KOMPYUTER AKADEMIYASI
33.7K subscribers
1.26K photos
815 videos
650 files
3.39K links
Oliy maqsadimiz - Yurtdoshlarimizning kompyuter savodxonlik darajasini oshirishga beg'araz hissa qo'shish!

Savollar: @k_a_chat

💼 Loyihalarimiz: https://t.me/ka_projects/63

💲Reklama: t.me/techno_ads/16

😎 Asoschi: @wmteam95
Download Telegram
Hammasi tugadi! Buni YouTube ham tasdiqladi.

Xatni tarjimasi:
Quyidagilar boʻyicha shikoyatingizni koʻrib chiqdik:
Kanal: Kompyuter Akademiyasi

Kanalingizni sinchiklab ko‘rib chiqdik va u hamjamiyat tartib-qoidalarini buzayotganini tasdiqladik. Bilamizki, bu yoqimsiz yangilikdir, ammo bizning vazifamiz YouTube barcha uchun xavfsiz joy ekanligiga ishonch hosil qilishdir.

Bu sizning kanalingizga qanday ta'sir qiladi:
Kanalingizni YouTube’ga qayta tiklamaymiz.
YouTube'dagi videolarni qanday topamiz?

🥲 Xabaringiz bo'lsa YouTube kanalimiz o'chirib tashlandi va qaytib tiklanmasligi haqida rasmiy xabar olgan edik. Kanalda shu paytga qadar e'lon qilingan videolarni qayerdan olish mumkinligini eslab o'tamiz. O'zimda hech qaysi videodarslar saqlab qolinmagan (buni istamaganman), lekin bir qancha manbalardan kerak darsni topasiz, inshaalloh:

• 2021-yil boshiga qadar yozilgan videolarni bir do'stimiz 1080p sifatda yuklab, arxivlab bizga bergan edi. Shu fayldan ham ancha darslarni yuqori sifatlisini olishingiz mumkin: faylga havola

• Shu paytga qadar YouTube'da e'lon qilingan videolar telegram kanalimizda ham parallel ravishda yuklab kelingan, faqat sifatsizroq holatda: #videodars

• Turli botlar ham meni ruxsatim bilan videolarimizni botlariga joylashgan edi: @ExcelDarsBot, @BepulDarslarBot, @NovqaBot va @ka20bot lardan videodarslarimizni topsangiz kerak.

🔜 YouTube kanal qayta ochiladimi yoki yo'qmi buni aniq bilmayman, o'ylab olishim uchun vaqt kerak. Qayta ochganim bilan ham oldingi videolarni qaytadan yozmasligim aniq 😅. Siz esa bu borada fikrlaringizni izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin. Barchangizga tashakkur!
Yana boshlandi 🤯

Hozirdagi kanalimiz: https://youtube.com/@ka_shorts20
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Smartfonga qaramlik...
#tavsiya

ℹ️ Oʻzimiz va yosh avlodni texnologiyalarga qaramlikdan saqlaylik... ©️@nishondagi_gaplar_tegadi

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Chuqur bilim olishning yagona yo'li
#motivatsiya

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Har qanday masalani tezlik bilan yechamiz!
#manba

ℹ️ Har qanday fanni o'rganishda turli masalalarni ishlashimizga to'g'ri keladi. Shunday vaziyatlarda to'g'ri ishlaganimzga ishonch hosil qilish uchun Wolfram Alpha veb-saytidan foydalanishimiz mumkin. Ushbu sayt oddiy matematikadan murakkab kimyoviy tenglamalargacha bo'lgan har qanday muammoni hal qilishga yordam beradi.

🌐 Wolfram Alpha - olimlar va mutaxassislar ko'p yillar davomida ishlagan ulkan ma'lumotlar bazasini o'z ichiga oladi. Xizmat nafaqat tenglamalarni, balki har qanday kundalik vazifalarni ham hal qila oladi.

😉 Uni ishlatish uchun havolaga o'ting va so'rovni kiriting. Shundan so'ng, xizmat batafsil tushuntirishlar bilan natijani qaytaradi. Ularni anglash uchun ingliz tilini biroz bilsangiz yetarli. ©️@komputeer

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita
YouTube'dagi "rahmatli" kanalimiz haqidagi yakuniy post!

🎤 Ushbu audioda quyidagilar haqida gapirildi:
• Kanalimizni yopilish sabablari & mening xatolarim;
• YouTube'da kanal yuritmoqchi boʻlganlarga (hayotiy) tavsiyalar;
• Kelajakdagi rejalarimiz!

❗️Nega KA Shorts kanalimizni davom etmasligimizga faktlar
Windows'ning tizim fayllari qidiramiz!
#manba / #tizim

🌐 Winbindex - .exe, .dll, .sys va boshqa Windows tizim fayllarini qidirish uchun sayt. Xizmat muallifi OS xizmat paketlarida paydo bo'ladigan barcha Windows fayllarini indeksladi va ular haqidagi ma'lumotlarni tezda ko'rish va Microsoft serverlaridan yuklab olish imkonini beruvchi veb-sayt yaratdi.

Kerakli faylni topish uchun qidiruv maydoniga uning nomini kiriting va Show tugmasini bosing. Jadvalda siz tizim versiyasini, xizmat paketini, bit chuqurligini yoki fayl versiyasini tanlashingiz mumkin. Faylni yuklab olish uchun Download tugmasini bosing.

🔻Ushbu xizmat, masalan, fayllar shikastlangan (bir_nima.dll fayl topilmadi) da tizimni tiklash uchun foydali bo'lishi mumkin. ©️@pcTeapot

📌 Mavzuga oid ma'lumotlar:
RuntimePack Full v21.7.30 (x86/x64)
Kerakli .dll fayl mavjud emas I Visual C++ Redistributable
Microsoft .NET Framework nima? Nima vazifani bajaradi?

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
Excel Sizni tushunadi!
#shorts / #excel / #mohirlik

ℹ️ Ushbu qisqa videodars orqali Excel dasturida ham "odamgarchilik" borligini va bizga yordam berishiga ishonch hosil qilishingiz mumkin 😉.

▶️ Videoni ko'rish

❗️
Bu Shorts kanalimizdagi soʻngi video hisoblanadi. Sababini ushbu audiodan bilib oling.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I Insta I TikTok I Shorts
Kompyuter uchun ko'zoynak kerakmi?
#salomatlik

ℹ️ Kompyuterning nuridan ko'ra undan ko'zlarimiz oladigan zo'riqish zararliroq. Bu haqida batafsil o'qib oling va salomatligingizga befarq bo'lmang.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I Insta I TikTok
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Matnlar bilan ishlash uchun 4 ta funksiya
#shorts / #excel

Excel dasturida matnlar bilan ishlasangiz ushbu funksiyalar koʻp kerak boʻlishi mumkin.

Bugun ushbu funksiyalarni oʻrgandik:
• СЖПРОБЕЛЫ (TRIM)
• ПРОПНАЧ (PROPER)
• ПРОПИСН (UPPER)
• СТРОЧН (LOWER)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I Instagram I TikTok
Windows reestrlarini tozalash vositalari foydalimi?
#tavsiya

ℹ️ Keraksiz dasturlarni o'chirish davomida reestrda yozuvlarini qoldirishi mumkin. Foydalanilmayotgan fayl kengaytmalari hali ham yozuvlarni o'z ichiga olishi mumkin. Biroq, ular Windows bilan deyarli hech qachon muammo tug'dirmaydi. Shunday qilib, reestrni tozalash kompyuterni ishlashiga sezilarli ijobiy ta'sir ko'rsatmaydi.

Bir vaqtlar Microsoft registrni tozalash uchun RegClean yordam dasturiga ega edi. Ammo Windows 98 davrida uni qo'llab-quvvatlash to'xtatildi. Hatto kompaniyaning rasmiy sahifasida reestrni tozalash vositalaridan foydalanishni qo'llab-quvvatlamasligi haqida aytilgan. ©️@pcTeapot

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I Instagram I TikTok
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Qanday qilib hujjat hajmini kamaytirish mumkin?
#info / #word

1️⃣-usul
Agar hujjat eski versiya (.doc) bo'lsa hujjatni .docx formatiga o'tkazing. Ushbu format diskda juda kam joy egallaydi.

2️⃣-usul
Agar hujjatda rasmlar bo'lsa va ularni hajmini kichraytirishni xohlasangiz, saqlash paytida "Сервис" → "Сжать рисунки"ni tanlang.

3️⃣-usul
Shaxsiy va yashirin ma'lumotlarni hujjatdan olib tashlang. Buning uchun "Файл" → "Сведения" → "Найти проблемы" → "Проверить документ" bo'limiga o'ting.

Tekshirish tugagandan so'ng, "Удалить всё" tugmasini bosing. Bu usul orqali hujjatlardagi keraksiz bo'lgan ma'lumotlar (hujjatning muallifi, yashirin ma'lumotlar va h.k) ni o'chirib tashlash mumkin.

P.S. Shaxsan men o'zim 2-usuldan ko'p foydalanaman. Unutmang o'lchamini kichraytirish orqali sifatga ham ta'sir o'tkazish mumkin.

©️
Word Hacks

📌 Mavzuga oid postlar:
- Word dasturi bo'yicha bepul kurs

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
Assalomu alaykum hammaga!

Loyiq koʻrsangiz bizni ham eslab oʻting 😉:
Sifatli kontent yaratuvchi mualliflarni ro’yxatini shakllantirish
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
FotoCollage.4.0 (@kompyuter_akademiyasi).exe
98.1 MB
FotoCollage 4.0 - rasmlarni jamlaymiz!
#dastur / #media

ℹ️ Kollaj (fran. collage — yopishtirish) — bir nechta rasmlarni bir rasmga umumlashtirish ya'ni jamlash. Bu dastur orqali kompyuterda bir nechta rasmlarni jamlashingiz, turli xildagi tabriknomalar yasashingiz mumkin. Tayyor shablonlardan foydalanishingiz mumkin. Dastur ishlashi uchun internet, aktivlash talab etilmaydi.

📌 Tayyorlangan loyihani .jpg, .png, .bmp, .tga, .tif, .gif formatlarida saqlash mumkin.

📱 Telefon uchun bunday turdagi dasturlarni PlayMarket dan FotoCollage deb izlash orqali topishingiz mumkin.

💾: 98.1 mb (.exe)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita
Forwarded from Sariq Dev
Parazit.

Har gal ChatGPT haqida yozganimda "Nega ChatGPT bizda ishlamaydi?" deb soʻrashadi.

Menda esa sizga qarshi savol bor, "Qachon oxirgi marta internetda biror xizmat uchun pul toʻladingiz?"

Bizdagi aksar odamlar internet va undagi xizmatlarni tabiiy va bepul deb qabul qilib oʻrganib qolgan. Internet rivojiga hissa qoʻshish uyoqda tursin, boshqalar qilgan ishini ham qadrlamaymiz.

Internetga qoʻyildimi, bepul boʻlishi kerak deb oʻylaymiz. Pullik dasturlarni suv tekin boʻlsa ham buzamiz. Pullik xizmatlarni koʻrsak jahlimiz chiqadi. Kino va seriallarni faqat torrentdan olamiz (qanaqa netflix?). Bu xizmatlarni yaratish, ularni doimiy ishlatib turish uchun pul va resurs talab qilinishini hayolimizga ham keltirmaymiz.

Kamiga, hukumatimiz ham absurd talablar qoʻyishdan charchamaydi. Masalan, Youtube (aniqrogʻi Google) Oʻzbekistonga xizmat koʻrsatmaydi. Monetizasiya yoqmaydi, reklama qabul qilmaydi. Sababi bizning hukumatimiz Googledan serverlarini Oʻzbekistonga koʻchirishni talab qilgan, tabiiyki Google oson yoʻldan yurgan va Oʻzbekistonni kartasidan oʻchirib qoʻygan. Buning orqasidan esa davlat va bloglerlar millionlab zarar koʻrishi esa hayolimizga ham kelmaydi.

Xullas, internet uchun biz gʻirt parazitmiz: bepul resurslardan foydalanamiz, pulligini koʻrsak burnimizni jiyiramiz. Onlayn qimorda $1000 yutqazsak-yutqazamiz, lekin Microsoft Officedan foydalanish uchun 10$ toʻlashga kelganda ziqnaligimiz tutadi. Malikadan 1000$ ga kompyuter olamiz, Windows esa oʻgʻrilangan boʻladi.

Yana uyalmasdan, "Nega ChatGPT Oʻzbekistonda yoʻq?" deymiz. San ziqnada Youtube ishlab turganiga rahmat degin.
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
21-asr insonlari qariganida
#fun

Hozirgi avlod qariganida 🤦‍♂

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
ChatGPT'ga kirolmayapsizmi? Unda ChatSonic bor!
#manba / #AI / #neyrotarmoq

ℹ️ ChatSonic - ChatGPT'ning muqobili hisoblanib, bu bilan ham shirin suhbat qilishingiz mumkin. Kamchiliklaridan biri kuniga 25 tagina so'rovga javob berar ekan.

Google profilingizdan foydalanib, bir marta bosish bilan ro'yxatdan o'tishingiz mumkin. Biz sizni qiziqtirgan so'rovni kiritamiz va bir muncha vaqt o'tgach, biz tayyor javob olamiz. Ingliz tilidan foydalanganda AI tezroq ekanligini unutmang. Agar xohlasangiz, so'rov mikrofoningiz yordamida kiritilishi mumkin. Ushbu xizmatni Chrome brauzeri uchun kengaytmasi ham mavjud. ©️@pcTeapot

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I Instagram I TikTok
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nasib qilsa tez kunlarda YouTube'dagi yangi kanalimizda mana shunday harakatlanuvchi soatni Excel dasturida tayyorlashni ko'rib chiqamiz.

😉 Kanalimizga a'zo bo'lishni unutmang: youtube.com/@ka_rasmiy2

Yangi kanalimizda ko'proq insonlar a'zo bo'lishi tezroq videolarni tayyorlashga turtki beradi =)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I Instagram I TikTok
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Elektronika 2 [tayyor shablon]
#ppt_shablon_video

📱Elektronikalarga oid yana bir shablonni kutib oling.

Ushbu faylni yuklab oling, rasmlar va matnlarni shunchaki almashtiring va istagingizga qarab musiqa qo'shib, videoga olsangiz yetarli.

😎 Professional taqdimotlar tayyorlash uchun shablonlarimizni faqatgina bugun va ertaga 33 ming so'mga olishingiz mumkin.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I Instagram I TikTok