KOMPYUTER AKADEMIYASI
33.7K subscribers
1.27K photos
824 videos
663 files
3.42K links
Oliy maqsadimiz - Yurtdoshlarimizning kompyuter savodxonlik darajasini oshirishga beg'araz hissa qo'shish!

Savollar: @k_a_chat

💼 Loyihalarimiz: https://t.me/ka_projects/63

💲Reklama: t.me/techno_ads/16

😎 Asoschi: @wmteam95
Download Telegram
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Microsoft Office dasturlari bo'yicha e'lon qilingan bepul video kurslar!
#videodars / #excel / #word / #powerpoint

⚡️Excel
1-dars. Excel dasturi bilan tanishish va asosiy sozlamalarni bajarish.
2-dars. Jadvallar bilan ishlash. Sodda hisoblash amallarini bajarish.
3-dars. Diagrammalar bilan ishlash (1-qism).
4-dars. Diagrammalar bilan ishlash (2-qism).
5-dars. Formula va funksiyalar bilan ishlash (to'liq).
6-dars. Excelda ma'lumotlarni tartiblash va saralash.
7-dars. Yakuniy dars takrorlash. Excel ni o'rganish bo'yicha amaliy tavsiyalar.

▶️ YouTube'da: Excel darslari


⚡️ Word
1-dars. Dastur bilan tanishuv. Asosiy sozlamalar. Qo'shimcha kengaytmalar o'rnatish.
2-dars. Matnlar bilan ishlash. "Файл" va "Главная" bo'limlari bilan ishlash!
3-dars. "Вставка" bo'limi. Rasmlar bilan ishlash.
4-dars. Jadvallar bilan ishlash. Formula terish.
5-dars. "Дизайн", "Макет", "Вид" bo'limlari bilan ishlash.
6-dars. Havolalar bilan ishlash. Ichki va tashqi havolalar.
7-dars. Xavfsizlik. Hujjatlarni tahrirlashdan himoyalash. Saqlanmagan hujjatlarni tiklash.
8-dars. Yakuniy dars. Word dasturi bo'yicha layfhaklar. Oson usulda mundarija yaratish.

▶️ YouTube'da: Word darslari


⚡️ PowerPoint
1-dars. Dastur bilan tanishuv. Kurs maqsadi. "Главная" bo'limi.
2-dars. "Дизайн" bo'limi bilan ishlash.
3-dars. "Вставка" bo'limi bilan ishlash (1-qism).
4-dars. "Вставка" bo'limi (2). Multimedia fayllari bilan ishlash.
5-dars. "Переходы" va "Анимация" bo'limlari bilan tanishuv.
6-dars. "Слайд-шоу" bo'limi.
7-dars. "Рецензирование" va "Вид" bo'limlari.

▶️ YouTube'da: PowerPoint darslari

Telegramdagi alohida postlari:
Excel / Word / PowerPoint

📌 Microsoft Office dasturlari l Aktivlash l YouTube'da

Ofis dasturlarini o'rganmoqchi bo'lganlarga jo'natishni unutmaylik 😉

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita
Movavi Video Editor Plus 21.1.0 (@kompyuter_akademiyasi).exe
121.8 MB
Movavi Video Editor Plus 21.0.1
#dastur / #media / #videomontaj

ℹ️ Video montaj uchun eng sodda va qulay Movavi Video Editor dasturining 21.0.1 versiyasi. Dastur oldingi versiya bilan deyarli katta farqga ega emasligi tufayli videomontaj bo'yicha 1-darsimizdan foydalanishingiz mumkin. 2-darsimiz tez kunlarda e'lon qilinadi.

💾: 121.8 mb (.exe)

📌 Mavzuga oid postlar:
Movavi Video Editor Plus 20.3.0
Videoni montaj qilishni 0 dan o'rganamiz! 1-dars

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Google_Chrome_klaviatura_kombinatsiyalari_@kompyuter_akademiyasi.pdf
544.7 KB
Mashhur brauzerlar uchun klaviatura kombinatsiyalari (chrome, firefox, edge, yandex.browser,opera)
#hotkeys

ℹ️ O'zingiz uchun qulay brauzerda foydalaniladigan tezkor klaviatura kombinatsiyalaridan foydalanish orqali internetda ishlashdagi samaradorlikga erishishingiz mumkin.

🤗 Tarjimadagi xatoliklar uchun oldindan uzr so'rayman.

©️Комп для чайника

📌 Mavzuga oid postlar:
Tugmachalar kombinatsiyasi (#hotkeys)
Kanaldagi barcha brauzerlar

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Noutbukda o'yin o'ynash bo'yicha ikki og'iz
#tavsiya

ℹ️ Noutbukda o'yin o'ynash haqida ko'p savollar va ko'p tortishuvlar bo'ladi, shu mavzuda men ham o'z fikrimni yozib o'taman. Albatta, men qarshiman va bu qarshiligimga quyidagi sabablarni keltiraman.

1. Sovutish tizimi. Noutbuk ixcham, iloji boricha bo'sh joy qoldirmaslikka harakat qilib ishlab chiqariladi. Kuchli grafika va harakatchat o'yinlar, elementlarning qizishiga olib keladi va buni sovutish muammo bo'ladi. Ha, to'g'ri alohida kullerli sovutish qurilmalari olib ishlatish mumkin, lekin bu menimcha yechim emas.

2. Kichik ekran. Hamma darrov noutbukga monitor ulash mumkin deyishi mumkin, ha to'g'ri ortiqcha harajat qilib monitor ham sotib olish mumkin, lekin bu statsionar kompyuterda o'ynashlik gashtini bermaydi. Bitta o'yin o'ynash uchun ikkita qurilma ovora.

3. Narx. Albatta narx asosiy rol o'ynaydi, o'yin o'ynash uchun sotib olingan noutbuk xarakteristikasi, hudda shunday statsionar kompyuter narxidan ancha qimmat.

4. Upgrade, ya'ni yangilash. O'ynayotgan o'yiningizni yangi versiyalari chiqadi, hajm oshadi, tezkorlik oshadi va siz noutbuk "запчасть"larini yangilashingiz kerak bo'ladi, ana sizga muammo, birinchidan bu "запчасть"larni topish qiyin, ikkinchidan bunday qimmat noutbukni ichini ochib almashtirishga o'zingiz qo'rqasiz va ustaga oborasiz, yana harajat.

5. Nozik qurilma. Siz noutbuk bilan sizlab gaplashishingiz kerak, sal qattiqroq harakat qilsangiz, albatta unga ziyon yetkazasiz va yana ustaga oborasiz (menimcha ustasiz noutbuk muammosini yechish qiyin). O'yin o'ynash jarayonida esa jim, hotijam o'tirishning iloji yo'q.

6. Akkumlyator. Maksimum 3 soat akkumlyator bilan o'yin o'ynashingiz mumkin, undan so'ng yana zaryadlash kerak. Aytishingiz mumkin, akkumlyatorni chiqarib ham o'ynash mumkin deb, lekin har safar shunday qilasizmi? Bu olib-qo'yish kontaktlarga zarar yetishiga olib keladi. O'zim bitta noutbukni o'yin o'ynash orqali buzganman.

Xulosa, yuqoridagi fikrlar professional, aynan o'yin orqasidan kun ko'radigan, pul topadiganlar uchun emas, ular uchun noutbuk qulayroq, chunki ular turnirlarga o'zligini noutbuki bilan borishadi, boshqasi bilan o'ynashmaydi.

©️Akmal Xudayberganov

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
30 yil ichida
#fun

ℹ️ O'zingiz munosabat bildiring, bu qanchalik rost 😔

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
KA News kerakmi?

ℹ️ E'tibor bergan bo'lsangiz yaqindan boshlab "KA News" loyihachasi davomida bir qancha yangiliklarni berib keldik. Lekin menimcha bu loyiha o'ylaganimdek qiziqishlarga sabab bo'lmayapti. Shu sababli ushbu yangiliklar berib boruvchi loyiha kelajagi haqida fikringizni bilmoqchi edim. Shu kunga qarar 4 ta post e'lon qilinibdi (1-post , 2-post , 3-post , 4-post).

🤗 Iltimos, so'rovnomada ishtirok etish bilan birgalikda loyihacha haqida fikr va takliflaringizni yozib o'ting.
peazip-7.7.1 x64 (@kompyuter_akademiyasi).exe
9 MB
Peazip 7.7.1 (x86/x64)
#dastur / #arxiv

ℹ️ PeaZip - eng keng tarqalgan arxiv formatlarini qo'llab-quvvatlovchi bepul arxivator: 7Z, ACE, ARC / WRC, ARJ, BZ / TBZ, CAB, CHM / CHZ / HXS, CPIO, 7Z-sfx, BZ2 / TBZ2, GZ / TGZ, PAQ / LPAQ, QUAD, TAR, UPX, ZIP va boshqalar.

💾: 8.1 va 9 mb (.exe)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
IZArc_4.4 (@kompyuter_akademiyasi).exe
5.2 MB
IZArc 4.4 (x64/x86)
#dastur / #arxiv

ℹ️ IZArc - bu juda ko'p formatlarni qo'llab-quvvatlaydigan kuchli va bepul arxivlovchi, shu jumladan: 7-ZIP, A, ACE, ARC, ARJ, B64, BH, BIN, BZ2, BZA, C2D, CAB, CDI, CPIO, DEB, ENC , GCA, GZ, GZA, HA, IMG, ISO, JAR, LHA, LIB, LZH, MDF, MBF, MIM, NRG, PAK, PDI, PK3, RAR, RPM, TAR, TAZ, TBZ, TGZ, TZ, UUE , WAR, XXE, YZ1, Z, ZIP, ZOO.

Ilova Windows Explorer kontekst menyusiga qo'shiladi. Arxivlar bilan ishlash uchun barcha zarur funksiyalarga ega: yangi arxivlarni yaratishni, mavjudlarini ko'rish, ochish va to'ldirishni, ko'rish va o'chirish uchun arxiv ichidagi alohida fayllarga kirishni ta'minlaydi. O'z-o'zidan ochiladigan va ko'p jildli arxivlarni yaratish amalga oshirildi. Buzilgan ZIP arxivlarini tuzatish, formatlarni almashtirish, sharhlarni ko'rish va qo'shish va boshqa ko'p narsalar mavjud.

💾: 5.2 mb (.exe)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
🌟 Barchamizga kirib kelgan Ramazon oyi muborak bo'lsin! 🌟

👨‍💻👩‍💻Eng yaxshi tilaklar faqat sizlar uchun akademiklar!
Word'da matnni tahrirlash uchun mo‘ljallangan klavishlar birikmalari
#hotkeys / #word

CTRL + L — matnni sahifaning chap cheti bo‘ylab tekishlash;

SHIFT + F3 — harflar registrini o‘zgartirish (kichik harfni katta / katta harfni kichik qilish);

CTRL + SHIFT + 8 — chop etilmaydigan maxsus xizmatchi belgilarni ko‘rsatish / berkitish;

CTRL + R — abzats tekislanishini o‘zkazish: sahifaning o‘ng cheti bo‘ylab ↔️ chap cheti bo‘ylab;

CTRL + J — abzats tekislanishini o‘zkazish: sahifa kengligi bo‘yicha ↔️ sahifaning chap cheti bo‘ylab;

CTRL + E — abzats tekislanishini o‘zkazish: sahifa markazi bo‘yicha ↔️ sahifaning chap cheti bo‘ylab;

CTRL + U — belgilangan matn ostiga chizish / oddiy holatiga qaytarish;

CTRL + B — belgilangan matn shriftini qalin qilish / oddiy holatiga qaytarish;

CTRL + I — belgilangan matn shriftini kursiv qilish / oddiy holatiga qaytarish;

CTRL + + (CTRL + SHIFT + +) — matn, son yoki biror belgini yuqori / pastki indeksga o‘zkazish / oddiy matn holatiga qaytarish;

CTRL + 0 — abzats oldidan interval qo‘shish / olib tashlash;

CTRL + 1 — birlamchi satrlararo interval;

CTRL + 2 — ikkilamchi satrlararo interval;

CTRL + 5 — bir yarimtalik satrlararo interval;

CTRL + ] (CTRL + [) — shrift o‘lchamini 1 punktga kattalashrirish / kichraytirish;

CTRL + BACKSPACE (CTRL + DELETE) — kursordan chap / o‘ng tomonda joylashgan so‘zni o‘chirish.

CTRL + DШрифт muloqot oynasini ekranga chaqirish;

CTRL + Q — abzatsga nisbatan qo‘llanilgan formatni o‘chirish;

CTRL + M — chap tomondan otstup qo‘shish;

CTRL + SHIFT + M — chap tomondan otstupni olib tashlash;

CTRL + PROBEL — belgilangan matn fragmentidan, unga nisbatan qo‘llanilgan formatni o‘chirish (matn dastur sozlamasida qoida bo‘yicha o‘rnatilgan shrift turi va o‘lchamiga qaytadi).

©️@itspecuz

📌 Mavzuga oid postlar:
Tugmachalar kombinatsiyasi (#hotkeys)
Bizning bepul videokurslarimiz

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
helper.exe topilmadi
#yechim

ℹ️ Ko'pincha Adobe firmasiga tegishli dasturlarni o'rnatish paytida "helper.exe topilmadi" degan xatolikga duch kelinadi. Bunga sabab esa dasturni o'rnatish paytida antivirusni o'chirmaganligi sababli antivirus helper.exe ni virus deb o'ylab (aslida virus emas) o'chirib tashlagani bo'ladi.

Yechim:
Qanday bo'lishidan qat'iy nazar antivirusni dasturni o'rnatib bo'lgunga qadar o'chirib turing. Keyin yoqsangiz ham dastur ishlashiga salbiy ta'sir ko'rsatmaydi. Nod32 antivirusini vaqtincha o'chirib turish.

📌 Aktivatsiya mavzusiga oid postlar

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
hp brendining to'liq nomlanishi qanday?
Anonymous Quiz
25%
Horse Power
18%
Harvey-Philip
32%
High Project
25%
Hewlett-Packard