𝐋𝐀𝐖|𝐏𝐑𝐎𝐂𝐄𝐒𝐒
50 subscribers
226 photos
30 videos
71 files
114 links
Biz bilan muvaffaqiyatga erishing
Download Telegram
Forwarded from Juma Muborak
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh!

Har bir juma — Allohning bizga bergan ulug‘ ne’matlaridan biridir. Har yangi tong esa tavba qilish, yaxshilik qilish va Robbimizga yaqinlashish uchun yana bir imkoniyatdir.

Shukr faqat til bilan aytiladigan so‘z emas. Haqiqiy shukr — Alloh ato etgan ne’matlarni Uning roziligi yo‘lida ishlatish, ota-onaga yaxshilik qilish, insonlarga mehr ko‘rsatish va har kuni ezgu amallarni ko‘paytirishdir.

Bugun qalbimizni gina va hasaddan poklaylik. Bir-birimiz uchun duo qilaylik va yaxshilik qilishga shoshilaylik. Allohning rahmati mehribon va shukr qiluvchi bandalariga yanada yaqin bo‘ladi.

Juma Muborak bo‘lsin! Alloh qalblarimizni iymon bilan mustahkamlasin, qilgan amallarimizni qabul qilsin va hayotimizni baraka bilan to‘ldirsin.

Kanal: @jumamuborak 🌙
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔹🔹🔹🔹🔹
#huquqingiznibilasizmi

O‘z vaqtida foydalanilmagan mehnat ta’tili va unga to‘lanadigan haq bilan bog‘liq tartiblarni tushuntiring.

Savolga Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi shu’basi katta o‘qituvchisi, advokat Muhammadamin Karimjonov javob beradi.
_____________

#знаетеливысвоиправа

Разъясните, какие правила действуют в отношении ежегодного трудового отпуска, не использованного своевременно, а также выплаты отпускных за такой отпуск.

На вопрос отвечает старший преподаватель сектора трудового права Ташкентского государственного юридического университета, адвокат Мухаммадамин Каримжонов.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔹🔹🔹🔹

AI loyihangiz bor-mi? Uni 1 million dollarlik imkoniyatga aylantiring!

“President AI Award 2026” tanloviga arizalar qabuli boshlandi.

🔗 Batafsil...

Есть AI-проект? Превратите его в возможность стоимостью 1 миллион долларов!

Открыт прием заявок на участие в конкурсе President AI Award 2026.

🔗 Подробнее...

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
🔹🔹🔹🔹

G‘oyadan katta biznesgacha: startapingiz uchun 5 million dollarlik imkoniyat!

Yurtimizdagi eng istiqbolli startaplarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tanlov — “President Tech Award 2026” uchun ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda.

🔗 Batafsil...

От идеи к большому бизнесу: возможность на 5 миллионов долларов для вашего стартапа!

Продолжается регистрация на конкурс President Tech Award 2026, направленный на поддержку наиболее перспективных стартапов нашей страны.

🔗 Подробнее...

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 “35 000 tashabbus” — Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan mega loyihaga start berildi!

Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi tomonidan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasi yoʻlga qoʻyildi.

Siz ham yurtimiz rivojiga oʻz hissangizni qoʻshmoqchimisiz?

Unda jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya yoki tashabbusingizni taqdim eting.

🟢Taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat yoki boshqa istalgan yoʻnalishdagi har bir foydali tashabbus muhim.

📌 Tashabbusingizni yuboring: tashabbus.yito.uz

Tashabbuslar 1-avgustdan 31-avgustgacha qabul qilinadi

🇺🇿Katta oʻzgarishlar bitta tashabbusdan boshlanadi. Sizning gʻoyangiz esa Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining navbatdagi qadami boʻlishi mumkin.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
O'tish ballari 2026

1. HMQA 173.5 ball
2. TDYU 171.8 ball
3. TDYU raqamli huquq 163.4 ball
4. TDYU xalqaro huquq 169.6 ball
5. Diplomatiya 168.1 ball
6. Islom akademiyasi 170.2 ball
7. Milliy 168 ball.
8. Transport universiteti 160.9 ball
9. Irrigatsiya 157 ball
10. Qoraqalpoq DU 144 ball

@legalzoneuz
Elchixonada amaliyot qilmoqchi bo‘lsangiz, qayerdan boshlaysiz?

Agar O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalari yoki konsulliklarida amaliyot qilmoqchi bo‘lsangiz, VM 551-son qaror asosidagi tartibni kuzatasiz. Davlat universitetida har yili mart oyida tegishli e’lon chiqishini kutasiz, belgilangan muddatda hujjat topshirasiz. (IELTS minimum 7, GPA minimum 4.2, ijtimoiy faollik)

Agar O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy davlat elchixonasida amaliyot qilmoqchi bo‘lsangiz, ish ancha sodda, elchixonaning rasmiy sayt va ijtimoiy tarmoqlarini kuzating. Internship yoki internship opportunity e’lon qilinsa, talablari bilan tanishib, CV va so‘ralgan hujjatlarni belgilangan muddatda yuborasiz.

Oldindan esa uch narsani tayyorlab qo‘ying, ingliz tilidagi CV, motivatsion xat va LinkedIn profilingiz. Qo‘shimcha xorijiy til, xalqaro loyihalar, konferensiyalar va volunteerlik tajribasi ham katta ustunlik beradi.

Eng muhimi, elchixonaga shunchaki “amaliyot qilmoqchiman” deb yozishdan oldin aynan o‘sha vakolatxonaning amaliyot olish tartibini tekshiring. Har birining talabi bir xil emas.

🤩 @otabekturgunboev
🎓Avvalgi yillar mandat qachon chiqqan?

2022-yil — 27-avgust, 23:04

2023-yil — 22-avgust, 00:03

2024-yil — 17-avgust, 03:51

2025-yil — 13-avgust, 23:51

2026-yil — ?-avgust, — ?

2026-yilgi mandat qaysi sanada va qaysi vaqtda chiqadi deb o‘ylaysiz?

😎 https://t.me/reallhuquq
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi.


Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi.

Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi.

Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan:

– Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi;

– Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi.

Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi:

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash;

– Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish;

– Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish;

– aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish;

– qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash;

– Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish;

– Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar.

Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan.

Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi.

Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi.

Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda.

Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.
❗️Мандат эртага, 15 август куни соат 08:00 да эълон қилинади.

@platformauzb
Xo'sh xo'sh...

Bugun 00:00 dan mandat javoblari chiqadi va barcha abiturentlar 15-avgust ertalab 8:00 gacha o'z natijalarini ko'rishi mumkin bo'ladi degan insaydlar haqida xabardor bo'ldim.

Qachon chiqsa ham sabr guys 😉

https://t.me/TheLexander
170.4 TDYU kontrakt
179.7 grand
📢 Assalomu alaykum hurmatli talabalar!

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2,3,4-kurs talabalar uchun, sirtqi shaklida tahsil olayotgan 3,4,5-kurs talabalar uchun bugun, ya`ni 2026-yil 17-avgust soat 12:00 dan 2026/2027-o‘quv yili kuzgi semestri uchun tanlov fanlarini tanlash jarayonlari boshlanadi.
2026/2027-o‘quv yili kuzgi semestri uchun tanlov fanlarini tanlash std.tsul.uz platformasidagi shaxsiy kabinetingiz orqali amalga ochiriladi. 2026/2027-o‘quv yili kuzgi semestri uchun tanlov fanlarini 2026-yil 17-avgust soat 12:00 dan 19-avgust soat 08:00 ga qadar tanlashingiz so‘raladi.

📢 Здравствуйте, уважаемые студенты!

Для студентов 2, 3, 4 курсов бакалавриата, обучающихся по очной форме обучения, а также 3, 4, 5 курсов, обучающихся по заочной форме обучения, сегодня, то есть 17 августа 2026 года с 12:00, начинается процесс выбора элективных дисциплин на осенний семестр 2026/2027 учебного года.
Выбор элективных дисциплин на осенний семестр 2026/2027 учебного года осуществляется через ваш личный кабинет на платформе std.tsul.uz. Просим вас выбрать элективные дисциплины на осенний семестр 2026/2027 учебного года в период с 12:00 17 августа 2026 года до 08:00 19 августа 2026 года.

@Law_SSC2
𝐋𝐀𝐖|𝐏𝐑𝐎𝐂𝐄𝐒𝐒
2026/2027-o‘quv yili kuzgi semestri uchun tanlov fanlarini 2026-yil 17-avgust soat 12:00 dan 19-avgust soat 08:00 ga qadar tanlashingiz so‘raladi
2026/2027-o‘quv yili kuzgi semestri uchun tanlov fanlarini 2026-yil 17-avgust soat 12:00 dan 19-avgust soat 08:00 ga qadar tanlashingiz so‘raladi
2 -kursda o'tiladigan asosiy fanlar:

-Ma'muriy huquq
-Jinoyat huquqi (Umumiy qism)
-Mulk huquqi
-Xalqaro ommaviy huquq
-Mehnat huquqi

Quyidagi fanlar, tanlov fanlari:
Ushbu tanlov fanlardan faqat bittasi tanlanadi.
• Moliya huquqi
• Islom moliyasi / Islom huquqi
• Siyosiy ta'limotlar
• Huquqni muhofaza qiluvchi organlar
• Konstitutsiyaviy odil sudlov
2- kurslar uchun tanlov fanlari quyidagilar

Faqat bir marta tanlash huquqi bor hammada va eng ko'p ovoz olgan fan shu semester davomida o'qitiladi. Shunday ekan har tomonlama o'ylab ehtiyot bo'lib tanlash zarur
Ma'lumot uchun 2 -kursda o'tiladigan asosiy fanlar:

-Ma'muriy huquq
-Jinoyat huquqi (Umumiy qism)
-Mulk huquqi
-Xalqaro ommaviy huquq
-Mehnat huquqi

oʻtgan yili quyidagi fanlar tanlangan edi 6- fan sifatida
• Moliya huquqi
• Islom moliyasi / Islom huquqi
• Siyosiy ta'limotlar
• Huquqni muhofaza qiluvchi organlar
• Konstitutsiyaviy odil sudlov

@TheLexander
2- kurslar uchun tanlov fanlari quyidagilar

Faqat bir marta tanlash huquqi bor hammada va eng ko'p ovoz olgan fan shu semester davomida o'qitiladi. Shunday ekan har tomonlama o'ylab ehtiyot bo'lib tanlash zarur

@TheLexander