Law | "SMART" oʻquv markazi | Chirakchi 🦉
48 subscribers
55 photos
10 videos
47 files
25 links
Bu kanalda Siz Huquqshunoslik fanidan foydali ma’lumotlarga ega bòlishingiz mumkin!

Aloqa: @Blellumm
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Smeta — bu kelgusi faoliyat, qurilish, ta'mirlash yoki xizmatlar uchun zarur bo'lgan xarajatlarning oldindan tuzilgan batafsil hisob-kitobi. U ishlar, materiallar, uskunalar va xizmatlar narxini o'z ichiga olgan rasmiy moliyaviy hujjat hisoblanadi.

Smeta turlari va tarkibi

Xarajatlar smetasi: Mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko'rsatish bo'yicha to'liq xarajatlar hisobi.

Loyiha-smeta hujjatlari: Qurilish yoki muhandislik loyihalarida arxitektura, qurilish chizmalari va muhandislik yechimlarini o'z ichiga olgan hujjatlar to'plami.Budjet tashkilotlari smetasi: Davlat muassasalarining daromad va xarajatlari rejalashtirilgan hujjat

#atama

@LaHisto
1🔥1🥰1
⁉️ Isteʼmolchi tovarning ishlab chiqarilishiga, tuzilishiga, tarkibiga doir kamchiliklarni yoki boshqa nuqsonlarni aniqlagan taqdirda tovar qancha vaqtda almashtirib beriladi?

1️⃣Nuqsonli tovar umumiy asoslarga koʻra yetti kun ichida;

2️⃣Tovarning sifatini qoʻshimcha tekshirish kerak boʻlsa yigirma kun ichida;

3️⃣Ayni shunday markali tovar boʻlmaganda bir oy ichida

4️⃣Choʻl va olis joylarda, tovarlar vaqti-vaqti bilan olib boriladigan joylarda isteʼmolchining bunday talabi ushbu joylarga navbatdagi tovar yetkazib berish uchun ketadigan muddat ichida, lekin ikki oydan kechiktirmay almashtirib berilishi yoki isteʼmolchining qonuniy talabi qondirilishi lozim.

Ana shu muddatlarning oʻtkazib yuborilgan har bir kuni uchun sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) isteʼmolchiga almashtirilgan tovarni berish bilan bir vaqtda tovar bahosining bir foizi miqdorida neustoyka (penya) toʻlaydi.

Asos: "Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi qonun 14-modda.



#Qonunchilik
1🔥1
#Konstitutsiya

Ifoda shakliga koʻra:

} Yozilgan: AQSH, Fransiya

} Yozilmagan: Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya

Qabul qilinish tartibiga koʻra:

} Hadya qilingan: Yaponiya, Qatar

} Xalq: Oʻzbekiston

Oʻzgartirishi tartibiga koʻra:

} Yumshoq
} Qattiq

Davlat boshqaruv shakliga koʻra:

} Monarxiya: Ispaniya, Yaponiya, Shvetsiya

} Respublika: Fransiya, Germaniya, AQSH

Davlat tuzulish shakliga koʻra:

} federal: AQSh, Hindiston, Germaniya, Rossiya

} unitar: Fransiya, Italiya

🖊 Asadbek Bahtiyorov

@LaHisto
1👏1
Farqiga boring:

Shaxsning Muomala layoqati cheklanishi (Homiylik tayinlanadi) bilan Shaxsning Muomalaga layoqatsizligi (Vasiylik tayinlanadi) oʻrtasida farq katta.
Insonga suiqasd eng og'ir jinoyatdir. Ózbekistonda ôlim jazosi taqiqlanadi.

Ôz.Res.Kons. nechanchi modda?
Anonymous Quiz
63%
25 modda
13%
22 modda
0%
28 modda
25%
35 modda
"Barcha ashyolarning mezoni insondir". Ushbu jumla kimga tegishli?
Anonymous Quiz
33%
Pifagor
33%
Protagor
22%
Arastu
11%
Suqrot
Merosga nisbatan vorislik 2 xil usulda vujudga keladi:

1. Vasiyatnoma bo'yicha;
2. Qonun bo'yicha.

* agar merosxo'r merosdan voz kechgan bo'lsa, qaytib unga davo qilolmaydi.

@LaHisto
Pensiya va nafaqalarning 3 turi mavjud:

1. Yoshga doir
2. Nogironlik
3. Boquvchisini yo'qotganlik

* ish staji yetarli bo'lgan shaxslar uchun pensiya;
** ish staji yetarli bo'lmaganlar uchun esa nafaqa tayinlanadi.

@LaHisto
Tabiiy huquqlar — har bir insonga tug‘ilishidan boshlab tabiat yoki Yaratuvchi tomonidan berilgan, davlat tomonidan tan olinishi yoki berilishidan qat'i nazar, ajralmas bo‘lgan huquqlar majmuyi.

Ular hech qanday qonun bilan bekor qilinmaydi va cheklanmaydi.

Asosiy xususiyatlari:

Ajralmaslik: Bu huquqlarni insondan tortib olish yoki voz kechish mumkin emas.

Oliy ustuvorlik: Davlat qonunlari (pozitiv huquq) tabiiy huquqlarga asoslanishi va ularni hurmat qilishi shart.

Universallik: Ular dunyodagi barcha insonlarga irqi, jinsi, millati va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar teng tegishlidir.

Asosiy tabiiy huquqlar ro‘yxati:

Yashash huquqi – har bir insonning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi.Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi – qamoqqa olinishdan, g‘ayriqonuniy tazyiqlardan himoyalanish.Shaxsiy va oilaviy hayot daxlsizligi – uy-joy daxlsizligi va yozishmalar siri. Mulkka bo‘lgan huquq – o‘z mehnat mahsuli va topgan mol-mulkiga egalik qilish. Fikr va so‘z erkinligi – o‘z qarashlarini erkin ifoda etish. Baxtga intilish huquqi – o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish va farovon yashashga intilish.

@LaHisto
Siyosiy huquqlar:

I. Davlat mexanizmini shakllantirish va unda ishtirok etish huquqi: saylov, referendum, murojaat etish.

II. Jamiyatda ishtirok etish huquqi: birlashish, namoyish oʻtkazish.

@LaHisto
#FK

33-modda.

Fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topish

Agar fuqaroning qayerdaligi haqida uning yashash joyida bir yil davomida maʼlumotlar boʻlmasa, manfaatdor shaxslarning arizasiga muvofiq sud bu fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topishi mumkin. Yoʻqolgan shaxs toʻgʻrisida oxirgi maʼlumotlar olingan kunni aniqlash mumkin boʻlmasa, bedarak yoʻqolgan deb hisoblash muddati yoʻqolgan shaxs toʻgʻrisida oxirgi maʼlumotlar olingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan, bu oyni belgilash mumkin boʻlmagan taqdirda esa —keyingi yilning birinchi yanvaridan boshlanadi.

@LaHisto
Битим ва шартнома тушунчалари бири-биридан фарқ қилар экан
https://xorazm.adliya.uz/fargona/uz/interaktivnye-uslugi/sizning-savolingiz/questions.php?ELEMENT_ID=14908
Banklarni sanatsiya qilish (lotincha sanatio — davolash, sogʻlomlashtirish) — toʻlovga qobiliyatsizlik (bankrotlik) holatiga tushib qolgan banklarni qutqarish va ularning moliyaviy ahvolini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuyudir.

#atama

@LaHisto
Konosament (inglizcha: Bill of Lading yoki B/L) — xalqaro dengiz savdosi va logistikada qoʻllaniladigan asosiy yuk tashish va huquqiy hujjat. Bu hujjat yuk jo'natuvchi tomonidan tashuvchiga (odatda kema egasiga) taqdim etiladi.

#atama

@LaHisto
Savol: Operativ boshqarish huquqi deganda nima tushuniladi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 178-moddasida Operativ boshqarish huquqi belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra: davlat muassasasi o‘ziga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkka nisbatan qonunda belgilangan doirada, o‘z faoliyatining maqsadlariga, mulkdorning topshiriqlariga hamda mol-mulkning vazifasiga muvofiq holda egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqlarini amalga oshiradi. Davlat muassasasiga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkning egasi ortiqcha, foydalanilmayotgan yoki noo‘rin foydalanilayotgan mol-mulkni olib qo‘yish hamda uni o‘zi xohlagan tarzda tasarruf etishga haqli.

Mulkdorning qarori bilan muassasaga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkni operativ boshqarish huquqi, basharti qonun hujjatlarida yoki mulkdorning qarori bilan boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, ushbu muassasada unga mol-mulk topshirilgan paytdan boshlab vujudga keladi.

Operativ boshqarishda bo‘lgan mol-mulkdan foydalanishdan olingan hosil, mahsulot va daromadlar, shuningdek muassasada shartnoma bo‘yicha yoxud boshqa asoslarda vujudga kelgan mol-mulk ham ushbu Kodeksda, boshqa qonunchilikda mulk huquqini olish uchun belgilab qo‘yilgan tartibda muassasaning operativ boshqarishiga o‘tadi.

Mol-mulkni operativ boshqarish huquqi mulkdorning qaroriga va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra bekor qilinadi.

#fakt

@PiramidaScience
Oddiy yozma shakl — hujjatning (ariza, shartnoma, ishonchnoma yoki tilxat) maxsus tasdiqlovchi organlarsiz (notariuslarsiz), faqat tomonlarning shaxsiy imzosi bilan rasmiylashtirilishidir.

@LaHisto
Forwarded from Asadbek Bahtiyorov
176-модда.

Қалбаки пул, акциз маркаси ёки қимматли қоғозлар ясаш, уларни ўтказиш

Ўтказиш мақсадида қалбаки банк билетлари (банкнотлар), металл тангалар, акциз маркалар, шунингдек, қимматли қоғозлар ёхуд чет эл валютаси ёки чет эл валютасидаги қимматли қоғозлар ясаш ёки уларни ўтказиш —

икки йилдан беш йилгача озодликни чеклаш ёхуд беш йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланади.

Ўша ҳаракатлар:
а) такроран ёки хавфли рецидивист томонидан;
б) кўп миқдорда;
в) бир гуруҳ шахслар томонидан олдиндан тил бириктириб содир этилган бўлса, —

беш йилдан ўн йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланади.


Ўша ҳаракатлар:
а) жуда кўп миқдорда;
б) уюшган гуруҳ томонидан ёки унинг манфаатларини кўзлаб содир этилган бўлса, —

ўн йилдан ўн беш йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланади.

#JK
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM