KOMPYUTER AKADEMIYASI
33.7K subscribers
1.27K photos
824 videos
661 files
3.42K links
Oliy maqsadimiz - Yurtdoshlarimizning kompyuter savodxonlik darajasini oshirishga beg'araz hissa qo'shish!

Savollar: @k_a_chat

💼 Loyihalarimiz: https://t.me/ka_projects/63

💲Reklama: t.me/techno_ads/16

😎 Asoschi: @wmteam95
Download Telegram
Rezyume nima?
#info

Oldinroq kanalimizda CV, rezyume va obyektivkalar haqida maʼlumot bergan edik. Ushbu videoda esa rezyume nima degan savolga toʻliq javob olasiz.

YouTube'da koʻrish

📌 Qoʻshimcha maʼlumot: Resume vs CV

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I Instagram I TikTok I YouTube
Windows'ni ortiqcha narsalarsiz qanday o'rnatish mumkin?
#info

Foydalanuvchi TioJoe Windows'ni tizimda keraksiz dasturlarga, shu jumladan reklama modeli tomonidan targ'ib qilinadigan dasturlarga ega bo'lmasligi uchun qanday o'rnatish kerakligini aytdi.

Buning uchun o'rnatish jarayonida vaqt va valyutalar formati sifatida ingliz tilini (Jahon) tanlashingiz kerak.

😎 Ushbu sozlama mahalliylashtirishga bog'liq emas, ya'ni siz keyinchalik tizim parametrlari orqali vaqt formatini va valyutalarni o'zgartirishingiz mumkin. Ushbu life-hack ham Windows 11, ham Windows 10'da ishlaydi. Ushbu sozlamani oʻrnatganingizdan soʻng sizda keraksiz, ishlab chiquvchilar maʼlum mamlakatlarda Microsoft orqali targʻib qiladigan dastur va oʻyinlar qolmaydi. ©@pcteapot

📌 Windows oʻrnatish boʻyicha kurslar:
Windows 7
Windows 10

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I Instagram I TikTok I YouTube
Microsoft Visual C++ paketi nima uchun ishlatiladi?
#info

ℹ️ Microsoft Visual C++ Redistributable Package - bu Microsoft Visual C va C+ yordamida tuzilgan, dasturlarni ishga tushishi uchun kerak bo'lgan komponentlar jamlanmasi.

Ushbu tillarda ishlab chiqilgan dasturni kompyuterga o'rnatishda, u muayyan komponentlarning to'g'ri ishlashini talab qilishi mumkin. Ushbu komponentlar kutubxonalar, DLL fayllari va boshqa resurslarni o'z ichiga oladi.

🔸Ushbu paket dasturlarning muvofiqligi va to'g'ri ishlashini ta'minlash uchun kerakli komponentlar va resurslarni taqdim etadi.

🔰Oddiy qilib aytganda, dasturlar ushbu to'plamdan ma'lum komponentlardan foydalanadi, ya'ni bu komponentlar dasturiy ta'minotga o'rnatilmagan. Shuning uchun, printsipial jihatdan, hamma narsa to'g'ri ishlashi uchun ushbu paket shaxsiy kompyuterga o'rnatilishi kerak. ©️@pcTeapot

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I Instagram I TikTok I YouTube
MBR va GPT o'rtasidagi farq
#info

ℹ️ GPT (GUID Partition Table) va MBR (Master Boot Record) o'rtasidagi asosiy farqlardan biri bu qattiq disk bo'limlarini yaratish usulidir.

🔸MBR o'tmishda keng qo'llanilgan eskirgan standartdir. U diskni to'rtta asosiy yoki uchta asosiy va bitta kengaytirilgan qismga bo'lish sxemasidan foydalanadi. MBRdagi har bir bo'lim 2 TB hajm chegarasiga ega.

🔹GPT zamonaviyroq standart bo'lib, MBRga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega. 2 TB bilan cheklanish o'rniga, GPT ancha katta qismlarga ruxsat beradi. Bundan tashqari, GPT 128 tagacha bo'limni qo'llab-quvvatlaydi.

