KOMPYUTER AKADEMIYASI
33.7K subscribers
1.27K photos
824 videos
663 files
3.42K links
Oliy maqsadimiz - Yurtdoshlarimizning kompyuter savodxonlik darajasini oshirishga beg'araz hissa qo'shish!

Savollar: @k_a_chat

💼 Loyihalarimiz: https://t.me/ka_projects/63

💲Reklama: t.me/techno_ads/16

😎 Asoschi: @wmteam95
Download Telegram
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Antivirus dasturining bazasi va litsenziyasining qanday farqi bor?
#info / #antivirus

ℹ️ Ko'pchilik antivirus dasturining 1 yillik bazasini guruhimizda so'rashadi va ko'p holatlarda 1 yillik litsenziya bilan bazani adashtirib yuborishgan bo'lishadi. Bugun ushbu tushunmovchiliklarga to'liq tuzatishlar kiritamiz.

🔋Antivirus bazasi - antivirus dasturi yangi viruslarni "tanishi" uchun kerak bo'ladi. Antivirus uchun yangi baza chiqarilganda ushbu bazaga hozirgi kundagi eng yangi viruslar, ularning xususiyati, yangi viruslarni tanish usullar va h.k lar haqida ma'lumotlar berilgan bo'ladi. Agar siz uzoq vaqt antivirus bazasini yangilamasangiz antivirus yangi viruslarni aslida virus ekanligini anglamasligi mumkin. Antivirus bazasi 1 yillik bo'lmaydi. Chunki 1 yil oldindan kelajakda qanday viruslar yaratilishi haqida hech kim bilmaydi 🧙‍♂️. Antivirus bazasini eng ko'pi bilan 15 kunda bir yangilashingiz mumkin.

📄 Antivirus dasturining litsenziyasi - antivirus dasturining to'liq ishlashini ta'minlash uchun sotib olinishi kerak bo'lgan ruxsatnoma. Hozirda antiviruslarning yangi versiyalarini o'rnatishingiz bilan litsenziya talab qiladi va bu litsenziyani sotib olishingiz kerak bo'ladi. Agar siz yangi kompyuter sotib olganingizda 1 yillik litsenziyasi bilan antivirus o'rnatib beraman deyishsa, demak 1 yil davomida antivirusingiz to'liqligicha ishlaydi. Kanalimizdagi barcha antiviruslar litsenziya so'ramaydigan versiyalar bo'lib, ancha yillik mobaynida sinovdan o'tishgan.

⁉️ Ko'p beriladigan savollarga javoblar ⁉️

Yangi versiyadagi antivirusni crack versiyasidan foydalansa bo'ladimi?
Gap xavfsizlik masalasida ketganda crack dasturlarga ishonish tavsiya qilinmaydi. Antiviruslarning crack versiyasidan foydalanish "qo'zichoqni qarab turish uchun bo'riga tashlab ketishdek gap" 😁.

Yangi versiyadagi antivirusni ishlatmoqchiman, lekin litsenziya sotib olmoqchi emasman. Nima qilay?
Turli xil yo'llar bilan litsenziya yoki login, parollarini topib o'rnatib yurishingiz mumkin 😉. Lekin ishonamanki bu qachondir joningizga tegadi. Shu sababli litsenziya so'ramaydigan versiyalardan foydalaning. Ba'zi antiviruslar aksiya sifatida ma'lum muddatga dasturidan bepul foydalanish imkoniyatini taqdim etishadi, shundaylarni topishingiz mumkin (masalan, comss.ru saytidan).

Antivirus bazasini uzoq muddatlisini qayerdan topsa bo'ladi?
😔 Ehh. Yuqorida aytilganidek imkon qadar tez-tez yangi bazalar bilan antivirusni "to'yintirib turish" kerak. Lekin bu degani har kuni yangi baza yuklash va yangilash kerak degani emas. Uzog'i bilan 15 kunda bir bazani yangilasangiz yetarli. Antivirussiz yurganlar qancha 🦦. Agar kanalga bazalar kuniga tashlab turilmayotganidan norozi bo'lsangiz ushbu kanalga a'zo bo'lib qo'ying (u kanal meniki emas).

Antivirus dasturisiz ham yashash mumkinmi?
Mumkin. Faqat bu biroz xavfli hisoblanadi. Chunki hozirda internet yoki do'stlarimizning ko'plarini kompyuterida viruslarning "zotdorlari boqilmoqda" (ayniqsa ishxona va OTM kompyuterlarida). Shu sababli agar qo'rqmasangiz marhamat 🤗.

Qaysi antivirus dasturi eng zo'ri?
Oftob yaxshimi odob yaxshimi... Hamma dasturning ishlash prinsipi o'ziga yarasha, biroq hammasining vazifasi xavfsizlikni ta'minlashdir. Dunyo tan olgan antiviruslarga esa Kaspersky va Eset Nod32 ni keltirish mumkin. Kaspersky kompyuterga og'irlik tushirishi, lekin xavfsizlikni yaxshi ta'minlashi, nod32 esa aksincha bo'lishi mumkin.

📌 Mavzuga oid postlar:
Kanaldagi antivirus va viruslarga oid postlar

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ESET NOD32 antivirusini o'rnatish
#videodars / #antivirus

ℹ️ ESET NOD32 antivirusini o'rnatishni va kerakli sozlamalarni amalga oshirishni o'rganamiz 😎

▶️ YouTube'da ko'rish (HD)

: 03:06 💾: 8,7 mb

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
NOD32 antivirus bazasini onlayn yangilash
#videodars / #antivirus

ℹ️ ESET NOD32 antivirusini bazasini internet bilan onlayn yangilashni o'rganamiz.

Antivirus bazasi nega yangilanadi?
Antivirusimiz yangi chiqgan viruslarni "tanishi" uchun bazani yangilab turishimiz kerak. Yangi bazada yangi viruslar haqida ma'lumotlar berilgan bo'ladi.

🌐 Asosiy: http://999.youface.uz
🇺🇿 Tas-ix: http://000.youface.uz
🔒 Login: @spyuz
🔑 Parol: funsun21 (yangilandi, 04.08.21)

▶️ YouTube'da ko'rish (HD)

: 01:33 💾: 6.1 mb

📌 Mavzuga oid postlar:
🔸Kanaldagi antivirus va viruslarga oid postlar

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita
Windows Update MiniTool_x64 @kompyuter_akademiyasi.exe
4.1 MB
Windows Update MiniTool (x64/x86) 20.12 - Windows 10'ning obnovleniyasini o'chiramiz!
#dastur / #antivirus / #tizim

ℹ️ Windows Update'ning alternativi hisoblanadi. Ushbu dastur yordamida Windows'dagi yangilanishlar (obnovleniya) ni nazorat qilish (yangilash, o'chirish va h.k) mumkin. Biz bu dasturni obnovleniyalarni o'chirish uchun ishlatamiz. Bu Windows 10 uchun, Windows 7 uchun boshqa metod bo'yicha kanalda video va ma'lumotlar bor (shunchaki biroz izlanish kerak).

🗒 O'rnatish va foydalanish:
1. Kompyuterga mosini yuklab olib, admin nomidan kiramiz (запуск от имени администратора).
2. Dasturning chap pastki qiыmidagi "Автоматические обновления" joyidan "Отключено" ni belgilaymiz, bo'ldi.

▶️ Video qo'llanma (rus)

💾: 2.6 (x86) va 4.1 (x64) MB (.exe)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Antiviruslar kompyuterni sekinlashtiradi(mi)?
#info / #antivirus

📊 Testlarning ko'rsatishicha, kompyuterning samaradorligini barcha antiviruslar o'rtacha quyidagicha pasaytirar ekan:
saytlar yuklanishi 11-16%
ilova (dastur) larning ishga tushishi 9-15%
dasturlarni o'rnatilishi 26-35%
fayllarni ko'chirilishi esa 7-18% ga sekinlashadi.
©️ terabayt.uz

📌 Shu sababli ham biz kompyuterga NOD32 ni eskiroq versiyasini o'rnatishni o'rgandik, chunki bu versiya nisbatan tizimga og'irlik tushirmaydi.
📍Bundan tashqari biror dastur bilan ishlashda antivirusni vaqtincha o'chirib turish ham kompyuterni tezroq ishlashiga yordam beradi.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube
Defender Control @kompyuter_akademiyasi.exe
763.9 KB
Defender Control - Windows Defender'ni to'liq o'chirish
#dastur / #antivirus / #tizim

ℹ️ Windows 10'ning o'zining antivirusi bo'lmish Windows Defender'ni to'liqligicha osonlik bilan o'chiradigan dastur.

Nega Defender'ni o'chirish kerak?
- Aytishlaricha xavfsizlikni yaxshi ta'minlab bermas ekan 😄.
- Nazorat qilish qiyin (vaqtincha o'chirib turish va h.k).

📃 O'rnatish va foydalanish
1. Dasturni yuklab olib, admin nomidan kiramiz (запуск от имени администратора).
2. Agar kirganimizda yashil turgan bo'lsa demak Defender ishlamoqda. Uni o'chirish uchun Disable Windows Defender tugmasini bosamiz. Bo'ldi.

▶️ Video qo'llanma (rus)

💾: 0.7 MB (.exe)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kaspersky Security Cloud Free antivirusini o'rnatish va foydalanish. Bazasini yangilash, vaqtincha o'chirib turish...
#videodars / #antivirus

ℹ️ Kompyuter xavfsizligini ta'minlash uchun ham faqatgina ishonchli dasturlardan foydalanish kerak. Bugun juda mashhur bo'lgan Kaspersky antivirusini o'rnatish va foydalanishni ko'rib chiqamiz. Video davomida antivirus bazasini yangilash, vaqtincha o'chirib turish va kompyuterimizga beradigan yuklamasini aniqlashni ham o'rganamiz.

❗️Dastur internet yordamida o'rnatiladi!

🔽 Kaspersky Security Cloud Free dasturini yuklash:
Telegram I Rasmiy saytidan

▶️ YouTube'da ko'rish (HD)

: 05:10 💾: 38.8 mb

📌 Mavzuga oid postlar:
Kanaldagi antivirus va viruslarga oid postlar

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
Avast'ni kompyuterdan butunlay o'chirib tashlash
#yechim / #antivirus

ℹ️ Ko'pincha foydalanuvchilar Avast antivirusini o'chirishda muammolarga duch kelishadi. Shunday holatda huddi Nod32'ni o'chirgandek o'chiramiz: ESET NOD32'ni o'chirishdagi muammo

AvastClear dasturni avast.ru/uninstall-utility saytidan yuklab olib, tizimni xavfsiz rejimda ishga tushirib, o'chirish mumkin. ©@computer_life

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
NOD32 antivirus bazasini onlayn yangilash
#videodars / #antivirus

ℹ️ ESET NOD32 antivirusini bazasini internet bilan onlayn yangilashni o'rganamiz.

Antivirus bazasi nega yangilanadi?
Antivirusimiz yangi chiqgan viruslarni "tanishi" uchun bazani yangilab turishimiz kerak. Yangi bazada yangi viruslar haqida ma'lumotlar berilgan bo'ladi.

🌐 Asosiy: http://999.youface.uz
🇺🇿 Tas-ix: http://000.youface.uz
🔒 Login: @spyuz
🔑 Parol: 7free (yangilandi, 29.10.21)

▶️ YouTube'da ko'rish (HD)

: 01:33 💾: 6.1 mb

📌 Mavzuga oid postlar:
🔸Kanaldagi antivirus va viruslarga oid postlar

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Antiviruslar kompyuterni sekinlashtiradi(mi)?
#info / #antivirus

📊 Testlarning ko'rsatishicha, kompyuterning samaradorligini barcha antiviruslar o'rtacha quyidagicha pasaytirar ekan:
saytlar yuklanishi 11-16%
ilova (dastur) larning ishga tushishi 9-15%
dasturlarni o'rnatilishi 26-35%
fayllarni ko'chirilishi esa 7-18% ga sekinlashadi.
©️ terabayt.uz

📌 Shu sababli ham biz kompyuterga NOD32 ni eskiroq versiyasini o'rnatishni o'rgandik, chunki bu versiya nisbatan tizimga og'irlik tushirmaydi.
📍Bundan tashqari biror dastur bilan ishlashda antivirusni vaqtincha o'chirib turish ham kompyuterni tezroq ishlashiga yordam beradi.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube