Komron Adham
199 subscribers
281 photos
129 videos
172 files
244 links
ALLOH ta’olo sharafli ishlarni xush ko’rar!

@KomronAdham
Download Telegram
Quyosh panellari narx tushishi haqida.

1 Watii uchun 100$ baland bo'lgan texnologiya.

Hozirgi kunda, hovli devorlarini o'rash uchun ham ishlatishyapti.
Burnout

Ishda yonish. Men doim ortiqcha ishlash ortidan keladi deb oʻylardim.

Inson xohlamagan ishlarini qilib, oʻzining potensiali ochilmagan ishlar qilsayam - kuyishga borib qolarkan.

Xodim ishi yurmayapti. Baliqni yugurtirib charchatyapmiz.

Ba’zi insonlarni ichki shaxsiyatini HR oʻrganishi lozim.

Kimdir energiya ishlatmasdan reflekslarda sotadi. Kimdir reflekslarda hisobot yozadi.

Oʻzlikni oʻrganish muhim ekan.
🔥5
> Raqobatchilar oʻrganish yoki benchmarking bir biriga oʻxshash mahsulot taklif qilishga borib qoladi.

> Bir xil mahsulot taklifi narx raqobatiga borib qoladi.

> Cust Dev - unikal taklif yaratish uchun zoʻr instrument.
👍1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sotuvda xarakter qanday boʻlishi kerak?
😁1
RFM_Tahlili.pdf
3.9 KB
Mijozlar bilan ishlash uchun muhim analitikalardan biri.

RFM tahlil.
Oldin sotib olgan keyinchalik boshqadan olib ketgan yoki yo'qolib uxlab qolgan klientlarni ajratadi.

Doim olib turgan klientlarga nima tomoninimiz yoqqanini

Ketib qolgan klientlardan nima tomonimiz yoqmaganini ajratib, sotuvni oshirsa, marketingni aniqligini oshirsa boladi


@komronadham
👍1🔥1
Forwarded from Komron Adham
ABC_Tahlili_Qollanma.pdf
6.4 KB
ABC tahlili:

Skladdagi tovarlar bo'yicha tahlillardan biri.

Mahsulotlar bazasini raqamlarda ko'rishga katta yordam beradi.

Raqamlarni ko'ra olish boshqarishga yordam beradi.

Boshqarsa bo'ladigan omborxona esa kam resurs bilan ko'proq foyda olib kelish mumkinligini ko'rsatadi.

@komronadham
🔥1👏1
Forwarded from Boshqaruvchiga
G’ayrat, xodim ishini saqlab qola olmasang ham, obro‘sini saqla

Takroriy xatolar sabab xodimlarimizdan biri bilan xayrlashishga to‘g‘ri keldi.

Bizda aniq qoida bor: agar xodim kompaniyaga nisbatan ochiq dushmanlik qilmagan bo‘lsa, u bilan chiroyli xayrlashamiz.

Shu sabab u kishiga gul tutqazildi, HR va filial rahbarlari bilan birga rasmga tushildi va jamoa guruhiga ijobiy hayrlashuv xabari berildi.

Biroz vaqt o‘tgach, bizni shaxsan taniydigan ustozlardan biri kelib, ketkazilish sababini o’zimdan so‘radi.

Javobim qisqa bo‘ldi:
“Ketkazishga arzigulik darajada takror xatolar bo‘lgan. Ammo bu xatolar tafsilotini sizga aytish to‘g‘ri bo‘lmaydi, to’g’rimi?”


Ishdan ketayotgan xodimga bo‘lgan munosabating, qolayotganlarga signaldir — shu sabab ularni yomonlama.

Tabiiy, rahbar xodimlar bilan ketgan odam xatolarni muhokama qilishga to’g’ri keladi. Sharti, yomonlash emas, xatolarni tushuntirish bo’lsin.

O’zi kimnidir ishdan bo’shatar ekansan, ko’pincha xato rahbar sifatida o’zingda bo’ladi.

Yo yetarlicha yordam bermagan, o’rgatmagan bo’lasan, yoki noto’g’ri odamni ishga olgan bo’lasan.

Amaliy boshqaruv kursi
@boshqaruvchiga
👍1
Buxoro proyektlarimizdan biri.

1 MWh. Havo soviganda ishlash qiyinlashadi.

Har xil sharoitlardayam xizmat koʻrsatayotgan jamoamizga rahmat.
👍1
Komron Adham
https://youtu.be/B0AsiITjZqA?si=FvCiWU7ujnQsnO7K
Quyosh panellari boʻyicha qilgan videoni koʻrdingizlarmi?
👍1
Forwarded from Paiziev24
Компанияларда ўзгаришларни бошқариш ва ички чемпионлар ҳақида

Бишкекда CabExpo — Марказий Осиёдан Америкада логистика соҳасида ишлаётган компаниялар учун конференция бўлиб ўтмоқда. Шу тадбир доирасида кеча бизнинг мижозимиз, катта тракинг компанияси раҳбари билан суҳбатлашиб қолдик. Гап технологиямизни иш жараёнига жорий қилишда учраётган қийинчиликлар ҳақида кетди.

Мижозларимизда кўп учрайдиган ҳолат бор: раҳбар технологияни кўради, руҳланади ва жамоасидагилардан бирига, кўпинча бошқарувчига, “синаб кўр”, “жорий қил” деб топшириқ беради. Лекин шу ерда кўп лойиҳалар тўхтаб қолади. Сабаби оддий — компания ичида процессларни ўзгартириш, яъни change management, осон иш эмас. Агар бунга тўғри ёндашилмаса, ҳатто яхши технология ҳам натижа бермайди.

Компания ичида ўзгариш қилаётганда энг муҳим қадамлардан бири — ички чемпионларни аниқлаш. Ички чемпионлар — бу компания ичида ўзгаришларни ичидан туриб олға суриб борадиган, расмий лавозими шарт бўлмаган, лекин таъсири кучли бўлган одамлардир. Қисқача айтганда, ўзгаришни раҳбарият бошлайди, лекин уни ҳаётга татбиқ қиладиганлар айнан шу инсонлар.

Ички чемпионлар одатда компанияни яхши билади, жамоа ишонадиган одам бўлади, янгиликка очиқ, лекин реалист бўлади ва “бу иш ишлайди” деб бошқаларни ишонтиришга қодир бўлади. Улар менеджер ҳам, оддий мутахассис ҳам, ҳатто формал раҳбар бўлмаган инсон ҳам бўлиши мумкин.

Change management фақат стратегия ёки презентация эмас, бу одамлар билан ишлаш. Шу нуқтада ички чемпионлар ҳал қилувчи роль ўйнайди. Одамлар ўзгаришдан қўрқади, қаршилик кўрсатади. Ички чемпион эса “бу бизнинг ишни енгиллаштиради, мен ўзим синаб кўрдим” деб айта олади. Бу гап HR ёки CEO айтган гапдан кўра кўпроқ ишонч уйғотади.

Раҳбарият одатда “нега”ни тушунтиради, ички чемпион эса “қандай қилиб”ни кўрсатади. Яъни янги инструментни қандай ишлатишни, янги процессда кундалик иш қандай ўзгаришини, амалда нима қилиш кераклигини тушунтиради. Шу билан бирга, кўп муҳим масалалар расмий митингларда эмас, балки кофе-брейкда, чатларда ёки коридорда ҳал бўлади. Ички чемпионлар айнан шу жойларда нотўғри гапларни тўғрилайди, шубҳаларни юмшатади, миш-мишларни камайтиради.

Яна бир муҳим жиҳат — ички чемпионлар эрта сигнал беради. Улар биринчи бўлиб “жамоа тушунмаяпти”, “бу ерда қаршилик чиқади”, “буни соддароқ қилиш керак” деган гапларни айтади. Бу маълумотлар ўзгаришни ўз вақтида тузатиш учун жуда қимматли.

Кўп ўзгаришлар нега муваффақиятсиз бўлади? Чунки change юқоридан туширилади, лекин ичкаридан қўллаб-қувватланмайди.

Хулоса қилиб айтганда, change management — бу слайдлар эмас, одамлар. Ички чемпионлар — ҳар қандай ўзгаришнинг двигатели. Уларсиз эса ҳатто энг яхши трансформация ҳам қоғозда қолиб кетади.

@paiziev24
Korxona madaniyati

Korxona madaniyati qog’ozda yozilgan jarayonlarni nonushtaga yeydi.

Xodimlarni ajratish, pastga urish, konflikt chiqarish, xurmattalablik va masalani hal etishdan koʻra aybdor qidirish ustun boʻlgan korxona oʻzini marifatli korxonaman demasa ham boʻladi.

Korxona shakllantirishda ishonch muhim roʻl oʻynaydi.

Jangga kirishda Qoʻmondan askarlarini tashlab qochmasligi, ularni shoqollarga yedirib boʻlib boʻlib parchalamasligi kerak.

Rahbar inson qarorlari uning qöl ostidagi insonlarning hayotiga tög’ridan tög’ri tasir etadi.

Har bir ishda köpchilikning yüki borligini his etishi lozim.

@komronadham
👍2🔥1