KVANT O‘QUV MARKAZI
2.28K subscribers
1.22K photos
313 videos
883 files
695 links
Kvant o‘quv markazi
Tabiiy fanlar bo'yicha yuqori darajadagi Biologiya Kimyo repititorlik markazi.

Manzil: Andijon shaxri Eski shahar O‘zbekiston ko‘chasi KVANT o‘quv markazi.

Admin: @Muslimbek1213
+998905292888
Download Telegram
#Savol

Suyultirilgan sulfat kislota bilan reaksiyaga kirishmaydigan moddalarni aniqlang.
I. CO2 II. Mg(OH)2 III. NO IV. Ag

Javob:
CO2 kislotali oksid, shuning uchun kislota bilan ta'sirlashmaydi, NO betaraf oksid, u na asos bilan na kislota bilan reaksiyaga kirishadi va tuz hosil qilmaydi. Ag vodoroddan o'ngda turgani uchun vodorodni suyultirilgan kislotalar tarkibidan siqib chiqaradi olmaydi. Mg(OH)2 esa asos, suyultirilgan sulfat kislota bilan reaksiyaga kirishadi va tuz hamda suv hosil bo'ladi
👇👇👇
@Kimyo2
#Masala_Time

MeSO4 ning 200 g 57% li eritmasidan metallni to'liq ajratib olish uchun 1,5F tok sarflanadi. Me ni aniqlang.

Yechim:
Me ni to'liq ajratib olinganda degani tuz to'liq elektrolizga uchradi degani. Demak, 1,5 F tok tuzga sarflangan, eritmadagi tuz massasi 200*57/100=114 g
Endi uning ekvivalentini hisoblaymiz:
E=114/1,5F=76 g/ekv*mol
Sulfat anionining ekv-massasi 96/II =48 ekv-birlikka teng.
U holda metall ekv-massasi 76-48=28 ekv-birlikka teng. Bu II valentli bo'lsa, Ar=28*II=56 g/mol, temir Fe hisoblanadi

👉 @Kimyo2
#Masala_Time

Noma'lum metall sulfatning 0,5 moli 196 g keladi. Uning tarkibida 13 g metallga 24 g kislorod to'g'ri kelsa, metall tartib raqamini aniqlang.

Yechim:

Sulfat anioni II valentli va shuning uchun ekvivalenti 96/2=48 ga teng va shu 48 g sulfat anioni tarkibida 64/2=32 g kislorod bor.

13 - - - - - - 24
X - - - - - - - - 32

X=13*32/24=13*4/3=52/3
Ko'rinib turibdiki, 52 bu xrom va 3 uning valentligi.
Cr2(SO4)3
👉 @Kimyo2
Forwarded from KIMYO SERTIFIKAT / RASMIY (Guliston kimyo) (Ozod SAYIMOV)
#Masala_Time

140 g MeOH dan ortofosfat kislota ishtirokida uning digidrofosfat, gidrofosfat tuzlari aralashmasi va 45 g suv olingan bo'lsa, asos tarkibidagi metallni aniqlang.

Yechim:
Necha mol ishqor reaksiyaga kirishsa, shuncha mol suv hosil bo'ladi. Suv=45/18=2,5 mol.
Demak, ishqor molyar massasi
140/2,5=56 g/mol
56-27=39 K
👉 @GulistonKimyo 👈
Qaysi ionning oksidlovchilik xossasi kuchli?
Anonymous Quiz
28%
Li+
27%
Al3+
25%
H+
21%
Cu2+
KVANT O‘QUV MARKAZI
Qaysi ionning oksidlovchilik xossasi kuchli?
Yuqoridagi savolni javobi
D) Cu2+ ioni
Sabab, metallarning kuchlanishlar qatorida oksidlovchilik xossa chapdan oʻngga tomon ortib boradi.
👉 @Kimyo2
Grinokit mineralining formulasi qanday?
Anonymous Quiz
27%
HgS
58%
CdS
12%
AgCl
3%
ZnS
#Nazariy
1.Quyidagi mutanosiblikni toping ?
a)birlamchi b) ikkilamchi
c)uchlamchi d) to'rtlamchi uglerod atomlarining oksidlanish darajasi bilan juftlang. 1)-1 2)-2 3)-3 4)0
A) a-1, b-2, c-3, d-4
B) a-4, b-3, c-2, d-1
C) a-1, b-3, c-2, d-4
D) a-3, b-2, c-1, d-4

2. Uratsilni sistematik nomenklatura
bo’yicha nomini toping?
A) 2, 4-dioksipirimidin
B) 2-oksi-4-amimopirimidin
C) 2,6-dioksipirimidin
D) 5-metil-2,4-dioksipirimidin

3. 6,25 molyalli kaustik soda eritmasining molyar konsentratsiyasini toping? (p=1,2 gr/ml).
A) 3 B) 8 C) 6 D) 5

4. Qaysi elementning oxirgi 3 ta elektronining bosh, spin va magnit kvant sonlari yig'indisi elektronlarining to'lib borish tartibida 4,5. 1,5. va 2,5. ga teng?
A)P B) S C) Cl D) Ar

5. Quyidagi qatorda elementlarning nisbiy elektromanfiyligi qanday o‘zgaradi.
1. 2. 3.
20-->19-->11-->13
a) ortadi b) kamayadi
A) 1a 2b 3b
B) 1b 2a 3a
C) 1a 2a 3a
D) 1b 2b 3a

👉 @Kimyo
#Masala_Time
0,1 moldan NaX va NaY tuzlari alohida-alohida 1 litr suvda eritildi. Tuzlar suvda eritilganda:
NaX + H2O—>Na^+ + HX + OH^-
NaY + H2O—>Na^+ +HY + OH^-
Reaksiyalar sodir bo'lgan bo'lsa, quyidagilardan qaysi(lar) to'g'ri?
1) eritmalarining pH qiymati 13 ga teng;
2) X^- va Y^- ionlari gidorolizga sabab bo'lgan;
3) HX va HY kuchsiz kislotalar.
A) 1,2 B) 2
C) 1, 2, 3 D) 2, 3

👉 @Kimyo2
#Masala_Time
12 ta proton, 12 ta neytron va 8 ta elektronga ega bo'lgan aralashmaning massasi taqriban qaysi elementning o'rtacha massasiga teng bo'ladi?
A) Si B) Ne C) Mg D) C

🆕Yechim:
Ar=P+N. Ar=12+12=24 gr/mol
Mg=24

Javobi: C)
👉 @Kimyo2 👈
#Nazariy
Qaysi elementlar bitta murakkab modda tarkibida bo'ladi?
A) Ca, Cl, Sn
B) N, Na, Br
C) Si, S,P
D) O, C, Cl
👉 @Kimyo2 👈
#Savol
Binar birikma tarkibida 5% vodorod bo‘lsa, ushbu birikma tarkibida bog' hosil qilishda qatnashgan sp3 orbitallar sonini toping?
A) 1
B) 2
C) 3
D) 4
👉 @Kimyo2 👈
#Nazariy
Keltirilgan gazlarning bir xil sharoitda hajmlari teng bo'lsa, elektronlar soni ortib borish tartibida joylashtiring.
1) ammiak;
2) ftor;
3) vodorod ftorid;
4) kislorod.
A) 2, 1, 3, 4
B) 2, 4, 3, 1
C) 1, 2, 3, 4
D) 3, 1, 4, 2

🆕Yechim:
1) ammiak; 10 ta. NH3
2) ftor; 18 ta F2
3) vodorod ftorid; HF 10 ta
4) kislorod. 16 ta O2

Javobi: D)
👉 @Kimyo2 👈
#Masala_Time
Mеtan suv bug‘i bilan ta‘sirlashganda hosil bo'lgan murakkab gaz tarkibida qanday kimyoviy bog' bo'lishi mumkin?
1) qutubli kovalent
2) qutubsiz kovalent
3) ion
4) vodorod
5) donor akseptor
A) 1
B) 1,5
C) 3
D) 2,5


Yechim:👇👇👇

CH4 + H2O =>> CO + 3H2

Demak murakkab gaz 👉 CO. Donor-akseptor va qutbli kovalent bog' mavjud. 7-Sinf. Vodorodni sanoatda olinishi.
Javobi; B)
👉 @Kimyo2 👈
#Masala_Time
Natriy fosfit kristologidrati tarkibidagi H ning mol ulushi 50% bo‘lsa, kristologidratning molekulyar massani aniqlang.

🆕Yechim:
Na2HPO3nH2O

1+2n
------=0.5. (50%)
7+3n

n=5 mol suv

Na2HPO35H2O. Mr=216gr/mol

Javobi:216
👉 @Kimyo2 👈
#Masala_Time
125/30 molyalli sirka kislota eritmasining CM-toping? (p=1.2 gr/ml)
A) 2
B) 3
C) 4
D) 5
👉 @Kimyo2 👈
#Savol
H2S2O3 molekulasida qutubli va qutubsiz kovalent bog`lar soni nisbatini aniqlang.
A) 2:1
B) 6:1
C) 3:1
D) 4:1
👉 @Kimyo2 👈
#Nazariy
O't o'chirish ballonlarini zaryadlashqa quyidagi qaysi moddalardan foydalanish mumkin?
A)Na2CO3 B)NaHCO3
C)CCl4 D)Ca(HCO3)2


Kvars (SiO2) qanday kislotada eriydi?
A) zar suv B) HNO3(kons)
C) H2SO4 D) HF

Gemoglobinning sintetik prototip shaklini ko’rsating.
A) gem B) ferrotsen
C) ferrogem C) bilirubin

👉 @Kimyo2 👈
#Masala_Time
A(g) + 2B(g) → … 110 dagi ushbu sistemada bosim 3 marta orttirilib harorat x ga pasaytirilganda reaksiya tezligi o’zgarmagan bo’lsa, x ning qiymatini aniqlang. (γ=3)
A) 20 B) 30 C) 60 D) 70
👉 @Kimyo2 👈