KIMYOTERMIZIY ATM
5.27K subscribers
2.81K photos
478 videos
1.58K files
2.15K links
Bu kanalda tajribali ustoz ABDULATIF XUDOYBERDIYEVning kimyo faniga oid nazariy malumotlar, mavzuli testlari va o'zining kimyo maktabi dars jarayonlari yoritib boriladi.
kanal admini
@AbdulatifXudoyberdiyev
974549898

@AdhambekMustafoqulov
+998996795759
Download Telegram
‼️Zo‘r xabar: endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi.

Ya’ni grantga kirgan talaba yaxshi o’qimasa, keyingi yil kontraktga tushishi mumkin. Yoki aksincha kontraktga kirgan talaba yaxshi o’qisa, keyingi yili grantga o’tishi mumkin.

Bu haqda bugun Shavkat Mirziyoyev huzurida oliy ta’lim tizimi bo‘yicha bo‘lgan taqdimotda aytildi.

Davlatimiz rahbari bu tizimni adolatli yo‘lga qo‘yish, yoshlarga va ota-onalarga yetkazish zarurligini ta’kidladi.


👉 #xushnudbek 👈

@kimyoTermiziy
Bilimli abituriyentlar uchun ham zo‘r yangilik!

Endilikda muayyan bir yo‘nalishga ajratilgan davlat granti doirasida yuqori ball to‘plagan abituriyent, tanlagan oliy ta’lim muassasasidan qat’i nazar, davlat grantiga tavsiya etiladi. Ya’ni, yuqori ball olgan yoshlar o‘qishga kirmay qolmaydi.

Avvallari ayrim abituriyentlar yuqori ball to‘plasa-da, topshirgan oliygohining kvotasi soniga qarab, o‘qishga kirolmay qolar edi. Masalan, qaysidir OTMda bitta yo‘nalishda 90 ball olgan abituriyent grantga o‘qishga kirar, boshqa OTMda esa xuddi shu yo‘nalishda 160 ball olgan abituriyent o‘qishdan yiqilar edi.

Endi davlat grantlari iqtidorlilarga, yuqori ball olganlarga yo‘naltiriladi.


👉 #xushnudbek 👈

@kimyoTermiziy
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko’tariladi
#abituriyent

O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali 2 bosqichda oshiriladi, deya xabar bermoqda O’zA.

Bunda:

sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball;

boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi.

Amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball edi.


#xushnudbek
@kimyoTermiziy
‼️Ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tugatgandan so‘ng 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.

🏫 Manba: O’zA


#xushnudbek
@kimyoTermiziy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Magistratura va doktoranturaga ayrim yo’nalishlarda xorijiy til bilish sertifikati B1 darajaga pasaytirildi

Bunda quyidagi tartib o’rnatiladi:

ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi;

⬇️ soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, san’at, sport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikat talabi bir pog‘ona – B1 darajasiga tushiriladi.

Quyidagilar saqlanib qoladi:

Xorijiy tillar yo‘nalishlarida esa C1 daraja;

aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yo‘nalishlarida B2 daraja saqlanadi.


#xushnudbek
@kimyoTermiziy
Endilikda ta’lim granti talabalarga bir o‘quv yili uchun ajratiladi

Bunda:

1-kursda grantlar o‘qishga kirishdagi imtihon natijalari bo‘yicha taqsimlanadi, 2-kursdan boshlab esa reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi.

lekin ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant olganlar, ya’ni maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga esa davlat granti butun o‘qish davri uchun beriladi.


#xushnudbek
@kimyoTermiziy
KIMYOTERMIZIY ATM
Endilikda ta’lim granti talabalarga bir o‘quv yili uchun ajratiladi Bunda: 1-kursda grantlar o‘qishga kirishdagi imtihon natijalari bo‘yicha taqsimlanadi, 2-kursdan boshlab esa reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi.…
Vazirlik mas’ullaridan aniqlashtirdim:

Grantni faqat 1 yilga berilishi haqidagi yangi tartib faqat joriy yilda o’qishga kiradigan 1-bosqich talabalari uchun taalluqli bo’ladi.

Hozir grantda o’qiyotgan birinchi va undan yuqori bosqichdagi talabalarda o’qishining oxirigacha granti saqlanib qoladi, ularga ushbu yangi tartib amal qilmaydi.


#xushnudbek
@kimyoTermiziy
Fanlar majmuasi 2024-2025 (yangilangan).pdf
545.7 KB
‼️Yangilangan fanlar majmuasi tasdiqlandi. O'zgarishlar bor
#abituriyent

2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari maqbullashtirilib, ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi qayta tasdiqlandi.

5-iyundan boshlangan qabulda faqat fanlar majmuasi tanlanyapti xolos. Bunday vaziyatda ko’plab abituriyentlardan “men falon fanlarni tanlasam, bu kelgusida qaysi yo’nalishlarga to’g’ri keladi?”, degan savollar kelib tushmoqda.

Buni bilish uchun yuqoridagi faylda ko'rsatilgan fanlar majmuasi bilan tanishib chiqing.

Avvalgi fanlar majmuasida 573 ta yo'nalish mavjud edi. Yangisida 198 ta yo'nalish ro'yxati tasdiqlangan. Demak, maqbullashtirish natijasida 375 ta yo'nalish yoki birlashtirilgan, yoki qisqartirilgan.


👉 #xushnudbek 👈

📱@kimyoTermiziy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM