KOMPYUTER AKADEMIYASI
33.7K subscribers
1.26K photos
815 videos
650 files
3.39K links
Oliy maqsadimiz - Yurtdoshlarimizning kompyuter savodxonlik darajasini oshirishga beg'araz hissa qo'shish!

Savollar: @k_a_chat

💼 Loyihalarimiz: https://t.me/ka_projects/63

💲Reklama: t.me/techno_ads/16

😎 Asoschi: @wmteam95
Download Telegram
Tarmoq sozlamalarini bekor qilish
#yechim / #internet

ℹ️ Agar sizda tarmoq va internet bilan bog'liq qandaydir muammolarga duch kelsangiz va ular noto'g'ri sozlamalar tufayli yuzaga kelgan bo'lsa, Windows 11/10 ning standart funksiyalaridan foydalanib, ushbu muammolarni juda tez hal qilishingiz mumkin.

⚙️ "Параметры" ni ochish uchun WIN + I tugmalarini bosing, "Сеть и Интернет" -> "Состояние"ga o'ting. Sahifaning pastki qismidagi "Сброс сети" tugmasini va "Сбросить сейчас" tugmasini bosing.

Biroz vaqt o'tgach, kompyuter qayta ishga tushadi. Barcha tarmoq sozlamalari asl holatiga qaytariladi. ©️@pcTeapot

P.S.: Bu amaliyot ayniqsa hamma narsa joyida bo'lsada lekin internet ishlamaganda yoki bilmasdan birorta sozlashni amalga oshirganda kerak bo'ladi.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Xarita
Windows 10'da disk 100% yuklanmoqda
#yechim

ℹ️ Windows 10'da operatsion tizimning asosan oldingi versiyalarida tez-tez uchraydigan muammolardan biri bu vazifa menejeri (диспетчер задач) da diskning 100% yuklanishini ko'rsatishi va buning natijasida tizimning sezilarli sekinlashishidir. Ko'pincha, bu oddiygina tizim yoki drayverlarning ishlashidagi xatolar bo'lishi yoki birorta virusning ishi bo'lishi ham mumkin.

Yechim: Ba'zi o'rnatilgan va ishlayotgan dasturlar nima ishlar qilayotganini tekshiring:

1️⃣ Vazifa menejerini oching (Win+R ga taskmgr yoki Ctrl+Alt+Delete). Vazifa menejerining pastki qismida "Подробнее" ma'lumot tugmasini ko'rsangiz, uni bosing.

2️⃣Диск” ustunidagi jarayonlarni sarlavhasini bosish orqali tartiblang. Shu yerda qaysi dastur kompyuterni qiynayotganini bilib olishingiz mumkin.

Shuningdek, svchost.exe orqali ishga tushirilgan har qanday Windows 10 xizmati diskni 100% yuklashi ham mumkin. ©️@computer_life

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Xarita
Kerakli .dll fayl mavjud emas I Visual C++ Redistributable dasturini o'rnatish
#yechim

ℹ️ Visual C++ Redistributable Visual Studio bilan ishlab chiqilgan dasturlarni ishga tushirish uchun kerakli komponentlarni o'z ichiga oladi. Ushbu paket bo'lmasa, biz msvcr yoki msvcp DLL'lar bilan bog'liq bo'lgan va asosan media yo'nalishidagi dasturlar, o'yinlarni o'rnatishda turli xildagi .dll fayllar mavjud emas kabi xatoliklarga duch kelamiz. Torrent orqali yuklab olingan o'yinlar/media dasturlarini o'rnatishda ko'pincha repacks ushbu qo'shimcha komponentlarni o'rnatishni taklif qiladi.

🌐 Rasmiy veb-saytdan kerakli kutubxonalarni yuklab olish orqali buni o'zimiz qilishimiz mumkin. docs.microsoft.com saytiga o‘tamiz, tizimimiz bitligi uchun paketni tanlaymiz, yuklab olamiz va uni o'rnatamiz. ©️@pcTeapot

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Xarita
Fayl Explorer'ni ochganda "Мой компьютер" ga kirish
#yechim

ℹ️ Ko'pincha yangi Windows o'rnatilganda Explorer'ni ochishimiz (Win+E) bilan "Быстрый доступ" papkasiga kiriladi, lekin ko'pincha bizga "Мой компьютер" ga kirgani ma'qul. Chunki asosiy ma'lumotlarimiz shu joyda joylashgan.

Qanday qilib Win+E ni bosganda to'g'ri "Мой компьютер" ni ochishini ta'minlash mumkin?
Javob: Buning uchun File Explorer'ni oching (Win+E). "Вид" menyusidan "Параметры" tugmasini tanlang va keyin "Общие" -> "Открыть проводник для" -> "Этот компьютер" ni tanlaymiz va OK ni bosamiz. Tayyor! ©️@pcTeapot

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Xarita
Cредство просмотра фотографий windows не может отобразить изображение
#yechim / #tizim

ℹ️ Ba'zan Windows'da rasmlarni ochishda shunday turdagi xatoni ko'rishimiz ham mumkin. Bunday holatlarda rasmni boshqa dastur orqali ham ochishimiz mumkin.

Yechim: Quyida berilgan videodagidek qilib ko'ring 😉.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Xarita
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Cредство просмотра фотографий windows не может отобразить изображение
#yechim / #tizim

Yuqorida eslab o'tilgan muammoni soddagina yechimi. Total Commander dasturi bo'lishi shart emas, oddiygina Exploler'dan kirib ham ko'rishingiz mumkin.

😎 Videoni Zafarjon Turg'unboyev tayyorladi.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Xarita
D diskini yo'qolib qolishi
#yechim

Kompyuterda ba'zan D diskni ko'rsatmay qolishiga sabab o'sha disk (ya'ni D) ga kerakli harf berilmagani hisoblanadi! Bunday holat asosan yangitdan Windows o'rnatilgandan so'ng bo'ladi.

Yechim:
Eng sodda yechim: Управление дисками sozlamasidan kerakli diskga harfni belgilash bo'lishi mumkin:

1️⃣ Win+R ga diskmgmt.msc ni kiritib OK tugmasini bosamiz va kerakli diskni tanlab (kerakli disk ekanligini o'lchamidan aniqlab olish mumkin) sichqonchani o'ng tumasini bosamiz.

2️⃣ Hosil bo'lgan manyudan "изменить буквы или путь к диску" ni tanlaymiz, "добавить" ni bosib kerakli harfni tanlaymiz va OK tugmasini bosamiz. Tayyor!

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Xarita
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Bir nechta qismlik arxivlar bilan ishlashdagi (xit bo'lgan) xatolik
#yechim

ℹ️ Katta hajmli faylni ma'lum hajmda arxivlash paytida agar u belgilangan o'lchamdan katta bo'lsa avtomatik ravishda bir qancha qismlarga bo'linib arxivlanadi. Buni qanday qilishni ushbu videoda ko'rsatgan edim.

Yechim: Rasmdagi muammoga kelsak, muammoning sababi: bir nechta qismli arxivni telegramdan yuklab olganimizda telegram "o'zicha" unga nom beradi. Aslida esa fayl_part1.rar fayl_part2.rar holatida bo'lishi kerak. Qisqa qilib aytganda, agar sizda ham rasmdagi muammo kuzatilayotgan bo'lsa quyidagi videoni ko'rish orqali yechim topishingiz mumkin:
▶️ WinRAR dasturi bo'yicha MasterClass. Murakkabroq amallarni o'rganamiz!

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Windows 10 ish stolida “Этот компьютер” belgisini qanday ko‘rsatish mumkin?
#yechim

😎 Bugun biz siz bilan Windows 10 operatsion tizimida ish stoliga “Этот компьютер” belgisini qanday qo‘shish bo‘yicha oddiy, ammo juda zarur mohirlikni baham ko‘ramiz.

⚙️ Windows 10 ishlab chiquvchilari ish stoliga kompyuter belgisini qo‘shishmagan va bu foydalanuvchilar uchun juda noqulaylik tug‘diradi, chunki ko‘pchilik foydalanuvchilar bu funksiyaga o‘rganishgan edi.

📃 Toʻliq maqolani oʻqish

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Xarita
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kompyuter yoki noutbukda operativ xotira uchun qancha joy mavjudligini aniqlash!
#yechim

ℹ️ Kompyuter ishlash tezligini oshirishda operativ xotirani oshirish ham talab etiladi. Bunda bilishimiz kerak bo'lgan kichik jihat: kompyuterimizda operativka qo'yiladigan nechta slot (joy) borligini aniqlashdir. Ushbu videocha shu haqida.

▶️ Videoni ko'rish

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Xarita