylash va joylarni boshqarish huquqidan tashqari, ayollar erkaklar bilan bir qatorda teng huquqli bo'lishga harakat qiladilar.

1910 yil Kopengagenda o'tgan xalqaro konferentsiyada 8 mart sanasini xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida nishonlash taklifi ko'tarildi. Shundan so'ng ko'pgina mamlakat ayollarining jamiyatda faollashuvi boshlanadi. Ular kambag'allikka qarshi, mehnat huquqiga, hurmatiga ega bo'lish, tinchlik uchun kurash olib boradilar.

๏ฟผRossiyada esa xalqaro xotin-qizlar kuni birinchi marta 1913 yil Peterburgda bayram qilindi. Rossiya Dumasiga ayollar muammosi bo'yicha ariza berildi va hukumat a'zolari 1913 yil 2 martda bir yarim ming aholini yig'ib, bu masalani hal etishga ruxsat berdi. Unda ayollarning saylash huquqi, onalikni davlat tomonidan ta'minlash va muhofaza qilish masalalari ko'rib chiqildi. Keyingi yilda esa Yevropaning ko'pgina mamlakatlarida ayollar urushga qarshi namoyishlar uyushtiradilar.

1917 yil fevral oyining oxirgi yakshanbasida Rossiya ayollari ยซNon va tinchlikยป shiori ostida ko'chaga chiqdilar. To'rt kundan keyin esa Nikolay II ayollarga saylash huquqini berishni va'da qildi. Bu kun Yulian yilnomasida 23 fevral hamda Grigorian yilnomasi bo'yicha 8 martda nishonlana boshlandi.

8 mart xalqaro xotin-qizlar kuni 1965 yildan boshlab dam olish kuni deb belgilandi. Shu kunda hukumat tantanali tadbirlarda ayollarga nisbatan davlat siyosatining amalga oshirayotgan ishlari to'g'risida hisobot berardi. Asta-sekin xalqaro xotin-qizlar kuni ayollarning o'z huquqlarini talab qilganliklari uchun emas, balki ularni qadrlash, hurmat qilish va e'zozlash kuni sifatida nishonlana boshlandi.

Sobiq sho'ro ittifoqi barham topgandan so'ng 8 mart โ€” xalqaro xotin-qizlar bayrami MDH davlatlari: Ozarboyjon, Gruziya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, Belorussiya, O'zbekistonda bayram qilinadi.

Agar e'tibor bergan bo'lsangiz, MDHdan tash-qari ushbu bayram asosan G'arb davlatlarida nishonlanadi. Xo'sh, Sharqda-chi?

Sharqda ham bu bayram o'zgacha tarzda nishonlanadi. Masalan, Yaponiyada xuddi shunga o'xshash bayram mavjud. Lekin u xotin-qizlar emas, balki faqatgina qizlar (Xina Matsuri) bayramidir. Bu ayyomni qo'g'irchoqlar bayrami deb ham atashadi. Bayram 3 martda o'tkazilib, barcha yapon qizlariga baxt va sog'lik tilaydi. Yaponlar qizi bor uy ostonasidagi qizil javonga chiroyli kiyintirib qo'yilgan qo'g'irchoqni qo'yishadi. Mamlakatning ba'zi joylarida esa qog'ozdan yasalgan qo'g'irchoqlarni suvga tashlaydilar. Suvga tashlangan qog'oz-qo'g'irchoq o'zi bilan baxtsizlik
@Englishteacherideas1
olib ketsin, deyiladi.

Qizlarga atalgan qo'g'irchoqlar odatda vasiyat qilib qoldirilgan bo'ladi. Chunki bu qo'g'irchoqlar juda qimmat bo'lib, narxlari 1000 AQSh dollaridan kam bo'lmaydi. Ular bir oy davomida ostonada turib, keyingi yil uchun yana yig'ishtirib qo'yiladi.
@Englishteacherideas1
Dear teachers we are searching new ideas for You
โš ๏ธWe are trying to help you
โš ๏ธWe desire to make our channel bigger one . Share ๐Ÿ”„our link๐Ÿ”— with other English ๐Ÿ‘ฉโ€๐Ÿซteachers @Englishteacherideas1 ๐Ÿ‡ฌ๐Ÿ‡ง
admin @Honey_I_Bunny t.me/Englishteacherideas1
Teachers' Blog๐Ÿ’ pinned ยซHurmatli ustozlar yaqinda Toshkent viloyatida bo'lib o'tgan toifa testidagi ba'zi savollarยป