KOMPYUTER AKADEMIYASI
33.7K subscribers
1.27K photos
824 videos
663 files
3.42K links
Oliy maqsadimiz - Yurtdoshlarimizning kompyuter savodxonlik darajasini oshirishga beg'araz hissa qo'shish!

Savollar: @k_a_chat

💼 Loyihalarimiz: https://t.me/ka_projects/63

💲Reklama: t.me/techno_ads/16

😎 Asoschi: @wmteam95
Download Telegram
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Excel dasturidagi 10 ta mohirliklar (1-qism)
#mohirlik / #excel

ℹ️ Bugun Microsoft Excelda turli xil murakkablikdagi muammolarni hal qilish tez, sodda va GIF formatidagi ma’lumotlar asosida o’rganamiz.

😎 Ko'pincha MS Excel-ning yangi foydalanuvchilari jadvallar bilan ishlashni qanday soddalashtirish va tezlashtirish haqida o’ylanishadi. Shu o’rinda bir marta bosish sirlari deb atash mumkin bo'lgan oson va tezkor Excel yechimlari to'plami bor.

10 ta hayotiy mohirliklarni barchasi Microsoft Excelning istalgan versiyasida mavjud. Harakatlanuvchi rasmlarni ko'ring, kompyuteringizda takrorlang va ushbu dasturda Master bo’ling!

📄 Maqolani ko'rish (+GIF suratlari bilan)

📌 Mavzuga oid postlar:
- Excel’da ishlashni tezlashtirishning 8 ta oson usuli

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Xarita
Kerakli dasturni doimo administrator nomidan ochiladigan qilish
#mohirlik / @pcTeapot

ℹ️ Ilovani Administrator nomidan ishga tushirish uchun siz yorliq yoki bajariladigan faylni sichqonchaning o'ng tugmasi bilan bosishingiz va bir xil nomdagi (запуск от имени администратора) elementni tanlashingiz kerak.

Bundan tashqari, dasturni odatdagidek ishga tushirishingiz mumkin, shunchaki CTRL + SHIFT tugmalarini bosib ushlab turing. Shunda dastur admin nomidan ochiladi.

🔹Yorliq yoki faylning "Свойства" ini oching. "Совместимость" yorlig'iga o'ting. "Параметры" blokida "Запускать эту программу от имени администратора" katagiga belgi qo'ying. Ushbu usullar yordamida dasturdan to'liqligicha foydalanishga erishishingiz mumkin.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qaysi davlatlarga Vizasiz borish mumkin?
#mohirlik / #manba

ℹ️ Ushbu savolga quyida berilgan saytga kirib javob topishingiz mumkin. Saytda sizdagi pasport bilan qaysi davlatlarga vizasiz yoki osonroq tartibda borishingizni bilib olasiz. ©️planetman.uz

👉 PassportIndex.Org/Uzbekistan

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
Xakerlar dasturlari ).rar
805 B
Endi xaker bo'lamiz!
#mohirlik

ℹ️ Quyidagi videoda ishlatilgan fayllar. Barchasini kodlarini quyiroqda yozib qoldiraman.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Endi xaker bo'lamiz 😎
#mohirlik / #bat

ℹ️ Qiziqarli kodlar yordamida biroz sho'xlik qilamiz 😉.

🔽 Barcha kodlar I Jamlangan arxiv

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
Boshqa taqdimotdagi slaydlarni qayta ishlatish
#mohirlik / #powerpoint / @powerpoint_secrets

ℹ️ PowerPoint dasturida tayyor taqdimotdagi kerakli slaydlarni yangi taqdimotingizda ham ishlatishingiz mumkin. Bu narsa ayniqsa biror taqdimotdan slaydlarni ortiqcha muammolarsiz "ko'chirish"da kerak bo'ladi.

Buni quyidagicha amalga oshirish mumkin:
"Главная" -> "Создать слайд" -> "Повторное использование слайдов"

Endi esa "ko'chirish" reja qilingan taqdimotni belgilab, yuklab olish va kerakli slaytlarini ustiga bosish qoldi 😎.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
Odatiy kontekst menyusini qaytarish
#mohirlik / @pcTeapot

ℹ️ Windows 11'da sichqonchaning o'ng tugmachasini bosish menyusi yanada minimalistik bo'lib qoldi, bu esa Windows 7, 10 ishlatganlar uchun uncha qulay emas. Agar bu sizni qoniqtirmasa, klassik kontekst menyusi osongina qaytarilishi mumkin. Buning uchun reestrga kichik o'zgartirishlar kiritish kerak.

Buni "Командной строкa" yordamida qanday qilishni ko'rib chiqamiz. Uni ishga tushiring (Win+R ga cmd deb yozib, OK tanlanadi) va quyidagi buyruqni bajaring va kompyuteringizni qayta ishga tushiring:

reg.exe add "HKCU\Software\Classes\CLSID{86ca1aa0-34aa-4e8b-a509-50c905bae2a2}\InprocServer32" /f /ve


🎯 Ushbu usul foyda bermagan bo'lsa mana bu dasturni ishlating.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
Virtual mashina nima? U nimaga kerak?
#atama / #mohirlik / #vm

ℹ️ Virtual mashina (VM) - bir kompyuter ichida boshqa kompyuterlarni ishlatishga ko'mak beruvchi dastur. Oddiy tilda aytganda Windows o'rnatilgan kompyuterda Linux ishlatishga ko'mak beradigan dastur.

Bunda asosiy operatsion tizim Windows, virtual mashinadagi operatsion tizim Linux bo'ladi. Linux'ni ishlatish uchun quyidagi virtual mashina dasturlari kerak bo'ladi:

🔽 Yuklash: VMware I VirtualBox

🎞 Ushbu dasturlarni qanday o'rnatish, ishlatish bo'yicha ushbu havolalardan kerakli videoni topishingiz mumkin:
Как установить и использовать virtualbox
Как установить и использовать vmware

📌 Mavzu bo'yicha savollaringizga javobni ushbu maqoladan ham olishingiz mumkin (rus tilini bilmasangiz sahifani tarjima qildiring).

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
KOMPYUTER AKADEMIYASI
Hujjatlarga QR kod tayyorlaymiz! #shorts / #word / #QR ℹ️ Nega oxirgi paytlarda QR kodli hujjatlar ko'paymoqda? QR kodni qanday qilib osongina tayyorlash mumkin? Ushbu savollarga javobni qisqa darsimizdan olasiz 😎. Kanalimizdan QR deb izlash orqali ham…
Hujjatga QR kod qo'shish [2]
#mohirlik / #word / #QR

ℹ️ Word dasturida tayyorlangan hujjatlarga QR kodlar qo'shish uchun QR kod yaratish imkonini beruvchi qo'shimchalarni o'rnatishingiz ham mumkin.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
Internetda sizni eng ko'p bezovta qiladigan 8 narsa va ulardan qutilish yo’llari
#mohirlik / #internet

ℹ️ Albatta bu narsalar qachondir sizni joningizga tekkani aniq. Bugun shulardan halos bo’lishni o’rganamiz.

📰 To'liq maqolani o'qish

😉 Menimcha bu mavzu bo'yicha video shart emas, o'zingiz bemalol uddalay olasiz!

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok