Josh*Developer
4.68K subscribers
455 photos
40 videos
13 files
703 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim πŸŒ™
Senior Frontend Engineer @ EPAM
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz

Reklama: @joshdeveloper_ad
Shaxsiy: @umar_shares
Download Telegram
Qo'lda kod yozish tugayaptimi? πŸ‘¨β€πŸ’»

Internet bir talay postlarni ko'rdim bugun shu haqida. Hayp ko'tarilgan shekilli. Ruhsat etsangiz fikrimni bildirsam.

1. Qo'lda kod yozish to'xtadimi? β€” Yo'q.

2. Kamayyaptimi? β€” Ha.

3. Bu degani dasturchi kamroq kerak deganimi? β€” Yo'q. Dasturchi doimgidek muhim. Faqat hamma ishni qo'lda qiladigan dasturchi endi kerak emas.

4. Endi faqat Prompt engineering o'rganamizmi? β€” Dasturlashni katta qismi Prompt engineering atrofida aylanayotgani rost, lekin dasturlash sohasini Prompt yozishnigina biladigan odam olib qo'ya olmaydi.
Dasturlash bu dasturchidek fikrlashdan iborat. Yozayotgan Prompt'ingiz esa shu fikrlashingizdan kelib chiqadi. Shu sabab dasturlash asoslari, tizimlar qanday ishlashi va shu kabi quyi mavzularni o'rganing. Shular bilangina ertaga oddiy Prompt'chidan farqingiz bo'ladi.

#thoughts

@JoshDeveloper
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ”₯71πŸ’―15πŸ‘13❀3πŸ‘1
Aholini ro’yhatga olish orqasidan 15mln aholi ma’lumotlari tarqagan deyishyapti.

Qiziq, shu rostmikan?

#hacked

@JoshDeveloper
πŸ‘€54😁6πŸ”₯4πŸ‘2😨1
Forwarded from Josh*Developer
Ma’lumotlarimiz tarqab yotgan zamondamiz. Nomingizga qandaydir yo’l bilan kredit olishlarini xohlamasangiz my.gov.uz dan kreditga ta’qiq qo’yishingiz mumkin.

Bunda o’zingiz ham ololmaysiz. Istalgan payt o’chirib, yoqsangiz bo’ladi.

Tanishlarga yuborib qo’ying ✈️

#tavsiya

@JoshDeveloper
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ”₯36πŸ‘12⚑5❀2πŸ’―2
Bir dasturchi tanishim bilan gaplashib qolgandim.

Jiddiy bir loyihada ishlagan bir insonda Superadmin roli u odam ishdan ketganiga 1 yil bo’lsa ham saqlanib turgan ekan.

Ishdan ketgan ishchilardan β€œdostup”larni olishni unutmang, azizlarim πŸ˜‰

#eslatma

@JoshDeveloper
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘€50πŸ’―31🀣18😁5❀1πŸ†1
Dastur xavfsizligi (Frontend tomondan)

❓ "Frontend'da ham xavfsizlikni ta'minlasa bo'ladimi?" β€” deyishadi ko'pchilik.

Albatta bo'ladi. To'g'ri katta xavfsizlik yechimlari server tomonda bo'ladi, lekin Frontend qismi o'ylab yozilmagan bo'lsa, eng "xavfsiz" tizimlarga ham hujum qilsa bo'ladi πŸ‘¨β€πŸ’»

Quyida Frontend'da e'tiborga olishingiz kerak bo'lgan "Security best practices"larni eslatib o'taman.

1️⃣ XSS hujumlarni oldini olish uchun, foydalanuvchidan keladigan input'larni doim "Sanitization"dan o'tkazing.

2️⃣ Token'larni vazifaga qarab to'g'ri joyda saqlang. HTTP-only Cookie'lar eng xavfsizlaridan biri.

3️⃣ Content Security Policy (CSP). Tashqaridan kiradigan script'larni ishlatishni bloklang yoki nazorat qiling.

4️⃣ Eski yoki ishonchsiz Kutubxona/dependency'lar eng xavfli qism. Doim yangi versiyada, ishonchli kutubxonalardan foydalaning. Yangiliklarga ham e'tiborli bo'ling, istalgan payt qaysidir kutubxonangizdan "Vulnerability" chiqib qolishi mumkin.

5️⃣ Auth yechimlarini ishonchli yozilganini unutmang. Muhim rollar va sahifalar himoyalanganligiga ishonch hosil qiling.

6️⃣ Kerak bo'lsa CSRF token'lardan ham foydalanib, himoyani 2 barobar kuchaytiring va shu kabi 2-bosqichli himoyalar ishlab chiqing.

Bu postni barcha Frontend'chilarga ulashishni unutmang πŸ˜‰

#security #frontend

@JoshDeveloper
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ”₯55πŸ‘9❀4⚑1🀝1
Google loyihalarini katta qismi yagona Repository'da turishini bilarmidingiz?

Buni Monorepo usuli deydi. Barcha loyihalar bir joyda.

Eshitishimcha Google ba'zi Frontend loyihalarini Micro-Frontend usuli orqali chiqarishni rejalashtirayotgan ekan. Lekin, biz bilgan an'anaviy uslubda emas, o'zlarini talablari asosida.

Bu ma'lumotlar shuni anglatadiki, Google kabi katta kompaniyalarda ham Frontend mutaxassislar juda kerak. Lekin oddiy "CRUD + verstka"chilar emas, balki chuqur bilimga ega dasturchilar.
Asosiy bozorimizda bunday bilimlarga qiziquvchi Frontend dasturchilar soni kam, talab ham kam. Lekin "Big tech" uchun bu mavzular "must-have" ekan.

Siz ishlayotgan loyihalarda bunday yechimlar qadrlanadimi? ❓

#frontend #bigTech #google

@JoshDeveloper
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ”₯28❀3πŸ‘1
Uzbekistan Tech Certifications Summit 2026
Tech Skills & Certifications Defining 2026: Cloud, Cybersecurity, PM

On February 25 join Uzbekistan Tech Certifications Summit 2026 β€” this key industry event brings together international experts, industry leaders, and the local tech community to explore how global standards in Cloud, Cybersecurity, and Project Management influence team efficiency and professional growth.

What to expect:
πŸ”Έ A strategic panel on why certifications matter in 2026
πŸ”Έ Insights into global tech standards and future-ready skills
πŸ”Έ Three parallel expert-led workshops
πŸ”Έ Practical guidance on Cloud, Cybersecurity, and PM certification paths
πŸ”Έ Networking

Expert Sessions:
- AWS Cloud Essentials 2026: Rostyslav Myronenko, Solutions Architect at Booking.сom. Practical skills for cloud infrastructure.

- AI in Cybersecurity: Oleksii Baranovskyi, CISSP/CISM. Analysis of how AI is transforming the security landscape.

- AI Toolset for Project Managers: Maxim Pochebut, Director at Sigma Software Tashkent, PMP. Evaluating essential vs. redundant AI tools in management.

πŸ“… Date & time
: February 25 | 16:30
πŸ“ Location: University of World Economy and Diplomacy
54 Mustakillik Ave., Tashkent 100007, Uzbekistan

🌐 Language: English

The summit is organized by Sigma Software University, in partnership with Sigma Software, as part of the launch of the International Certifications Center in Tashkent.

πŸ‘‰ Registration is open β€” secure your spot now: https://bit.ly/3NcHnKu

#reklama
❀5πŸ‘€3🀝2🫑2
Memory leaks (Xotiraga keraksiz ma'lumotlar chiqib ketishi va loyihani qotishga olib kelishi)

Kecha yangi loyihamda bir jiddiy muommoni sezib qoldim. Dasturda juda katta "memory leak" bor. Dastur xotiradan 1-4GB'gacha joy olyapti. Bardavom ishlatilsa undan ham oshadi.

Muommoni juda uzoq qidirdik. Sababi sahifada juda "complex" tablitsa bor edi. Loyiha esa juda ko'p mayda xatolardan iborat.

Hozirgina eng kattasini to'g'irladim. Lekin "Memory leak"lar juda ko'p. Maydalari yig'ilib katta muommolar yasagan. To'liq qutilish imkonsizdek tuyulyapti.

Bunday muommolar paydo bo'lsa, qanday aniqlashni bilasizmi? Agar qiziq desangizlar bu haqida kichik jonli efir yoki darslik qilamiz, Xudo xohlasa.

#memoryLeaks

@JoshDeveloper
❀50⚑26πŸ‘15πŸ”₯8😁2πŸ‘1🀝1
Josh*Developer
Memory leaks (Xotiraga keraksiz ma'lumotlar chiqib ketishi va loyihani qotishga olib kelishi) Kecha yangi loyihamda bir jiddiy muommoni sezib qoldim. Dasturda juda katta "memory leak" bor. Dastur xotiradan 1-4GB'gacha joy olyapti. Bardavom ishlatilsa undan…
Tepadagi muommoga "Pull ruquest" ochdim.

2.7GB -> 538MB βœ…

P.s: Bir xil sahifalar va bir xil qadamlarni bajargan holda hisoblandi bu raqamlar.

#memoryLeaks

@JoshDeveloper
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘31⚑7πŸ”₯3❀1πŸ‘1🀝1
Mana shunaqa odamlarga nima yetishmaydi? Linkedin'da birnecha bor xuddi shu mazmunda tanqid postlar ko'rdim.

Kurs sotishni qachondan gunoh sanashni boshlashgan bunaqa odamlar?

Shular tanqid qilayotgan inson boshlagan ish o'zidan ko'ra shu ko'zi qora yoshlarimizga foydaliroq. Bunday mutaxassislar dars o'tishni xohlab, O'zbekistonga qaytishini o'zi juda katta narsa.

O'zi ozib-to'zib endi mutaxassislarimiz ko'payib, bilim berishni tanlayotganlari chiqib qolyapti. Buyerda esa bunday zaharli qo'ziqorinlar chiqib olib tanqid ham qilib qo'yadi...

Yolg'onlarsiz, manfaatli kurs sotish savob bo'lsa savob-ki, gunoh emas. Bunday postlarni xiyla va yolg'on va'dalar/marketing bilan kurs sotayotganlarga qaratsak yaxshiroq bo'lar edi.

#tanqid

@JoshDeveloper
13πŸ‘126🀣31πŸ’―17πŸ”₯7❀4🫑3πŸ†’3⚑2🀝1
Josh*Developer
Mana shunaqa odamlarga nima yetishmaydi? Linkedin'da birnecha bor xuddi shu mazmunda tanqid postlar ko'rdim. Kurs sotishni qachondan gunoh sanashni boshlashgan bunaqa odamlar? Shular tanqid qilayotgan inson boshlagan ish o'zidan ko'ra shu ko'zi qora yoshlarimizga…
Tepadagi inson bizga bog'landi.

Noto'g'ri tushunayotganimizni va mavzuni yopishni xohlayapti.

Kelinglar mavzuni yopamiz. Lekin hammaga bir kichik narsani aytmoqchiman.

Internetda hamma kontent ham sizlar uchun chiqarilmaydi. Youtube'ga kirib olib "Π‘Π˜ΠΠ˜Π™ ВРАКВОР 🚜" ko'rib o'tirmaysiz-ku.
Azimjon aka ham hozir dasturchilar auditoriyasidan biroz yiroqlashib, butun xalqqa yuzlanyapti. Tabiiyki biroz xalqbob, sal darajasi pastroq kontentlar qilishi va odamlarni jalb qilishi kerak.

Bunday kontentlar oldingizdan chiqqanda g'azablanmasdan, "Bu kontent kim uchun chiqyapti?" deb savol berib ko'ringlar. Shunda hammasi oydinlashadi.

O'zim ham kelajakda mobodo katta auditoriyaga chiqishni xohlab qolsam, "Memory leak" haqida emas, "Bir necha yil avval nega 5000$ oylikdan voz kechdim?" kabi mavzular haqida postlar joylashga majbur bo'laman. Bunday paytda yillar davomida tanish bo'lgan dasturchi auditoriyam mani qo'llab turishi kerak deb o'ylayman, "heyt" qilishi emas.

Xalqimizga haqiqiy mashxur mutaxassislar kerak. Buning uchun esa bozor marketinggiga moslashishga majburmiz.

#thoughts

@JoshDeveloper
πŸ”₯73πŸ‘15❀‍πŸ”₯10⚑4❀3🀝1πŸ†’1
Angular dasturchilari bo'lsa "Unicon soft"da vakansiya bor.

Minimum talab 2 yil sof Angular freymvorkida ishlaganlik tajribasi.

Qolganini HR bilan gaplashib olsangiz bo'ladi: @itrecruiter_us

#vacancy

@JoshDeveloper
πŸ”₯19❀7πŸ‘6
Mana shu stack bilan Vibecoding uchun harajatlaringizni 0 ga tushirishingiz mumkin:

IDE - Google's AntiGravity
(100% tekin + student ID bo'lsa yanayam ko'proq imkoniyatlari bor)

AI Documentation - SuperDocs (100% tekin & open source)

Database - Supabase (Nano tarifi tekin, boshlab olish uchun yetarli)

Authentication - Supabase Auth, Stack Auth (10K usergacha tekin)

LLM (AI Model) - OpenRouter yoki Gemini AI Studio orqali.

Version Control - Github/Gitlab (ikkalasiyam tekin open source)

Deployment - Cloudflare yoki Vercel

Analytics - PostHog, Microsoft Clarity & Google Analytics

@mabrur_dev
❀24πŸ‘16πŸ”₯1πŸ‘Œ1
Kompaniyangizda oylik va daraja oshirish uchun aniq talablar bormi?
Anonymous Poll
25%
Bor
45%
Yo'q
30%
Ishga kirvolay bir πŸ™„
🀣46⚑3❀3
"Loyiha"larimiz ichida eng yaxshilari o'z farzandlarimiz bo'ladi.

Dunyoga va yurtimizga zehnli, tarbiyali va istiqbolli "loyiha"lar kerak.

Ishdagi loyihangizni deb, hayotdagi loyihachalaringizni unutmang. Afsuski oxirgi payt juda ko'p uchratyapman shundaylarni.

#eslatma

@JoshDeveloper
2πŸ”₯83πŸ’―15😒9πŸ‘6❀4πŸ†1
Shunaqa katta taklif kutganmidingiz? 🎁

Mana bo'masam πŸ‘‡

Frontend arxitektura kursiga 360.000 so'm to'lab, to'liq Ramazon oyi davomida foydalanish imkoniyatini e'lon qilamiz πŸ”₯
Kurs asl narxi 790.000 so'm, siz esa yarim puli bilan to'liq darsni 1 oyga qo'lga kiritishingiz mumkin.

Eslatma :Darslarni ko'rishga ulgurmasangiz, to'liq narxdagi tariflardan biriga o'tib olsangiz bo'ladi. Eski to'lovingiz saqlanib qoladi va chegirmalar ham bera olamiz.


πŸ”— Vaqtdan yutish uchun hoziroq adminga murojaat qiling: @vector_academy_admin

#architecture

@JoshDeveloper
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😱16⚑12πŸ‘7😁5🀩2❀1🫑1
Ramazonni zoye qilmaylik, azizlar 😊

Alloh bizni bu oydan foyda topganlardan, mag’firat qilingan va rahmatga erishganlardan bo’lib chiqishni nasib qilsin.

Ramazon muborak πŸŒ™

#ramadan

@JoshDeveloper
❀116⚑25πŸ‘22πŸ”₯3πŸ‘Œ2πŸ’―2πŸ‘¨β€πŸ’»1🀝1
Sog'liqqa e'tiborli bo'linglar.

Ko'p o'tirish ortidan ham ko'p kasalliklar kelib chiqadi. Kanaldagilar ko'pchiligi o'tirib soqqa qilishini hisobga olsak, bu eslatma o'rinli deb ayta olaman.

O'zim 2-3 kundan beri qiynalib yuribman shu masalada. Bel grijasiga sal qolgan ekan.

Hech yo'q har 20 daqiqada turib, yengil mashq qilib turinglar. Ko'zni ham asragan holda πŸ™‚

#tavsiya

@JoshDeveloper
πŸ‘101🫑21❀‍πŸ”₯7❀6😁6
Kompaniya tanlashda "benefits" o'rni

O'zimiznikilar orasida fikrimcha afsuski kompaniya tanlashda 80-90% holatda faqat oyligi gaplashiladi.
Chunki, bilasiz, bizga nima qiziq? πŸ’Έ

Shu paytgacha karyeramda atigi bir marta kamroq oylikka ishga o'tgan ekanman (o'z xohishim bilan albatta). Shunda oylikni emas, qo'shimcha qulayliklarni tanlagan edim.

Sizlarga ham shuni eslatib o'tmoqchiman. Yangi ish doim ham balandroq oylik degani emas. Balki, yangi imkoniyat, qulaylik degani. Kompaniya qancha ko'p "benefit" taklif qilsa, sizni ishda shuncha qadrlaydi degani.

β€” Baland oylik muhim, lekin balki siz kamroq oylik beraman deyotgan joyda tezroq o'sarsiz?
β€” Baland oylik muhim, lekin balki u ishxonada 3 oy ishlashingiz sizni 3 yillik sog'lig'ingizni olib qo'yayotgandir?
β€” Baland oylikli zerikarli loyiha o'rniga, kamroq pulga qiziqarli loyihani tanlashingiz hayotingizga ko'proq quvonch olib kelar?

Kompaniyalardan faqat oylik emas, "benefits" ham talab qilishni o'rganaylik. Balki so'rayotgan pulingizni ular berayotgan biror boshqa taklif qoplab ketar?

#thoughts

@JoshDeveloper
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘48πŸ’―12⚑6πŸ”₯5😁3🫑2πŸ’Š2❀1😱1πŸ†1πŸ—Ώ1
Wolt O’zbekistondan chiqib ketayotgan ekan.

Nima deb o’ylaysiz, sabab nima?))

#wolt

@JoshDeveloper
😒35❀4πŸ‘4πŸ”₯2