Hamma tanlaganni tanlash kerakmi?
Angular o’rganishni boshlaganimda, atrofimda Angularchi tanishim ham yo’q edi. Kimdan so’rasam, “nima qilasan Angular o’rganib”, “Qiyinku, o’rganolmaysan”, “Hech kim o’rganmayaptiku axir.” degan ma’noda ko’p gapirishgan.
Lekin, baribir davom etgandim. Alhamdulillah. Shu yo’nalishda yo’limni topdim, Alloh izni bilan.
Bizni odamlarni katta qismiga, hamma tanlagan soha bo’lsa o’rganadi. Hamma o’rganayotgan narsada esa tabiiyki raqobat to’lib ketadi va u yo’l ham “yopiladi”.
Juda kamchilik odamlarni ko'rdim, “qiyinchilik”ni tanlagan. Ya’ni, mashaqqatli yo’lni tanlagan. Tabiiyki mashaqqatli yo’lni tanlovchilar ham kam. Raqobat ham kam. Faqat boshiga chidab bera olish kerak.
Hozirgi “UI/UX” kursida ham shunga o’xshash holatni ko’rdim. Ko’p odamlar bu kursni nomini o’zidan “qo’rqib” ketishadi. Kamchilik qo’shildi. Aslida esa, bu yo’lni ichiga kirsangiz u qadar birnecha yillab ishsiz doimiy o’rganish bo’lmaydi. 1 yilda ham bemalol ishga kirsangiz bo’ladi, Alloh xohlasa, to’g’ri o’rgana olsangiz. Lekin, tanlovchilar kamroq. Nega? Qiyin ko’rinadida, tanish emas, hamma tanlayotgani yo’q. Biz uchun esa birinchi hamma tanlashi, sinab ko’rib, ta’mini bilishi kerak. So’ng biz boramiz. Qarabmizki atrofimizda bizdagilardan fit-fillionta bo’ladi.
Ertadan kursga “start” berish arafasidamiz. Shu yo’lni tanlayman deganlar, marhamat.
Admin: @vector_academy_admin
#thoughts #vectorAcademy
@JoshDeveloper

⚡17👍12
Forwarded from Umar shares
Biznesni qo’llang. 🤝
Jamiyatimizda(balki boshqa joylarda ham) o’zim ko’p uchratadigan bir muommo bor.
Biznes qilishni boshlasangiz, sizga yordamlashish o’rniga, sizni “imkoniyat” sifatida ko’rishni boshlashadi.(aksar insonlar aytilyapti)
Ya’ni, siz biror biznesni yo’lga qo’ysangiz, kelib sizdan o’sha masalada yordam so’rashni boshlashadi.
— Do’kon ochsangiz, qarzga narsa olishadi.
— Dars o’tsangiz bepulga o’qitgin deyishadi.
— Ishlab chiqarish qilsangiz, mahsulotingizni hech yo’q o’z narxiga ber deyishadi.
— Ozgina daromad qilsa, darrov unga “sherik”lar chiqadi. Xatto, o’z oilasi besabrlik qiladi.
va hkz.
Lekin, bilasizmi nima?
Oramizda qiynalgan insonlar qatorida, yangi biznes boshlaganlarga ham yaqinlari yordam berishi, qo’llashi kerak. Ertaga katta natijalarga chiqsin deyishi, biror yordam kerak bo’lsa berishi kerak. Chunki, biznes ochish oson, uni yuritish qiyin. Ular esa endi yuraman deganni, tepkilashadi…
Balki, shu biznesi katta natijalarga chiqsa, bundan ko’proq manfaat olib kelar edi…
Biznesidan yordam berishi kerak insonlarga, bermasin emas. Ammo, insonlar ham uni qo’llashi ham kerakda.
Yurak yutib biznes boshlaganlarga ham ko’proq yordam beraylik. :)
Hech yo’q kurs reklamasini yaqinlarga ulashib bo’lsa ham. 😄 (hazil, ammo yo’q demayman)
#thoughts
@umar_shares

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡19👍14🆒6👨💻4🔥2👏2🤣2❤1
Sizning “setup”ingiz qanday? 🖥
Shu ma’noda ko’p postlar chiqib turadi kanallarda. (Setup - ish stolingizni chiroyli qilib taxlaganingiz)
Ishonasizmi, haligacha maqtanadigan “setup”im bo’lmagan. Chetel kompaniyalariga ishlaganimda ham, oddiy xontaxta ustida ishlaganman. “EPAM”ga keyinchalik 1.9mln so’mga sotib yuborgan eski kompyuterimda kirganman. Xullas, qimmatbaho “setup”im tugur, u uchun sharoitim ham bo’lmagan. Hozir endi-endi Alloh qodir qilyapti. Alhamdulillah.
Ba’zi hali “shimildiriq”qa ham erishmagan yosh dasturchilarni ko’rsangiz, falon pulga “setup”lar qilib olishadi. Natija esa 0.
Ba’zilari shu narsa uchun oilasini sharoitini ham o’ylamaydi.
Ishoning, yaxshi natijalarga erishishni o’zingiz xohlasangiz, ilojini topasiz.
“Setup” qilishga kelsak, imkoni borlarga bemalol. Ammo, bunday narsalarni biror natijaga chiqqan inson o’ziga “mukofot” sifatida qilishi kerak deb hisoblayman. “Shimildiriq”qa ham erishmasdan, “setup” maqtanib yurgandan ko’ra.
Yo borligi uchun qattiq ishlash kerak, yo bor bo’lishi uchun qattiq ishlash kerak.
Sizning “setup”ingiz qanday? 🙂

⚡52👍27🔥12💯3🤣3👀2✍1
Forwarded from Umar shares
Yurtimizda shunday insonlar ko’payaversin.
Ayniqsa yoshlardan, farzandlardan…
P.s: @TsAngular kanali haqida gap ketyapti.
#thoughts
@Umar_shares

🔥68👍19❤3👏2😁1🤗1
Networking - jamiyatimizda yaxshi e'tibor berilmaydigan, ammo juda kuchli narsa.
Yaxshi insonlar jamlangan yerlarga boring, tanish orttiring. Kontakt almashing. Afsuslanmaysiz.
#thoughts
@umar_shares kanalidan olindi.

👍82❤9
Menimcha AI orqali bir nima startup’lar qilib olish uchun ajoyib vaqt bu — hozir.
#thoughts
@JoshDeveloper
#thoughts
@JoshDeveloper
⚡49👍12💔4🫡3❤2🔥1
AI dasturchilarni joyini egallaydimi?
Shunday mavzuda do'stimiz Umar Muhandis o'z fikrlarini bildiribdilar. Link.
Qarashlariga qo'shilsamda, CTO'ning qolgan dasturchilarni ishdan bo'shatishi qismiga uncha qo'shilmayman(balki qisman ba'zi kompaniyalar uchun to'g'ridir, startup'lar masalan).
Ha, bizda samaradorlik oshyapti, ammo dastur yaratishga bo'lgan talab, load ham oshyapti. Avval 1 yilda 10 ta ish qilgan bo'lsak, hozir 20 ta qilyapmiz xolos.
Bundan kelib chiqadiki, ishdan bo'shatish ma'nosi balki noto'g'ri bo'lishi mumkin. Qarshi tomondan load ham ko'paymoqda.
Yana Alloh biladi.
Kuzatamiz🌚

Kuzatamiz
#thoughts
@JoshDeveloper
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegram
Umar Muhandis
Bir necha kun avval yaqin do’stim, tajribali Senior dasturchi bilan Sun’iy intellekt mavzusida biroz fikr almashdik. Diskussiya o’sha mashhur “AI dasturchilar o’rnini egallaydimi?” degan mavzu ustida bo’ldi. Do’stimning fikricha keyingi 10 yil davomida egallamaydi.…
👍19⚡4
"Ortda qolyapman" demang.
Juda foydali post yozibdi Linkedin'da bir inson. Shunga o'z izohimni yozmoqchiman.
Barchaning o'z "timezone"i bor. Barchada vaqt har xil. Bu xuddi, hozir Yaponiyada soat 19:08 bo'lsa, bizda hali 15:08. Bu degani biz 4 soat ortda qolayotganimizni bildirmaydi. Balki, biz o'z vaqtimizdamiz. Ular o'zinikida.
Siz ham o'z vaqtingizni yashayapsiz. Boshqalar o'zinikini. O'z vaqtingizni birovnikiga solishtirmang. Kimdir 20 yoshida erishgan narsaga, siz endi 25 yoshingizda erishgandirsiz, ammo siz kech qolgansiz deyilmaydi. Siz o'zingizga berilgan vaqtdan foydalanyapsiz, ular o'zinikidan. Kimniki qancha ? Alloh biladi.
Chunki, qancha yutuqlarga erishib, erta o'lganlar talaygina. Boshqa tomonda esa qariganda muvaffaqiyatlarga erishganlar ham yo'q emas.
Shunday ekan, boshqalar bilan o'zingizni solishtirmasdan, o'z hayotingizda, o'z vaqtingizda yashang. Ularga hasad qilmang. Balki, o'z vaqtingizni mehnatga, ilm olishga sarflang. Ustingizda ishlang. Siz qo'lingizdan kelgan harakat ila erishganingiz, o'z vaqtida erishganingizdir. Na kech va na erta.
"Arxiv"dan ;)

👍105⚡11❤8🫡5🔥4💔2
Forwarded from Umar shares
Pullar kimniki?
Oxirgi paytlardagi mavzulardan biri byudjet pullari haqida bo'layotgan ekan. Nihoyat qiziqroq mavzu. Shu joyda bir fikrimni siz azizlarga bildirsam degandim.
Shu paytgacha dasturlash bo'yicha ishlagan pullarim 93 000$ atrofida ekan(Xudoga shukur).
Ko'pincha IT Park rezidentligi ostidagi kompaniyalar bilan ishlaganimni hisobga olsak, oddiy oylik daromad solig'im 7.5% bo'ladi.
Endi ozgina matematika: 93 000 * 0.075 = 6 975
Demak shu paytgacha jonajon davlatimizga tahminan 6 975$ daromad solig'i to'laganman.
Iya ha? Byudjet pullari qayerdan kelayapti ekan? Juda katta qismi siz va bizni soliqlarimizdan, biznesmenlarni soliqlaridan va hokazo. Bu barcha davlatdagi kabi bizda ham shunday. Bu normal.
Shu sabab byudjet sarfi haqida gaplashar ekanmiz, o'zimizni pulimiz haqida gaplashamiz.
Kimgadir sportchilarga shuncha milliard so'mlab berilishi yoqmasa, bu uning haqqi. Chunki o'sha pullar ichida uning ham haqqi bor.
Ha aytgancha, internetda "naushnikcha"larni taqib olib, "podkastcha"larda o'zini aqllidek ko'rsatadigan hammani ham eshitavermanglar.
#thoughts #byudjet

🔥67👍27⚡6🫡5✍3🤣1
Qanday jonli kurs qilsam ham, ko’pchilik oxirigacha bormagan, yengilgan yoki boshqa, kamchilik oxirigacha borgan. Bu hamma kurslarda bor holat.
Bundan juda ko’p ma’no olsak bo’ladi.
1. Dasturchilar ko’p, sifatlilari kam.
2. Ishga topshiruvchilar ko’p, loyiqlari kam.
3. “Dasturchilarga ish yo’q, meni aldashdi” deydiganlar ko’p, sabr va qunt bilan oxirigacha boradiganlar kam.
4. Yiqiladiganlar ko’p, qayta turadiganlari kam.
5. Ozgina yutuqqa "rozi" bo’ladiganlar ko’p(nimadirga erishib darrov oyoq cho'zib oladiganlar), davomiy yangi marralarni ko’zlaydiganlar kam.
Va hokazo...

👍114💯14🔥7⚡3❤2❤🔥1
Tunda ishlash zararmi? 👨💻
Ko'pchilik yosh dasturchilar ijtimoiy tarmoqlarda tunda ishlash maroqli jarayon degan noto'g'ri targ'iblarga uchib, o'zlaridan "night owl" yasab olishyapti.
Bu masalada bitta maslahat bera olaman.
Tungi vaqt dam olish vaqti.
Biz borgan sari to'g'ri yaratilgan qonunlarga zid harakat qilyapmiz. Natijasini esa vaqt o'tishi bilan hamma o'zi ko'rishni boshlaydi va boshlayapti.
Shu sabab, sog'lom turmush tarziga qayting. "Tinchlik bo'ladi tunda, shu sabab ishlayman" - desangiz, tongda ham tinchlik bo'ladi.)
Kechasi ishlagandan, erta yotib, erta bilan turib ishlagan yaxshiroq.
Mening fikrim shu. Ammo, o'zim bunga qanchalik amal qila olyapman?
Buyog'i kompaniyalar ishchilari vaqtini samarali boshqarish masalasi...
Umid qilamanki bu og'riqli mavzuni O'zbek kompaniyalari ham yaqin orada tushunib yetadi.
#thoughts #nightWorking

🔥55👍27❤4🤣3
Yurish — muhimroq!
Istalgan sohada hamma darrov natijaga erishishni(yugurib ketishni) xohlaydi.
Ammo, kamchilik bir qoidani biladi.
Consistency is key.
Yugurishni qo'ying, asosiysi siz shu yo'lda yuring. Bir kun yugurganlardan ham o'tib ketasiz. Davomiy bir yo'lda yurgan inson, shu yo'lda yugurib, charchab qolgan insondan yoki harxil yo'lda yurib ko'rayotgan insondan yaxshiroq.
Muhimi — yurish!
#thoughts
(Bir e'lonni reklama qilishni iltimos qilishgan edi, shuni post kommentidan topib olasiz 😉)

👍49🔥6❤3💊1
"Dasturlashni tez va oson o'rganishni istaysizmi?"
Shunday so'zlar bilan kurs sotayotgan birisi Instagram reklamamda chiqib qoldi.
"Tez va oson" 🙂
Dasturlash – sekin va qiyin o'rganiladigan kasb. "Tez va oson" deganlarning katta qismi qallob bo'ladi. Buni unutmang.
Qachon kurs qiladigan bo'lsam, darslarni boshida bu haqida aytganman. Xatto, achchiq bo'lsa ham kursni o'zida katta qismi yiqilishlarini aytganman.
Odamlarga yolg'on umid berishdanda jirkanchroq marketing bo'lmasa kerak.
Bu gaplarimni dasturlash o'rganayotgan tanishlaringizga yetkazing:
"Hech qayerda tez va oson muvaffaqiyat yo'q. Dasturlash ham – sekin va qiyin. Maqsadga sabr va intizom bilan yetasan!"

5👍66🔥10💯4❤3🤝1🆒1
To'g'risin aytsam, Unicon Soft'dan ketgim kelmayapti ham.
Eng ko'p offline ishlagan ishxonam shu joy. Komanda - TOP 🔥. Hammasini sog'insam kerak.
Loyihalarimiz ham juda katta va mas'uliyatli.
Lekin "Comfort zone kills your dreams!" degan ekan bir O'zbek dasturchi.
Erishishim kerak bo'lgan rejalar ko'p. Tanlov qiyin bo'ldi, ammo shunday bo'lishi kerak ekan.
Ko'ramiz endi, bu yo'l qayerga olib borar ekan 🙂

🔥91👍37❤2🤣2👨💻2
Soft skill’lar borgan sari kuchli talab ostida qolyapti.
Hard skill’lar Sun’iy intellektda ham bor. Soft skill’larni ko’proq rivojlantiring.
#thoughts
@JoshDeveloper
Hard skill’lar Sun’iy intellektda ham bor. Soft skill’larni ko’proq rivojlantiring.
#thoughts
@JoshDeveloper
👍37🔥7🫡6
Josh*Developer
"Credit house" kompaniyasi Dasturlash kanalimda bu mavzu ochilishi biroz noo'rindir, ammo o'zimda bo'lgan voqea bilan ulashmoqchiman. 2 yilcha oldin bo'lib to'lashga, nasiyaga, uy olganmiz investor kompaniya orqali. Shu kompaniya nomi "Credit house". Shuncha…
Ushbu kompaniya juda "mashxur" bo'lib ketgan ko'rinadi.
https://t.me/r_kusherbayev/9840
Ishonasizmi? Pulimizni zo'rg'a olganmiz, olishimizdan salgina o'tib shunday xabarlar tarqalib ketdi. Yuzlagan odamlar pulini ololmay yuribdi.
Azizlar, ehtiyot bo'linglar. Ayniqsa katta summali masalalarda.

👍17🔥9❤3
Biror kattaroq ommaviy axborot vositasi “AyTi mutaxassisi bo’lishda biz bilmagan qiyinchiliklar” yoki umuman Xalqqa to’g’ri ma’lumot berish bo’yicha maqola yozsa jon deb yordamlashar edim.
Shu sabab qanchadan-qancha yoshlar AyTidan ko’ngli sovimas edi.
Biz blogimizda ming yozsak ham oddiy xalqqa bormaydi, dasturchilar orasida aylanadi xolos.
#thoughts
@JoshDeveloper
Shu sabab qanchadan-qancha yoshlar AyTidan ko’ngli sovimas edi.
Biz blogimizda ming yozsak ham oddiy xalqqa bormaydi, dasturchilar orasida aylanadi xolos.
#thoughts
@JoshDeveloper
1👍69💯13❤9🔥7👀1
Github Copilot'ni Premium versiyasini ishlatib ko'ryapman, VS Code'da.
Cursor yaxshiroq ekan.
#thoughts
@JoshDeveloper
Cursor yaxshiroq ekan.
#thoughts
@JoshDeveloper
👍54🤝6🔥2
Tajriba yoki startup?
Linkedin'da bir postni o'qib qoldim.
Ma'nosi:
"19 yoshimda ishimni tashlab, boshqalarni emas, o'zimni orzuyimni qurishni tanladim."
(startup quraman deyapti post muallifi, tushunmaganlarga)
Shuni o'qib post yozgim keldi. O'zim bu borada qanday fikrdaman?
Bunday yosh paytdan startup qurishga qiziqish yaxshi, lekin fikrimcha birinchi boshqa joylarda ishlab, tajriba orttirish eng muhimi. Uyerdagi boshqaruv, kamchiliklar, biznes yechimlar, moliyaviy tomonlarini bir o'rganib, o'z yo'nalishida mutaxassis bo'lgan yaxshimi deb o'ylayman.
Lekin maqsad startup bo'lsa, juda ko'p ishlab yuborish ham bo'lmaydi. Chunki, yosh o'tgan sari tavakkal qilish qobiliyati kamayib boradi.
Demak, me'yorni bilish kerak. Tajribasiz holatda startup quraman deb chiranishlik biroz xato. Eng kamida bozordagi raqobatchilar yeb qo'yishadi.
Yosh dasturchilarga tavsiyam tajribani birinchi resurs deb baholang. Eng qimmatli resurs.
P.s: Ish topilmasa, tajriba uchun ham startup qilsangiz bo'ladi. Postda yosh dasturchilarga birinchi biror yo'nalishda tajriba olishni o'rniga startup quraman deyish haqida gap ketyapti.

💯34👍11❤4👌1🫡1🗿1