🔸GPT ning yana bir afzalligi uning zararlarga chidamliligidir. GPT sarlavha va bo'limlar jadvalining zahira nusxalarini diskning oxirida saqlaydi, bu esa buzilish holatlarida ma'lumotlar yo'qolishi ehtimolini kamaytiradi. ©️@pcTeapot

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I Instagram I TikTok I YouTube
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
"Командная строка" nima?
#info / #cmd

ℹ️ Командная строка (buyruqlar satri) (CMD) — foydalanuvchini to’g’ridan-to’g’ri operatsion tizim bilan bog’langan holda harakatlanishiga yordam beruvchi alohida dastur. Buyruqning satri dastur va xizmatchi dasturlar yodamida matnli interfeysda yozilib, natijasini ekranda aks etadi.

Windows buyruq satrida cmd.exe buyruq tarjimoni qo'llaniladi, bu sizga dasturlarni yuklash imkonini beradi va ular orasidagi ma'lumotlar oqimini boshqaradi, boshqacha qilib aytganda foydalanuvchi buyruqlarini tizimga tushunarli shaklga o'tkazadi. Buyruqlar satri Windows'ning barcha versiyalariga o'rnatilgan.

Bir qarashda buyruq interfeysi xuddi shu Windowsning grafik interfeysi tomonidan buzilgandek foydalanuvchini qo'rqitadi, ammo buyruq interfeysi ancha tezroq va grafik interfeysda amalga oshirib bo'lmaydigan ko'plab qo'shimcha funksiyalarga ega.

CMD’ni ishga tushirish yo’llari:
1️⃣Пуск -> Все программы -> Стандартные -> Командная строка.
2️⃣Пуск -> Выполнить -> cmd.exe
3️⃣Win + R -> cmd
4️⃣C:\WINDOWS\system32\cmd.exe fayli orqali
5️⃣Пуск -> Поиск -> cmd yoki Командная строка ni terish orqali (Windows 10)

“Запуск от имени администратора” bilan kirish kerak!

🎞 Batafsil ma'lumot olish uchun: Командная строка (cmd) nima? Командная строка (cmd) bilan ishlashni boshlaymiz!

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Bandicam'da o'zbek tili borligini bilasizmi?
#info / #dastur

ℹ️ Bandicam dasturida til sozlamalarida O'zbek tilini to'g'risida dasturni o'zbekcha tarjimasini qo'shgan ism yozilmagan ekan. Shunga Bandicam ishlab chiqaruvchilariga dasturni o'zbekchaga tarjima qilishga yordam berishim mumkin deb yozgan edim. Biroq kechikgan ekanman 😉. Batafsil ma'lumot olish uchun manzil.

🇺🇿Uzbek (Oʻzbekcha): Uzbek.ini translated by Shamsiddinov Zafar

📌 Bandicam'ni o'zbek tiliga o'tkazishni quyidagicha amalga oshirish mumkin.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Windows versiyasini aniqlashni oson yo'li
#info / #windows

1⃣ Win + R ni bosamiz;
2⃣ Ochilgan oynaga winver deb yozamiz;
3⃣ Quyidagi rasmdagidek oyna paydo bo'ladi, shu oynada windows versiyasi yozilgan bo'ladi!

Hammasi tushunarlimi ? 😉

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
1080p, 720p, 480p nima? Ular orasida qanday farq bor?
#info / #videomontaj

🌐 Internetdan kino yuklashda yoki Youtube da video ko'rish paytida 1080p 720p, 480p va 360p kabi so'zlarga duch kelamiz, xo'sh bular nimani anglatadi?

🖥 1080p, 720p, 480p, 360p videodagi ekran o'lchamini anglatadi, ya'ni..
1080p = 1920x1080
720p = 1280x720
480p = 640x480
360p = 480x360

📌 "p" harfi esa progressive scanning (davomli tarzda tasvirni uzatish, qator qator bo'lgan holda); buni oldingi versiyasida "i" bo'lgan (1080i va h.k) ya'ni interlaced scanning (tasvir orada tashlab tashlab hosil bo'ladi). Ularning farqini pastdagi gif da ko'rishingiz mumkin.

▶️ YouTube kanalimizdagi videolar 1080p, telegramda o'sha videolarni 480p o'lchamlisini ko'rishingiz mumkin.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
photo-viewer.reg
2.1 KB
Windows 10 da rasmlarni Windows 7 dagidek ko'ramiz
#info / #windows

ℹ️ Rasmlarni ko'rish uchun Windows 7 ni dasturi qulay hisoblanadi. Afsuski bu dastur Windows 10 da yo'q, lekin yuqoridagi kichik fayl orqali Windows 7 dagi dasturni tiklaymiz!

❗️O'rnatish va foydalanish:
- Faylni yuklaysiz va unga kirasiz;
- Telegram dasturi uchbu fayl xavfli deb ogohlantirishi mumkin, shunda Run ni bosasiz (fayl mutlaqo xavfsiz!);
- Fayl ichiga kirgandan so'ng "Да" ni tanlaysiz;
- Rasmni Свойства siga kirib rasm ochadigan dasturni belgilab qo'yasiz.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
FAT32 yoki NTFS
#info / #kompyuter

ℹ️ Qattiq disk yoki fleshkani format qilish paytida fayl tizimlari (NTFS, FAT32, FAT, FAT16, exFAT) dan birini tanlashga to'g'ri keladi. Xo'sh ularni nima farqi bor? Qay birini tanlagan ma'qul?

💬 Ko'pchilik format qilishda ko'p eshitgan fayl tizimini qo'llaydi, masalan, NTFS yoki FAT32. Biroq shunday tizimlar ham borki nisbatan kuchli yoki keraksiz hisoblanadi. Oddiy misol, exFAT hozirgi kunda keng tarqalmagan hamda ko'pchilik operatsion tizimlar uni qo'llamaydi. Shu sababli bugun eng ko'p qo'llaniladigan fayt tizimlari haqida gaplashamiz. Bular NTFS va FAT32!

FAT32 ni NTFS dan farqi
🔶 FAT32
– FAT16 asosida yaratilgan fayl tizimi hisoblanadi. To'liq nomi: File Allocation Table. U ancha eski va xavfsiz hisoblanadi. Bundan tashqari FAT texnologiyasi Windows 95 va 98 paytlarida qo'llanilgan. Agar siz shu tizimda formatlasangiz kompyuter mavjud barcha undagi fayllarni ko'rishi mumkin. FAT ning asosiy kamchiligi hajmini chegaralangani hisoblanadi ya'ni 32 Gb dan katta bo'lim yaratib bo'lmaydi.

🔷 NTFS – FAT32 ga nisbatan yaxshiroq va bir qator ustunliklarga ega bo'lgan fayl tizimi hisoblanadi. To'liq nomi: New Technology File System.
- Diskda xato uchraydigan bo'lsa avtomatik tiklanishi mumkin;
- Katta hajmli disklarni qo'llay oladi;
- Nisbatan xavfsiz fayl tizimi. Qandaydir ma'lumotlarni shifrlash yoki taqiqlash imkoni mavjud.

Amalda NTFS FAT32 ga qaraganda sekinroq ishaydi, biroq katta hajmli fayllar bilan ishlashda samaradorlikga ega. Bundan tashqari NTFS ko'proq operativ xotira talab qiladi va 64Mb dan kam operativ xotiralik kompyuter va boshqa qurilmalarni qo'llamaydi. Vaholanki bunda kompyuterlar hozirda deyarli yo'q.

📌 Xulosalar:
- Katta hajmli fayllarni yozishda NTFS yaxshi ishlaydi;
- FAT32 ishlash tezligi yuqori, lekin xavfsizlik yuqori emas.
- Agar siz OTG kabel orqali fleshkani smartfon bilan bog'lamoqchi bo'lsangiz ko'pchilik smartfonlar faqatgina FAT32 tizimidagi fleshkalarni qo'llaydi;

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube