Forwarded from SamDAQU │ Rasmiy kanal
Mirzo Ulugʻbek haqida
#tarix
Mirzo (keyinchalik Sulton) Muhammad ibn Shohrux ibn Temur Ulugʻbek Koʻragon — Temuriylar davlatining hukmdori, Shohruxning oʻgʻli. Buyuk oʻzbek astronomi (yulduzshunos) va matematigi.
Mirzo Ulugʻbek 1394-yil 22-mart kuni Eron podsholigining poytaxti Sultoniya shahrida tavallud topgan va 1449-yil 27-oktabr kuni Samarqand yaqinida vafot etgan.
📌 Hozirgi kunda buyuk bobomiz nomi bilan Samarqandda joylashgan Mirzo Ulugʻbek muzeyi – majmuasi, Mirzo Ulugʻbek madrasasi, Mirzo Ulugʻbek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti (UzMU) hamda, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti (SamDAQI) nomi bilan keltirilgan.
Samarqand davlat arxitektura–qurilish institutining tashkil topishi va unga Mirzo Ulugʻbek nomi berilish tarixi
#bilasizmi #tarixga_nazar
#SamDAQI
Tariximizga nazar solar ekanmiz Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining 367–sonli qarori hamda Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining 1966-yil 15-iyulda chiqqan 307-sonli buyrugʻi asosida Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti (SamDAQI) tashkil etiladi.
Samarqand qadimdan ilm-fan va madaniyat markazi hisoblanib keladi. Xalqimizning oʻtmishdagi buyuk siymolarga, ilmu-fan arboblariga, yuksak madaniyatli, bilimdon farzandlariga boʻlgan munosabatlarini e’tiborga olib, Mirzo Ulugʻbek nomini abadiylashtirish maqsadida Samarqand davlat arxitektura–qurilish institutiga Oʻzbekiston Respublikasi Ministrlar kengashining 1967-yil 3-maydagi 198-sonli qarori bilan Mirzo Ulugʻbek nomi berildi.
© "Arxitektura" fakulteti
Yoshlar Ittifoqi matbuot xizmati
SamDAQI Axborot xizmati
@samdaqi_uz