Josh*Developer
4.83K subscribers
421 photos
38 videos
12 files
658 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim πŸŒ™
Senior Frontend Engineer
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev
Download Telegram
Router almashtiraverib, jonga tegdi.

Endi eng qimmati bo'lsa ham, bitta olmoqchiman.
Qaysi Router turini maslahat berasizlar ?
Narxini farqi yo'q. (Huh, aslida bor, 1 500 000 dan oshmasin😬)

@JoshDeveloper
😒21πŸ‘6🌚5πŸ‘€2❀1😴1
Josh*Developer
Router almashtiraverib, jonga tegdi. Endi eng qimmati bo'lsa ham, bitta olmoqchiman. Qaysi Router turini maslahat berasizlar ? Narxini farqi yo'q. (Huh, aslida bor, 1 500 000 dan oshmasin😬) @JoshDeveloper
Wifi router haqida gap ochgandim, asosiy mavzu qolib, kommentda react-router, angular-router, type-safe routers haqida muhokamalar boshlanib ketdi πŸ˜„πŸ˜„

Ha dasturchilar-a πŸ˜„πŸ‘

@JoshDeveloper
😁61πŸ‘4πŸ₯±2🌚2⚑1😴1
Bugun nihoyat bo'sh vaqtim bo'lib, ASP.NET'da CRUD uchun API ko'tardim. Juda ko'p narsalar tayyor ekan. Angular'dagidek.

Endi sekin qiyinroq amallar ustida ishlashni boshlayman. Orada C# Advanced kursini ham tugatdim, ammo hali zo'r bilaman deyolmayman. Amaliyotda o'rganib ketaman endi inshaaAlloh.

Shunaqa gaplar :)

#updates

@JoshDeveloper
πŸ‘40πŸ†3🀝2⚑1πŸ‘1😁1πŸ‘Œ1
"Qoyil, CRUD ko'tarish uchun nimalar ishlatdingiz ?" deb so'ramoqchilar uchun javob rasmda. πŸ˜‚

#joke

@JoshDeveloper
😁75🀣18πŸ‘3⚑2
"VS Code" yangi "theme" chiqargan ko'rinadi. Menga juda yoqdi.

O'zi o'rnatib qo'ydi Jum'a kuni ochsam. Sizlarda ham o'zgardimi yoki men uchun maxsusmidi bu ? πŸ˜…

Yoqdimi sizga ?

#vs_code

@JoshDeveloper
⚑22πŸ—Ώ7πŸ‘5πŸ₯±4πŸ‘3❀2πŸ‘Œ2
.NET freymvorki juda katta ekan.
Ayni damda ASP.NET Core Web API uchun ushbu Udemy kursini ko'rishni boshladim. Mentor bilan orada gaplashib, savollar bo'lsa so'rab turibman.

Ichkaridagi konseptlarni ko'pchiligi tanish ekan Angular va TS'dagilar bilan. Dependency injection, Decorators(attributes) va hokazo.

Hozircha shu ishlar bilan bandman, loyihadagi vazifalarimni tezroq tugatib, darrov kursni ko'rib borishga harakat qilyapman.

Shunaqa gaplar bizda :)

Siz nimalarni o'rganyapsiz ?

@JoshDeveloper
πŸ‘32πŸ‘€3❀2
ChatGPT'dan .NET'ni "hierarchy"sini yozib ber degandim. Ya'ni, nimalardan tashkil topganini.

Just 🀯

Man chizib qo'yilgan joydagini o'rganyapman hozir. πŸ˜„

Berilgan ma'lumot to'g'rimi .NET'chilar ?

#dotnet

@JoshDeveloper
🀯18πŸ‘5πŸ”₯2πŸ’”1
Google'dagilar ChatGPT'ni "yutish" uchun ko'p ish qilishyapti.

Google I/O'ni ko'rganlar nega unday deganimni tushunishadi.
Bard'ga rasmlar bilan, xaritalar bilan ishlash kabi birqancha qo'shimchalar kiritishyapti... va hkz.

The War has not finished yet. It's just started!

@JoshDeveloper
πŸ‘8❀‍πŸ”₯1
Google va Microsoft o'rtasida jiddiy jang davom etyapti. Google I/O'da juda katta zarbalar berildi.

- Joke part -
Ikki o'rtada Angular(Google) va bo'lajak C# .NET(Microsoft) dasturchisi sifatida kimga "balet" qilishni ham bilmayman. πŸ€·β€β™‚οΈπŸ˜…

Tinchlik bo'lsin...🌚

@JoshDeveloper
😁35❀11πŸ‘6πŸ”₯6🀣3
Forwarded from WTM Tashkent
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Barcha IT ga qiziquvchi yoshlar uchun ajoyib yangilik!

13-may kuni Al-Xorazmiy maktabida Women Techmakers Tashkent jamoasi tomonidan eksklyuziv texnologiyalarga bag’ishlangan festival tashkillashtirilmoqda.

Festivalda dasturlash bo'yicha musobaqalar, viktorinalar, robototexnika ko'rgazmalari va kompyuter o'yinlari chempionatlari kabi ko'plab qiziqarli o’yinlar ham rejalashtirilgan! πŸ†πŸ€–

Epam, Super Dispatch va Applied Labs kompaniyalari vakillari tomonidan uyushtiriladigan tezkor intervyularga qatnashmoqchi bo’lsangiz, o’z CVingizni ham birga olib kelish esingizdan chiqmasin 🀝

πŸ–‡ Havola orqali ro'yxatdan o'ting!

Festivalda ko’rishguncha ✌️

@wtmtashkent
πŸ‘4🌚1
Kecha Google tomondan birqancha gigant kompaniyalarga zarbalar ro'y berganini yaxshi bilamiz. Microsoft, Apple va boshqa kompaniyalar bunga misol.

Google'dagi Angular jamoasi ham yangiliklarni davom ettirishyapti.

What's new in Angular ?
https://youtu.be/uqWUv0dpib0

Bu bilan Meta'ga zarba berdi demoqchi emasman. O'zingiz tushunib olarsiz. πŸ˜…
(#joke - #hazil - #ΡˆΡƒΡ‚ΠΊΠ° - #yana_qaysi_tilda_yozay?)

#updates
😁26πŸ‘4❀2πŸ₯±2😐2
Qaysi kompaniyani tanlasam ekan? πŸ€”

Ayni damda ish qidirish jarayonini juda ham passive ko'rinishini boshlab yubordim. Ya'ni, kompaniyalar va ular bera oladigan imkoniyatlarni o'rganyapman.

Ko'p tanlovlar bor. Exadel, EPAM va hkz.

Hozir ish joyi shoshilinch bo'lmagan davrda, hammasi haqida o'rganib yuribman. Kerak bo'lganda ikkilanmaslik uchun.

Keyin yana bir narsani o'ylayapman. O'zim uchun qiziqdek tuyulyapti. Ishlarga o'zim topshirib(yoki referral) ko'raymi yoki talab qandayligini bilish uchun Linkedin'ga "OpenToWork" qo'yib sinab ko'raymi?

Birinchi usul tez va oson, ikkinchisi esa qiziq. Shu davr kelsa o'ylab ko'rarmiz birga sizlar bilan. Balki, ikkisini ham qilarmiz. Hali unga yetarlicha vaqt bor. πŸ™‚

InshaaAlloh

Shunaqa gaplar :)

@JoshDeveloper
πŸ‘46❀2
Huh πŸ˜„
Buyoqi qiziq bo'ldiku.

Yaxshi gumon qilamizmi? πŸ˜…

#bard

@JoshDeveloper
πŸ”₯17🀣15πŸ‘3😁2❀1
Every success story has its own pains, failures and patience. They may seem easy and simple to reach, but, what brings successful people there, is not always the seen, but the unseen, the efforts, the pains and the patience we don't see.

©️ Josh*

P.s:
Bir ilhom kelib qoldida :)
Faoliyatimda ro'y bergan "failure"lar haqida yozaymi ? 🌚

@JoshDeveloper
πŸ‘32❀4πŸ₯±4
Ishdan haydalishim

Bu "failure"ni kamchilik yaqinlarim biladi. Junior paytim bir joyga ishga kirgandim. Ish ofisda edi. Boshlanishiga hammasi yaxshi ketayotgandi, ishni tushunib ham qolgandim. Ammo, bir kuni...

Sog'liqimda jiddiy muommolar yuzaga chiqishni boshladi. Eshitish qobiliyatim pasayishi qattiq sezilishni boshladi. Xatto ishdagi insonlarni gaplarini arang ilg'ay olardim. Juda qattiq stress boshlandi. Buni boshidan o'tkazganlar tushunadi, juda qattiq stress edi.
Shu stress oqibatida ko'plab xatolarga yo'l qo'yishni, kasallik oqibatida esa sog'lom muloqot olib bora olmaslikni boshladim.
Shu orada karantin ham boshlanib ketdi, ofisga bir amallab qatnardik, moddiy sharoit juda og'ir damlar. Uyda deyarli ishlayotgan odam o'zim edim. Orada uyoq buyoqdan pul topib, kattaroq narxga "eshitish aparati" olishga majbur bo'ldik, uni tayyor bo'lishiga bir kun qolganda esa...

Bir kun qolganda, boshliqim chaqirib, ishdan ketayotganimni aytdi. πŸ˜“

Shu kuni ko'chada qattiq xafa holatda, kezib yurganman...

Qattiq ta'sir qilgan voqealar.

Ammo, Alloh uni evaziga ko'plab boshqa tomondan yengilliklar bergan. Orada faqat uyda o'tirib ishladim, mayda ishlar. Ko'p o'tmasdan esa, ya'ni 19 yoshimda EPAM'ga kirgandim. EPAM'ga kirib ham, sarguzashtlar davom etgan, uni ham keyinroq yozaman inshaaAlloh.

Bu "failure"dan olinadigan saboq shuki, sog'liqni asrang πŸ™‚
Hayotda ba'zan shunday qiyinchiliklar va kamchiliklar bo'lib turadi. Ularni yengib o'ta olish, tuzatib bo'lmas kamchiliklarga esa ko'nika olish va boriga shukur qila olishning o'zi ham katta muvaffaqiyat. Asosiysi, tushkunlikka va stressga tushib qolmang, hozir shu davrlarni eslasam, shunchaki jilmayib qo'yaman. Shuncha stress va xavotir esa shunchaki battar zarar qilgan xolos.

Shunaqa gaplar :)

@JoshDeveloper
⚑70πŸ‘37😒12πŸ’”3πŸ†2πŸ”₯1😁1
Metro vagonlarini ayollar uchun ajratishda taklif πŸš‡β“‚οΈ

Rasmda metro vagonlarini birinchi va oxirgisi faqatgina ayollar(bolalari bo'lsa ular ham) uchun ajratilishini, qolgan vagonlari esa ommaviy barcha uchun qolishini so'rab taklif chizdim.

Mutasaddi xodimlarga taklifimiz yoqsa va buni amalga oshirishsa hursand bo'lgan bo'lar edik.

Ikkita vagon ko'p bo'lsa, bittasiga ham rozimiz. Masalan eng oxirgi yoki eng birinchi vagonlar.

Rasm juda unaqa chiroyli chiqmadi, Dizaynerlar ko'rmasin faqat.🫣

#taklif

@JoshDeveloper
πŸ‘112❀6⚑4πŸ₯±4🌚4πŸ‘Œ1
Bir yaqinimiz iltimos yo'llabdi. Be-e'tibor bo'lmang. πŸ‘‡

Koma holatidagi inson uchun tezkorlik bilan qon guruhi -4 bo'lgan donor kerak agar sizda shu qon guruhi bo'lsa yoki tanishlaringizda bo'lsa iltimos shu raqamlarga aloqaga chiqing:

+99897774
***
DONOR TOPILIBDI. ALHAMDULILLAH.
BARCHAGA RAHMAT.
🀝28πŸ‘13❀3
Dasturlash guruhlaridagi holat.

Falonchibek:
Savolim bor edi. Falon narsa ishlamayapti, falon ishlar qildim, mana rasmi. Yordam bera olasizlarmi?

Birnecha kundan so'ng.
Insoflibek:
Falonchibek, savolingizni Google'dan qidirib ko'ring.

Falonxon πŸ§•:
Savolim bor edi.

Birnecha daqiqadan so'ng.
Pistonchibek, Falonjon, Pitonchibek, Javajon, Reaktchibek, Angularchiboy:
Nima savolingiz bor? Bering, yordam beramiz.

Tanqid biroz bo'rttirilib ko'rsatildi. Ammo, haqiqatga yaqin.

#tanqid #qattiqTanqid

@JoshDeveloper
πŸ‘80😁41🀣26πŸ”₯7🐳5πŸ€”2✍1