Josh*Developer
4.84K subscribers
421 photos
38 videos
12 files
658 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim 🌙
Senior Frontend Engineer
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev
Download Telegram
Self-study qilayotganlarga tavsiyalar

1. Aniq maqsad va sanalar bilan o'qing. "JavaScript'ni o'rganishim kerak" emas, "JavaScript'ni 2 oy davomida intensiv o'rganaman, o'rganadigan mavzularni haftalarga ajratib olaman. So'ng, 1 oy falon-falon loyihalarni JS'ni o'zida quraman" deyish kerak.

2. Bir texnologiyani o'rtasiga kelib, tashlab ketmang. Chunki, eng qiyinini allaqachon qilib bo'ldingiz. Buyog'i oson.

3. Nazariya bilan cheklanmang. Amalda sinab ko'ring.

4. O'rganganlaringizni daftarga yozib yuring. Juda eringanda Notion'ga. So'ng har kun va hafta oxirida bir qator ko'z yugurtirib chiqing.

6. Kam-kamdan davomiy bo'ling. Bir o'tirganda 6-7 soat emas, 1-2 soatdan bo'lib-bo'lib, dam olib o'rganing.

7. Buni self-study qilayotgan tanishlaringizga jo'nating ✈️

#tavsiya #selfStudy

@JoshDeveloper
171👍42🔥6👏1🎉1