Nima? Qachon? Qayerda?
138 subscribers
113 photos
76 links
Download Telegram
Savdogar Uilmer Maklin Amerika fuqarolar urushining birinchi jangi uning uyi yonida boshlangani bilan mashhur bo'ladi. Chunki, Konfederatsiyaning shtab-kvartirasi aynan shu yerda joylashgan bo'lib, 1861-yil 21-iyulda Shimoliy artilleriya tomonidan o'qqa tutilgan. Urush oqibatlaridan qochishni istab, 1863-yilda savdogar oilasi bilan janubga Virjiniya shtatining Appomattoks shahriga ko'chib o'tadi. Ammo, urush oxirida, 1865-yil 9-aprelda uning yangi uyi general Li tomonidan "shimolliklar" qo'mondoni Uliss Grantga "janubliklar" ning taslim bo'lishi to'g'risidagi hujjatni imzolash uchun ishlatilgan. Bu faktlar Maklinga fuqarolar urushi uning hovlisida boshlanib, yashash xonasida tugaganini da'vo qilishga asos bo'ladi.

@KnowUzb
👍8🔥4
#effekt

Verter effekti

Biron bir film yoki badiiy asardagi o'z joniga qasd qilish holatidan keyin xalq orasida ommaviy ravishda o'z joniga qasd qilish to'lqini yuzaga kelishiga "Verter effekti" deyiladi. Bu effektni birinchi marta 1974-1975-yillari Kaliforniya universiteti sotsiologi Devid Fillips XVIII asr oxirida butun Yevropa bo‘ylab tarqalgan shunday hodisa ustida izlanish olib borishi jarayonida aniqlagan. Bunga Gyotening “Yosh Verterning iztiroblari” romani turtki bergani sababli effekt nomi ham aynan asar qahramoni ismiga qo‘yilgan.

@KnowUzb
🔥8👍2
Avogadro qonuni

1811-yilda Italiyaning Turin universiteti professori Amedeo Avogadro gazlar bilan bog'liq hodisalarni o'rganish jarayonida quyidagi xulosaga keladi: "Bir xil sharoitda o'zaro teng hajmdagi turli xildagi gazlarda molekulalar soni teng bo'ladi".

Keyinchalik Niderlandiyalik olim Vant-Goff quyidagi o'xshashlikka asoslanib, ideal gaz qonunlarini suyultirilgan eritmalarga tatbiq qiladi: "Gaz bo‘sh fazoda butun hajmni egallab tarqalgani singari, eritilgan modda eritkichning butun hajmi bo‘yicha tarqaladi".

Avogadro bir mol moddada nechta atom va molekulalar boʻlishi kerakligini aniq bilmas edi. Bugun biz bilamizki, bu son 6×10²³ ga teng. Bu son Avogadro soni (yoki Avogadro doimiysi) deb ataladi va N harfi bilan belgilanadi. quyida uning formulasi: N=6,022×10²³

Mol - bu modda miqdorining oʻlchov birligi bo'lib, 1 juft, 12 dona yoki 98 ta kabi bo'ladi. Bir qutida 6, 9 yoki 12 ta tuxum boʻladi. Shunga oʻxshab, bir mol moddada ham atom va molekulalar soni har doim bir xil boʻladi.


@KnowUzb
🔥9👍4
Stenli Metyus bir necha bor Angliyaning eng yaxshi futbolchisi va bir marta Yevropaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

50 yoshgacha davom etgan butun sport faoliyati davomida u hech qachon maydondan chetlashtirilmagan va hatto biror marta ham ogohlantirish olmagan.

Xayrlashuv uchrashuvida qirolicha Yelizaveta II unga ritsar unvonini topshiradi. Bu esa futbolchilar orasida birinchi marta sodir bo'lgan.


@KnowUzb
👍11🔥7
Tetris effekti (ba'zan "Tetris sindromi" deb ham ataladi) — odam ma'lum bir faoliyat bilan juda ko‘p vaqt sarflasa paydo bo‘ladigan jarayon, ya'ni, tushida, fikrlashida, atrof-muhitda bo‘layotgan jarayonlarda o‘sha faoliyat bilan bog‘liq tasvirlarni ko‘ra boshlaydi. Tetris bilan ko‘p mashg‘ul bo‘lgan odamga ko‘cha ko‘ydagi binolar harakatlangandek tuyuladi, do‘kon peshtaxtalaridagi bo‘sh joylar g‘ashiga tegadi va hokazo.
"Tetris effekti" — alohida termin sifatida 1996-yilda chop etilgan Amerikaning "Philadelphia City Paper" nashrida qo‘llangan.
Hozirgi kunda "Tetris effekti" — o‘z ma'nosidan boshqa kompyuter o‘yinlari va simulyatorlar bilan bog‘liq holatlarda ham qo‘llanadi.

@KnowUzb
👍10🔥4👌4👎1🤯1
Lester kodeksi

Italiyalik buyuk rassom va olim Leonardo da Vinchi tomonidan 1506-1510 yillar oralig'ida yozilgan "Lester kodeksi" nomli ilmiy ma'lumotlardan iborat qo'lyozma 18 varoq 72 betdan iborat bo'lib, unda olim tomonidan o'tkazilgan turli qiziqarli kuzatuvlar va tadqiqotlar yoritilgan.

Leonardo da Vinchining "Suv, yer va samoviy jismlar" haqida yozilgan qo'lyozmasini faqat ko'zgu yordamida o'qish mumkin. 1994-yilgi auksionda "Microsoft" kompaniyasi asoschisi Bill Geyts 30,8 million dollarga sotib oladi va ushbu qo'lyozma dunyodagi eng qimmat kitobga aylanadi.


@KnowUzb
👍12🔥5👏1🐳1
Google haqida qiziqarli ma'lumotlar:

1. Google servisi dastlab BackRub deb nomlangan. Keyinroq kompaniya asoschilari Larri Peyj va Sergey Brin uning nomini yuzta noldan iborat sonni ifodalovchi Googol so‘zi bilan almashtirishgan. Kompaniyaning ilk investori bu so‘zni adashib Google deb yozib qo‘ygani sababli bankdagi pulni olish uchun kompaniya Google nomi ostida ro‘yxatdan o‘tgan.

2. Google Earth ilovasi orqali sayyoramizning barcha burchaklarini, Google Sky bilan esa koinot va yulduzlar turkumlarini foydalanuvchilar o'rganishi mumkin.

3. Google ofislarida hodimlar o‘tiradigan joy bilan taom bor joy orasidagi masofa 60 metrdan oshmaydi. Brinning fikricha, hodimlar tez-tez ovqatlanishsa ularning ish samaradorligi oshadi.

4. Google tabiatga kamroq zarar yetkazish maqsadida, kompaniya hovlisida o‘sgan maysalarni qirtishlash uchun 200ta echki va cho‘pon hizmatidan foydalanadi.

5. Google ning birinchi serveri Lego Duplo detallaridan qurilgan. Shu uchun kompaniya logotipi har xil ranglardan iborat.


@KnowUzb
👍19🔥1🐳1
⭕️⭕️⭕️So‘rovnoma 📚

Ushbu post tagiga, komentariyaga o‘zingiz o‘qigan faqat bitta BADIIY ASAR nomini va asar mazmuni haqida qisqacha yozing. Ya'ni siz qaysi kitobni o‘qishni tavsiya qilasiz va nima uchun?

(Faqat o‘ziningiz sevib o‘qigan badiiy asar bo‘lsin)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥3
​​Paparazzi

Paparazzilar ilk bor 1950-yilning boshlarida Rim shahrida paydo bo'ladi. Bu atamini paydo bo'lishiga Federiko Fellini sababchi bo'lib, u "Shirin hayot" kinofilmida asosiy qahramon sifatida Paparazzo ismli fotomuhbirni suratga oladi. Ba'zi tahminlarga ko'ra, bu taniqli rejissiyorning familiyasi deyiladi. Yana bir versiyada, u italyan so'zining bir shevasidan olingan bo'lib, "uy zararkunandasi" degan ma'noni anglatadi.

Paparazzi haqida rus tili izohli lug'atida shunday yozilgan: "Haddan tashqari me'daga tegadigan jurnalist-suratkash, mashhur kishilarning shaxsiy hayotini o'rganish va turmush tarzini tasvirga olishga urinuvchi shaxs". Gʻarbda esa paparazzilar faqat yuqori tabaqadagi suratkashlar hisoblanadi. Ular paparazzilar bilan hisoblashadi. Ularning rasmlarini kutishadi va ijod namunalarini qadrlashadi.

Paparazzilar haqiqiy va sabr-qanoatli, ishqivoz "ovchi" bo'lib, o‘zlarining qimmatbaho narsalarini asrab-avaylab, ardoqlaydi. Agar zarur bo‘lsa, mashhur kishilarning sirli hayotiga ko‘z olaytirgan insonlar bilan, o‘zlarining hayotini xavf ostiga qo‘yib bo‘lsa ham, kurashadi. Ular doim kerakli joyda va kerakli vaqtda tayyor turadi. Sababi bu oddiy ish bo‘lmasdan, balki ularning turmush tarzi hisoblanadi.

Haqiqiy paparazzining shunday o‘ziga xos bo'lgan xususiyatlari mavjud: Birinchi xususiyati, u mashhur kishilarning shaxsiy hayotini to‘la ochib bera olishi. Ikkinchi xususiyati, u bir martalik sur'at uchun katta miqdorda gonorar olishi. Uchinchi xususiyati, katta tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo'lishi. To'rtinchi xususiyati, ularning aksariyatida "shaxsiy hayot" tushunchasi mavjud emasligi.

@KnowUzb
👍8❤‍🔥6🔥2
​​Ko'rish shart bo'lgan o'zbek filmlari:

1944 - Tohir va Zuhra (Nabi G'aniyev)
1947 - Nasriddinning sarguzashtlari (Nabi G'aniyev)
1948 - Alisher Navoiy (Komil Yormatov)
1948 - Farg'onaning qizi (Nabi G'aniyev)
1955 - Opa-singil Raxmonovalar (Komil Yormatov)
1956 - Qutlug' qon (Latif Fayziyev)
1957 - Baxt uchun (Yoʻldosh Aʼzamov)
1957 - Ibn Sino (Komil Yormatov)
1959 - Atirgullar gullaganda (Komil Yormatov)
1959 - Maftuningman (Yoʻldosh Aʼzamov)
1959 - Furqat (Yo'ldosh A'zamov)
1960 - Mahallada duv-duv gap (Shuhrat Abbosov)
1960 - Ikki marotaba gullash (Latif Fayziyev)
1961 - Sinchalak (Latif Fayziyev)
1962 - Sen yetim emassan (Shuhrat Abbosov)
1964 - Yor-yor (Ali Hamrayev)
1965 - Ulug'bek yulduzi (Latif Fayziyev
1966 - Hayot tongda boshlanadi (Uchqun Nazarov)
1967 - Toshkent non shahri (Shuhrat Abbosov)
1967 - Oq laylaklar (Ali Hamroyev)
1969 - O‘tgan kunlar (Yo‘ldosh A'zamov)
1969 - Sevishganlar (Elyor Ishmuhamedov)
1970 - Qirq birinchi yil olmalari (Roald Botirov)
1971 - Uchrashuv (Ergash Karimov)
1972 - Seni kutyapmiz, yigit (Roald Botirov)
1974 - Odamlar orasida yolg'iz (Komil Yormatov)
1975 - Abu Rayhon Beruniy (Shuhrat Abbosov)
1975 - Qaldirg'ochlar bahorda qaytar (Xoji Ahmar)
1976 - Inson qushlar ortidan boradi (Ali Hamroyev)
1977 - Shum bola (Damir Salimov)
1977 - Achchiq danak (Qamara Kamalova)
1978 - To‘ylar muborak (Eduard Xachaturov)
1979 - Tiniq irmoqlar (Ahror Akbarxo'jayev)
1979 - Sevgi va nafrat (Roald Botirov)
1979 - Chinor ostidagi duel (Melis Abzalov)
1980 - Ali bobo va 40 qaroqchi (L.Fayziyev, U.Mexra)
1982 - Suyunchi (Melis Abzalov)
1983 - Dahoning kundaligi (Elyor Ishmuhamedov)
1984 - Kelinlar qo‘zg‘oloni (Melis Abzalov)
1986 - Armon (Melis Abzalov)
1989 - Maysaraning ishi (Melis Abzalov)
1990 - Temir xotin (Isamat Ergashev)
1990 - Tangalik bolalar (Temurmalik Yunusov)
1991 - Abdullajon (Zulfiqor Musoqov)
1997 - Otamdan qolgan dalalar (Shuhrat Abbosov)
1998 - Kichkina tabib (Zulfiqor Musoqov)
2002 - Osmondagi bolalar (Zulfiqor Musoqov)
2004 - Dev bilan pakana (Jahongir Qosimov)
2020 - Ibrat (Jaxongir Qosimov)
2020 - Rangsiz tushlar (Ayub Shaxobiddinov)
2020 - Faridaning ikki ming qo‘shig‘i (Y. To‘ychiyev)


@KnowUzb
👍7🔥3❤‍🔥2👎1🥱1
​​Fibonachchi ketma-ketligi

F(n) = F(n-1) + F(n-2) va F(0) = 0, F(1) = 1

Har bir hadi o'zidan oldingi ikkita hadning yig'indisiga teng bo'lgan ketma-ketlik Fibonachchi ketma-ketligi deyiladi. Ko'pincha,  boshlang'ich ikkita had 0 va 1 deb olinadi. Ammo, boshlang'ich had sifatida ixtiyoriy ikki son olinishi ham mumkin.

(0), 1, 1, 2, 3, 5, 8, 13, 21, 34, ... - bu sonlar Fibonachchi ketma-ketligining dastlabki hadlari hisoblanadi.

Fibonachchi sonlari Oltin nisbat (Golden ratio) deb ataluvchi 1.618 soniga bo’g’liqligi bor. Ya’ni, ixtiyoriy ikkita ketma-ket Fibonachchi sonlarining nisbati oltin nisbatga juda yaqin va sonlar o’sib borgani sari bu nisbat ham o’sib boradi.

@KnowUzb
🔥3👍1
​​Gollivud afishalarini kuzatsangiz, biroz g‘alati an’ananing guvohi bo‘lasiz. Posterdagi aktyorlar joylashuvi hamda ularning ismi deyarli hech qachon bir-biriga mos kelmaydi. Buning sababini o‘ylab ko‘rganmisiz?

Har doimgidek, buning sababi – PUL! Masalaning mohiyati shundaki, filmda tasvirga tushgan aktyor va aktrisalardan qay biri ko‘proq gonorar olgan bo‘lsa – uning ismi reklama materiallarida birinchi bo‘lib yozilishi shart. Bu Gollivud kinosanoatida "billing qoidasi" deb nomlanadi.

Eng ko‘p pul olgan aktyorning ismi afishaning eng yuqorisida yoki chap tarafdan birinchi bo‘lib yoziladi. Chunki posterga ko‘zi tushgan tomoshabin o‘sha ismni birinchi bo‘lib o‘qiydi. Shu sabab, ro‘yxatda birinchi bo‘lib, ya’ni top billingda reytingi eng baland yulduzning ismi yoziladi.

Ayrim hollarda, garchi reytingi baland megayulduz filmda bosh rolni ijro etmagan bo‘lsa ham, uning ismi afishada birinchi bo‘lib yozilishi mumkin. Masalan, 1978-yilda katta ekranlarga chiqqan “Supermen” filmini olaylik.

Marlon Brando va Jin Xekmen mazkur kartinada ikkinchi plandagi rollarni ijro etishgan bo‘lsada, reklama materiallarida ularning ismi Supermen rolining ijrochisi Kristofer Rivdan oldin yozilgan. Chunki Riv o‘sha paytda debyutant aktyor edi. Brando va Xekmen esa Gollivudning tirik afsonalari.

"Obbo, posterdagi aktyorlarning joyini almashtirib qo‘ysa nima bo‘ladi?" degan savol sizda tug‘ilishi tabiiy. Afsuski, bu siz o‘ylagandek oson emas. Birgina posterni yaratish uchun marketing bo‘limining o‘nlab mutaxassislari mehnat qiladilar. Poster omadsiz chiqsa – kinokartina prokatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Shu sabab dizaynerlar film posterini tomoshabin uchun iloji boricha jozibali qilib yaratishni maqsad qiladilar. Ammo kontrakt shartlariga ko‘ra, muayyan aktyorning ismida hammadan oldin yozilishi shart bo‘lsa – mana shunday chalkashliklar yuzaga keladi. Nima ham derdik, ijod va moliya tafovuti!

@KnowUzb
👍3❤1🔥1
​​#saspens

Saspens (ing. Suspense) inglizcha so'z bo'lib, "noaniqlik, xavotir, kutish tashvishi" kabi ma'nolarni anglatadi. Saspens - bu mahorat bilan yaratilgan filmlarni tomosha qilish jarayonida, auditoriyaning voqeaga xavotir, tashvish, notinchlik, umidsizlik va qo'rquv kabi tuyg'ular bilan "sho'ng'ib" ketishining eng yuqori nuqtasi.

Kinorejissyor Alfred Xichkok "Saspens" atamasini muomalaga kiritgan. U shunday degan: "Film yaratayotganimda meni harakaterlardan ko‘ra ko‘proq g‘ichirlayotgan zinapoya qiziqtiradi. Qahramon oyog‘ining tagida g‘ichirlayotgan hamda istalgan paytda uzilib tushishi mumkin bo‘lgan zinapoya. Men buni saspens deb atayman".

@KnowUzb
👍11🔥2
​​#Oskar2023

2023-yilgi "Oskar" mukofoti sovrindorlari:

☆ Eng yaxshi animatsion film: "Pinokkio Gilermo del Toro";

☆ Eng yaxshi operatorlik ishi: "Gʻarbiy frontda o‘zgarishsiz";

☆ Eng yaxshi sahnalashtiruvchi rassom: "Gʻarbiy frontda o‘zgarishsiz";

☆ Eng yaxshi kostyumlar: "Qora pantera: Abadiy Vakanda";

☆ Eng yaxshi grim va turmaklar: "Kit";

☆ Eng yaxshi qisqa metrajli o‘yin filmi: "Irlandcha xayrlashuv";

☆ Eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film: "Bolakay, Yumronqoziq, Tulki va Ot";

☆ Eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film: "Fillarni qarg‘ovchilar";

☆ Eng yaxshi xorijiy film: "Gʻarbiy frontda o‘zgarishsiz" (Germaniya);

☆ Eng yaxshi hujjatli film: "Navalniy";

☆ Eng yaxshi vizual effektlar: "Avatar: Suv yo‘li";

☆ Eng yaxshi qo‘shiq: Naatu Naatu "RRR: yonimizda inqilob kuylamoqda" (Hindiston);

☆ Eng yaxshi musiqa: "Gʻarbiy frontda o‘zgarishsiz";

☆ Eng yaxshi rejissyor(lar): Deniyel Kvan va Deniyel Shaynert ("Hammasi har joyda va birdan");

☆ Eng yaxshi aktrisa: Mishel Yeo ("Hammasi har joyda va birdan");

☆ Eng yaxshi aktyor: Brendan Freyzer ("Kit")

☆ Eng yaxshi film: "Hammasi har joyda va birdan";

☆ Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa: Jeymi Li Kyortis  ("Hammasi har joyda va birdan");

☆ Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor: Ke Hyui Kuan ("Hammasi har joyda va birdan");

@KnowUzb
👍10🔥2
"Open Budget"ga ovoz yig'ish bir bahona edi...
🤣21😁2
​​Karnak majmuasi

Karnak (Ipet-Isut) qadimgi Misr ibodatxonalaridan qolgan xaroba. Ushbu nom Qadimgi Misr poytaxti sanalgan Fiva shahrida yashovchi arablarning qishlog'i Karnak nomidan olingan. Hozirgi Luksor shahridan 2,5 km uzoqlikda joylashgan bo'lib, ta'lim va turizm sababidan mashhur bo'lgan qadimgi ibodatxona kompleksi o'rin olgan hudud sanaladi.

Karnak Qadimgi Misrning yangi podsholik davri (miloddan avvalgi 1580-1085 yillar)da qurilgan ibodatxonalarning qoldirqlari sanaladi. Karnak aslida bitmagan ibodatxona majmuasidir. Har bir fir'avn o'zidan oldin bunyod ettirgan qismlardan ham yaxshirog'ini qurdirish bilan ulkan va ko'rkam ibodatxona holiga kelgan. Shuningdek, har bir fir'avn o'zidan bir esdalik qoldirishni istaydi. Natijada esa Karnakning qurilishi 2000 yildan ortiqroq vaqt davom etadi.

@KnowUzb
👍4🔥1👏1
​​Oydagi birinchi insonlar

1969-yil 20-iyul kuni soat 20 dan 17 daqiqa o'tganda AQSHning "Apollon - II" kosmik kemasi apparati kosmonavtlar - Nil Armstrong va Edvin Oldrin bilan birga Oy sathiga qo'ngan. 21-iyul soat 3 dan 56 daqiqa o'tganda Armstrong yerliklardan birinchi bo'lib Oy zaminiga qadam qo'ygan. Undan so'ng qo'ndiruvchi apparatidan Oldrin ham tushgan. Ekipajning uchinchi a'zosi Maykl Kollinz bu paytda kosmik kemaning qo'mondonlik bo'lagi bilan birga Oy atrofini aylanmoqda edi. "Apollon - II" orbitaga raketa - eltuvchi "Saturn - 5" (uzunligi - 111 m, og'irligi - 3100 tonna, quvvati - 133 mln kVt) tomonidan 16-iyulda soat 14 dan 32 daqiqa o'tganda Kennedi burnidan (Kanaveral burni) chiqarilgan. 19-iyulda kosmik kema Oy atrofidagi orbitaga yetib borgan. 20-iyulda kema tizimlari yaxshilab tekshirib ko'rilgach, qo'mondonlik bo'lagi (qismi)dan qo'ndiruvchi apparat ajralgan. Armstrong va Oldrin uni aniq belgilangan joyga qo'ndirishgan. Oyga qo'ngach, bir necha soatdan so'ng kosmonavtlat qo'ndiruvchi apparatdan chiqishgan. Ularning Oy yuzasiga chiqishlari va keyingi tajribalarini televizion kameralar yerga yetkazib turishgan. Bu voqeani, raketa startidan boshlab, televideniye orqali 500 mln ga yaqin kishi ko'rib borgan. Astronavtlarning ishchi rejasi keng bo'lgan. Ular Oyga AQSH bayrog'ini o'rnatishgan, o'lchov asboblari bilan tadqiqot ishlari olib borishgan, xususan, yerga Quyosh shamoli haqidagi ma'lumotlarni yuborishgan va kapsulada "Biz butun insoniyat nomidan tinchlik bilan keldik" deb yozilgan metall taxtachani qoldirishgan. Nil Armstrong va Edvin Oldrin Oyda 22 soat, shundan 2 soat - kemadan tashqarida bo'lishgan. 21-iyul soat 18 dan 54 daqiqa o'tganda boshqariladigan apparat Oy sathidan ko'tarilgan. Soat 22 dan 35 daqiqa o'tganda qo'ndiriladigan apparat kema bilan birlashtirilgan va kosmonavtlar unga o'tib olishgan. 22-iyulda Yerga qaytish boshlangan. 23-iyul soat 17 dan 51 daqiqa o'tganda ''Apallon - II" Tinch okeanidagi belgilangan joyga qo'ndirilgan, bu yerda uni avianosets kutib olgan.

@KnowUzb
👍5👏2🔥1🌚1
​​"Titanik"ning halokati

1912-yil 15-aprel soat 2 dan 20 daqiqa o'tganda Nyufaundlend qirg'oqlaridan 150 km uzoqlikda yuqori klassdagi ingliz paroxodi - "Titanik" halokatga uchrab, cho'kib ketgan. Bir kun avval soat 23 dan 40 daqiqa o'tganda cho'kmas deb hisoblanuvchi paroxod aysberg bilan to'qnashib ketgan. Yo'lovchi kemasining eng katta halokati natijasida 1503 nafar yo'lovchi va ekipaj a'zolari halok bo'lgan. "Titanik" Sautxempton - Nyu-York yo'nalishi bo'ylab birinchi reysni yakunlash arafasida bo'lib, Nyu-Yorkka 16-aprelda kelishi kerak edi. Aysberglar bilan to'qnashish xavfi borligi haqida ogohlantirilganligiga qaramay, suv sig'imi 46328 tonna keladigan kema so'nggi daqiqalargacha eng katta tezlikda - 25 uzel (soatiga 46,5 km)da suzmoqda edi. Kema kapitani va kompaniya vakili kema tag qismi ikki qavatli ekanligi va boshqa himoya vositalari borligiga ishonib, yozgi marshrutni tanlaganlar, bu yo'l bilan yurgan kemalarning aksariyati yilning shu faslida aysberglar bilan halokatli uchrashuvni chetlab o'tishga muvaffaq bo'lishgan. Muz bo'laliga kuch bilan urilganda kema trumida uzunligi deyarli 100 m keladigan ulkan yoriq (teshik) paydo bo'lgan. Vahima boshlangan, ustiga-ustak, 2206 kishi uchun qutqaruv shlupkalari yetishmay qolgan, shlupkalar faqat 1178 kishiga mo'ljallangan edi, xolos.

@KnowUzb
👏6👍1😢1
​​Admiral Nelson

Kadis (Ispaniya)dan janubroqdagi Trafalgar burni yonidagi dengiz jangida admiral Nelson qo'mondonligi ostidagi ingliz floti admiral Vilnyov qo'mondonligi ostidagi Fransiya-Ispaniya flotini tor-mor keltirgan. Uchinchi koalitsiyaning dengiz jangida zafar quchishi Buyuk Britaniyaga 19-asr oxirigacha dengizda hukmronlik qilishini ta'minlagan. Nelsonning jasurligi va manyovrli taktikasi inglizlarga g'alaba keltirgan, admiral esa shu jangda o'zining "Viktoriya" flagman kemasida halok bo'lgan. 27 ingliz kemasiga qarshi fransuz-ispan flotining 33 kemasi jang qilgan. Fransuz va ispanlardan 2800 kishi, inglizlardan atiga 429 kishi halok bo'lgan. Ingliz flotiliyasi dushmanning 20 kemasini qo'lga kiritgan, ammo kechki shtorm o'ljaning katta qismini yakson qilgan. Jang peshinga yaqin boshlangan, admiral Nelson o'zining bir guruh kemalari bilan dushman kemalari qatorini yorib o'tib, hujumni boshlagan. Bu jangda shamol muhim rol o'ynagan. Shamol kuchsiz esgani uchun fransuz qo'mondonligi, yaxshisi, Kadis gavaniga qaytish kerak, degan qarorga kelgan. U jang qilishdan qochmoqchi edi. Bu manyovr fransuz va ispanlarning jangovar tartibini buzib yuborgan va inglizlar bundan foydalanib qolishgan. Nelson keng chiziq bo'ylab cho'zilib ketgan dushman kemalariga ikki tomondan hujum qilgan. Shamol esadigan tomondan admiral Archibald Kollingvud, shamolga teskari tomondan esa admiral Nelsonning o'zi hujum qilgan. Trafalgar yonidagi zafar, Abukir dengiz jangidagi g'alaba kabi (1798.01.08) Nelsonga katta shon-shuhrat keltirgan. Trafalgar yonidagi jang tarixda yelkanli kemalarning so'ngi bor katta janglarda to'qnashuvi bo'lgan.

@KnowUzb
👍4
​​Akbar - din islohotchisi

Jaloliddin Akbar - Hindistondagi boburiylar sulolasining yirik namoyandasi (1556-1605 yillarda saltanatni boshqargan). Uning davrida davlat hududi shimolda Balx viloyati, janubda Godovari daryosi (Kashmir va hozirgi Afg'oniston hududini qo'shgan holda) va g'arbdagi dengizdan sharqdagi dengizgacha yoyilgan. Din sohasida fuqarolar o'rtasida bag'rikenglik o'rnatish maqsadida, o'zidan avval o'tgan musulmon hukmdorlardan farqli suratda, Akbar hindlarni muhim davlat lavozimlariga tayinlay boshlagan. U 1582-yil diniy islohot o'tkazib, "dini ilohiy"ni joriy qilgan. Bu, asosan, islom, hinduizm, parsizm va jaynizm dinlarining e'tiqodlari va marosimlarining qorishmasidan tashkil topgan edi. Akbar "yangi din" rahbari sifatida e'tirof etilgan, u ayni paytda ham dunyoviy, diniy rahnamoga aylangan. Unga ergashganlar Akbarning marhamatiga sazovor bo'lishgan (Akbarning vafotidan so'ng esa ular kichik diniy sektaga aylanishgan). Agradan g'arbda joylashgan Fotihpur-Sikri qarorgohida Akbar saroy qabulxona bunyod etib, unda butun dunyodan kelgan olimlar bilan ilmiy munozaraga kirishgan. Akbar buyuk davlat arbobi, nihoyatda qiziquvchan inson, quvvayi hofizasi kuchli, iqtidorli sarkarda bo'lgan.

@KnowUzb
👍9🥰2🤔1