KOMPYUTER AKADEMIYASI
33.7K subscribers
1.26K photos
815 videos
650 files
3.39K links
Oliy maqsadimiz - Yurtdoshlarimizning kompyuter savodxonlik darajasini oshirishga beg'araz hissa qo'shish!

Savollar: @k_a_chat

💼 Loyihalarimiz: https://t.me/ka_projects/63

💲Reklama: t.me/techno_ads/16

😎 Asoschi: @wmteam95
Download Telegram
Montaj mavzusi bo'yicha kanaldagi postlar
#montaj / #videomontaj / #audiomontaj / #fotomontaj

ℹ️ Montaj nima degani? Montaj sohalari

🔸🔹🔸 VIDEOMONTAJ 🔸🔹🔸

#️⃣ Atama
FPS nima?
Slow motion nima?
Moushn grafika nima?
"Водяной знак" (watermark) nima?

#️⃣ Info
1080p, 720p, 480p nima? Ular orasida qanday farq bor?
Adobe'ning 50+ dasturi bilan tanishing
Intro va outro
Chroma key (xromakey) nima?

#️⃣ Dastur
Movavi Video Editor Plus 20.3.0
Movavi Video Editor Plus 21.0.1
Apowersoft Watermark Remover 1.4.0

#️⃣ Fayllar
Video uchun musiqalar (bepul, © siz)

#️⃣ Videodars
Videoni montaj qilishni 0 dan o'rganamiz! Videomontaj bo'yicha to'liq qo'llanma!
Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!
Videomontaj uchun eng yaxshi 17 dastur!


🔸🔹🔸 AUDIOMONTAJ 🔸🔹🔸

#️⃣ Info
Adobe'ning 50+ dasturi bilan tanishing

#️⃣ Dastur
Adobe Audition CC2019 (x64/x86)

#️⃣ Videodars
Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!


🔸🔹🔸 FOTOMONTAJ 🔸🔹🔸

#️⃣ Info
JPEG, GIF, PNG, BMP formatlarini o'zaro qanday farqi bor?
Adobe'ning grafika dasturlarining vazifalari
Adobe'ning 50+ dasturi bilan tanishing

#️⃣ Dastur
Paint.NET 4.2.12
Adobe Photoshop CC2018 x64/x86
Photoshop CC2018 x64/x32 (Portable)
Adobe Photoshop CS6 (kuchsiz kompyuterlar uchun)
Bytescout Watermarking Pro 3.2.1.680 Portable
Teorex Inpaint v9.0.1 (x64/x86)
Studio Effects 4.0
Movavi Photo Editor 6.7.1 (x32/x64)

#️⃣ Videodars
Photoshop qiyinmi? Unda PaintNET dan boshlaymiz!
Rasmlarni tahrirlashni o'rganamiz!
Eski chizmalarni tiklash
Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!
Rasmdagi ortiqcha obektni osonlik bilan o'chirish (Photoshop dasturisiz!)

🎯 Mavzular bo'yicha e'lon qilingan postlar

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Tanishing kompyuter bozorida yangi brend 😂
#fun

ℹ️ Hechqisi yo'q, hammaga dunyo har xil ko'rinadi. Ba'zan hamma narsaga teskari qarash aslida to'g'ri qarash bo'lishi mumkin 🙃.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
CareUEyes 2.0.0.7 (@kompyuter_akademiyasi).exe
6.7 MB
CareUEyes 2.0.0
#dastur / #salomatlik

ℹ️ Kompyuter bilan ishlashda ko'zimizning dushmani dam olmasdan monitorga qarab turishimiz hisoblanadi. Bundan tashqari monitor yorug'ligining noto'g'ri sozlanishi ham sog'lig'imiz uchun zararlidir. Ushbu dastur bilan yuqoridagi muammolardan qisman qutulishingiz mumkin.

😉 Dastur bilan o'zingiz do'stlashib ketasiz degan umiddaman.

💾: 6.6 mb (.exe)

📌 Mavzuga oid postlar:
Ko'zlarni himoya qilamiz! Eyedefender dasturi bilan ishlash + EyeDefender
Ko‘rish qobiliyati uchun qanday oziq-ovqatlar foydali hisoblanadi?
LightBulb Portable

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Carnac (@kompyuter_akademiyasi).exe
4.1 MB
Carnac
#dastur

ℹ️ Siz bosgan tugmachalarni yoki klaviatura kombinatsiyalarini ekranda ko'rsatishga imkon beruvchi kichik dastur. Bu, ayniqsa, ekranni videoga olishda qulay bo'lishi mumkin.

💾: 4 mb (.exe)

📌 Mavzuga oid postlar:
Kompyuter ekranini videoga olish (screencast)!
Videoni montaj qilishni 0 dan o'rganamiz! Videomontaj bo'yicha to'liq qo'llanma!

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Operativ xotira(RAM) - 1 ta 8 talik yaxshimi yoki 2 ta 4 talik?
#tavsiya

ℹ️ Siz Windows 10 operatsion tizimidan foydalanasizu lekin sizga 4 GB hajmdagi operativ xotira kamlik qilyaptimi? U holda albatta uni kamida 8 GB'lik ko'rinishga o'zgartirish kerak. Ammo savol tug'iladi: 1 dona 8 GB lik operativ xotira qo'yish kerakmi, yoki 4 GB'lik operativ xotiradan 2 dona qo'ysak yaxshi natijaga erishamizmi?

💸Moliyaviy tomondan 1 dona 8Gb'lik operativka 2 dona 4 GB'likdan arzonga aylanadi, lekin ishlashi qanday bo'ladi?

Agar siz kompyuterdan internetdagi sayohat va film tomosha qilishdan boshqa maqsadlarda ham foydalanadigan bo'lsangiz - u holda sizning tanlov 2 kanalli operativ xotira rejimi bo'lishi kerak, ya'ni 2 ta 4 GB'lik. U bilan ishlash 70%'gacha tezlashishi mumkin (nazariy). Bu esa protsessorga yuklamani kamaytiradi va albatta o'yinlarda bu qo'shilgan tezlikni his qilasiz.
Atigi 10% narxda qimmatga maxsulot olib kamida 30-40% atrofida kompyuterni ishlashini tezlashtirish maqsadga muvofiq, bu mening fikrim.

☝️2 kanalli rejim haqida bir og'iz: ba'zi ona plata (Материнская плата) larda operativ xotira platalari 2 xil rangga ajratib qo'yilgan bo'ladi.
1 - juftlik ikkinchi juftlik bilan ikki kanallilikni hosil qiladi. 1 - va 3 - plataga bir xil parametrli operativ xotiraning o'rnatilishi maksimal F.I.K.(foydali ish koeffitsenti)ni bera oladi.

©️Akmal Xudayberganov

🗳 Sizning tanlov qanday?

📌 Mavzuga oid postlar:
Operativ xotira nima? Operativ xotira haqida to'liq ma'lumot!
Kompyuterda foydalanadigan xotira turlari
RAMRush - operativ xotirani optimallashtirish

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Klaviaturaga_qaramay_matn_terishni_organamiz_2_@kompyuter_akademiyasi.pdf
473.7 KB
Klaviaturaga qaramay matn terishni o‘rganamiz
#info / #klaviatura

ℹ️ Bu mavzu bo'yicha maxsus dasturlar, metodlar mavjud. Hamma o'zi uchun qulay va samarali deganini tanlaydi. Ushbu maqolada keltirilgan usullarni sinab ko'rishingiz mumkin, balki o'zingiz uchun qulay usulni toparsiz.

Mening tanlovim faqat amaliyotda ko'proq matn terish.

P.S. Klaviaturaga qaramay yozishni eng aniq ishlaydigan usuli - klaviaturaga boshqa tildagi harflar nakleykasini yopishtirishdir 😁

©️terabayt.uz

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Guruhimizda reklama tarqatayotgan diqqatiga!

O'z kanalingizni yoki botingizni guruhimizda reklama qilish orqali hech qanday samaradorlikka erisholmaysiz (o'zim sinaganman).

Reklama berish niyatingiz bo'lsa men bilan bog'laning, Ramazon oyiga chegirmalar asosida reklama qilishingizga yordam beraman (agar reklama qilinadigan narsa bo'lsa).

📱Aloqa: @wmteam95

P.S. Kompyuter bo'yicha savollarga lichkada javob bermayman, barcha muammolarni guruhda hal qilamiz.
Win7LogonBackgroundChanger 1.5.2 (@kompyuter_akademiyasi).rar
740.8 KB
Windows 7 Logon Background Changer 1.5.2 (x64/x86)
#dastur

ℹ️ Windows 7 Logon Background Changer - Windows 7'dagi kirish ekranidagi rasmni o'zgartiruvchi dastur. Ixtiyoriy ravishda fon rasmini o'zgartirish uchun istalgan rasmni tanlashingiz mumkin. Og'ir tasvirlarni avtomatik ravishda kamaytiradi va optimallashtiradi va tasvir sifatini o'lchamiga moslashtiradi.

❗️Diqqat! Windows 7 (Home Basic, Home Premium, Professional, Ultimate va Enterprise, x86 yoki x64 versiyalarida, shuningdek Windows Server 2008 R2 da ishlaydi. Windows 7 Starter'da ishlamaydi.

📕 O'rnatish va foydalanish:
- Faylni yuklab olib, arxivdan chiqaramiz.
- Win7LogonBackgroundChanger.exe ga kiramiz va kerakli rasmni "Choose a folder" joyidan kerakli rasmni tanlaymiz. Kerakli rasmni tanlaganimizdan so'ng Apply tugmasini bosamiz. Tayyor!

📌 Bu ishni Windows 10 da amalga oshirish bo'yicha qo'llanma.

💾 0.7 MB (.rar)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Biror bir dastur/o'yinni talab darajasida ishlashini taʼminlash uchun zarur bo'lgan ko'rsatkichlarga ... deyiladi.
Anonymous Quiz
47%
Dasturiy taʼminot
18%
Optimal holat
26%
Tizim talablari
8%
Tizim sozlamalari
UsbTreeView 3.5.1 (@kompyuter_akademiyasi).rar
461.2 KB
USBTreeView 3.5.1
#dastur

ℹ️ USB Device Tree Viewer - bu USB portlari orqali ulangan qurilmalar haqida batafsil ma'lumot olish uchun kichik bepul dastur. Barcha mavjud USB xostlar daraxtga o'xshash ro'yxatda ko'rsatiladi, bu esa barcha USB tekshirgichlarining ma'lumotlarini tahlil qilishni iloji boricha qulayroq qiladi.

Bu dasturdan sotib olingan yoki olinadigan USB fleshkani USB versiyasini aniqlashda foydalanishingiz mumkin. USB versiyasi yuqoriroq fleshka esa tezroq ishlaydi 😉. Aldanib qolmaymiz!
Windows 10, 8.1, 8, 7 - arxiv ichida x64 va x86 lar uchun alohida bor.

📕 Nimalarga ahamiyat berish haqida ushbu postdan ma'lumot olishingiz mumkin.

💾 0.5 MB (.rar)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
UsbTreeView dasturidan foydalanish
#info

ℹ️ Arxivdan chiqarib, o'zimizga to'g'ri keluvchi razryad papkasidan UsbTreeView.exe fayliga kiramiz va rasmda ko'rsatilgan joyidan USB versiyasi (USB version) va firma nomini (Child Device 1) bilib olamiz.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Windows o'rnatilgan sanani aniqlashning eng oson usuli
#info / #windows

ℹ️ Oxirgi marta qachon kompyuteringizga Windows o'rnatilganini eslay olasizmi? Bugun shu sanani aniqlashning eng sodda yo'lini ko'rib o'tamiz.

User papkasi yaratilgan sana orqali
Win+E -> tizim o'rnatilgan disk (masalan, C) -> "Пользователи" -> kompyuter yoki admin nomi berilgan papka (menda Admin papkasi) -> "Свойства" -> "Создан:"

Boshqa usullari haqida ushbu manzildan ma'lumot olishingiz mumkin.

❗️Bu orqali Windows qachon o'rnatilganini aniqlashingiz mumkin. Windows o'rnatilganiga ancha bo'lgan bo'lsa uni yangilash shart emas. Kompyuter normal holatda ishlayotgan bo'lsa "qo'yavering" 😉

©️compconfig.ru

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Aktiv oynadan boshqa barcha oynalarni ekranning quyi qismiga joylashtiradi (свернуть) gan klaviatura kombinatsiyasi qaysi?
Anonymous Quiz
39%
Win+Tab
36%
Win+Home
12%
Win+P
14%
Win+Probel
Sichqonchani avtomatik ravishda kerakli tugmani tanlaydigan qilib sozlash
#matnli_gif / #info

ℹ️ Kompyuter bilan ishlashingizda sichqoncha juda kerakli va anchagina ishimizni osonlashtiradigan qurilma hisoblanadi. Bugun bir sozlama orqali undan foydalanishda yanada tezkorlikga erishishni o'rganamiz.

📒 Buning uchun, Win+R ga control mouse buyrug'ini kiritib, OK tugmasini bosamiz. Chiqgan oynadan "Параметры указателя" dan "Исходное положение в диалоговом окне" dagi "На кнопке, выбираемой по умолчанию" ni belgilaymiz () va OK tugmasini bosib chiqib ketamiz. Batafsil ko'rsatma quyidagi videoda ko'rsatilgan.

🤔 Nima o'zgarganini bilish uchun shunchaki Win+R tugmasini bosing va sichqonchaning kursori avtomatik ravishda OK tugmasi ustida paydo bo'lganini ko'rasiz.

❗️ Bu sozlama majburiy emas va kompyuter uchun hech qanday zarar keltirmaydi. Sozlamani yoqgan joyimizdan o'chiramiz.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Kanalda berilgan viktorinalarda eng kam to'g'ri javob berilgan savollar Top 10 ligi bilan tanishing
#test

To'g'ri javob berish ko'rsatkichi - Savol
13% - Telegram Desktop dasturida qaysi klaviaturalar kombinatsiyasi orqali giperhavola hosil qilish mumkin?
18% - Word dasturida matnni list (varoq) eni bo’ylab joylash uchun qaysi kombinatsiya qo’llaniladi?
19% - Kompyuterga o’rnatilgan barcha dasturlar sozlamasiga qaysi buyruq orqali tezkor kirish mumkin? Win + R ga …
21% - Kanaldagi PDFsam dasturidan nima maqsadda foydalangan edik?
25% - hp brendining to'liq nomlanishi qanday?
26% - Kompyuter hususiyatlari (Свойства системы ) ni tezkor ko’rish uchun … kombinatsiyasidan foydalanish mumkin.
27% - Biror bir dastur/o'yinni talab darajasida ishlashini taʼminlash uchun zarur bo'lgan ko'rsatkichlarga ... deyiladi.
31% - Biror dasturning PORTABLE versiyasi qanday versiya bo'ladi?
33% - Word dasturida matn terish jarayonida Enter tugmasi nima vazifani bajaradi?
34% - Windows OT’da fayl nomi qanday qismlardan iborat bo’ladi?

Eng ko'p to'g'ri javob berilgan savollar esa quyidagilar ekan:
93% - Dunyo bo’ylab eng keng tarqalgan operatsion tizim qaysi?
93% - Qaysi port orqali fleshka ulanadi?

❗️Ushbu reytingni tuzishda javob varianti 4 ta bo'lgan va eng kamida 1000 dan ortiq javob berilgan savollar olingan. Bu statistika vaqt o'tishi bilan o'zgarishi mumkin.

😎 Qani vijdonan aytingchi yuqoridagi Top 10 likdan nechtasini to'g'ri topgan ekansiz? (Namuna, 6/10 (6 ta to'g'ri degani))

📌 Mavzuga oid postlar:
Kanalda e'lon qilingan viktorinalar (testlar)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat