Josh*Developer
4.8K subscribers
432 photos
39 videos
12 files
674 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim 🌙
Senior Frontend Engineer @ EPAM
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz

Reklama: @joshdeveloper_ad
Download Telegram
TypeScript ishlatish shartmi?

JS dasturchilari ichida juda mashxur bo’lishga ulgurgan TypeScript’ni ishlatish shartmi?

Mening javobim:
Sizda shunday tanlov bo’lsa, loyihaga qarab turib aniq bir qarorga kelsangiz bo’ladi. Agar loyiha juda ham kichik bo’lsa yoki qisqaroq muddatda yozilib, davomiy rivojlantirilib borilmaydigan bo’lsa yoki TypeScriptni umuman bilmasangiz va loyihani tezroq qurish shart bo'lsa, TypeScript’siz ham yozsangiz bo’ladi.

Ammo, umumiy qoida ishlatgan afzal.

Loyihada TS ishlatish sizga ko’plab qulayliklar beradi. Boshida biroz qiyinroq bo’lgani bilan, to’g’ri yo’lga qo’yib olgandan so’ng oddiy JS’da yozgandan ancha tez yozasiz. Muommolarni oldini olasiz. Lekin, loyiha boshidan TS’dan to’g’ri foydalanish niyatingiz bo’lmasa, hamma joyga ‘any’ qo’yib ketaversangiz, TS bilan ishingiz biroz sekinlashadi. Undan oladigan foydalaringizdan zarar ko’proq bo’ladi.

Shunchaki hamma ishlatayotgani uchun ishlatishdan, loyihangiz, jamoangiz va boshqa faktorlarni hisobga olib nima ishlatishni tanlaganingiz yaxshiroq.

#maslahat #typescript

@JoshDeveloper
👍50🔥4🌚4🫡1