Совместная образовательная программа СамГАСИ (2+2)
142 subscribers
1.89K photos
412 videos
80 files
458 links
Это оффициальный канал совместной образовательной программы по формату 2+2 СамГАСИ (Самарканд, Узбекистан).
Официально. Образовательно. Основательно.
Download Telegram
AZIZ INSTITUTIMIZ YOSHLARI!
#yoshlar_kuni #rektor_tabrigi
Sizlarni qutlug‘ ayyom — Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan samimiy murakbod etaman.
Xabaringiz bor yurtimizga pandemiya kirib kelgani bois ta’limni “Online” tarzda davom ettirishga majbur bo‘ldik. To‘g‘ri, bunga deyarli hech kim tayyor emas edi, shunga qaramay bilim olishga bo‘lgan g‘ayratingiz yanada oshgani bizlarni masofaviy ta’limni rivojlantirishga yanada undadi.
Aytish joizki keyingi paytlarda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim asosida ishlar olib borilayotgani, talaba-yoshlarning ijtimoiy faolligi, institut hayotida munosib hissa qo‘shib kelayotganini barchamiz minnatdorlik bilan e’tirof etamiz.
2019-2020 o‘quv yili davomida institutimiz yoshlari bir qancha tanlovlarda ham yutuqlarga erishdilar, jumladan fan olimpiadalari, “Quvnoqlar va Zukkolar” terma jamoasi, “Zakovat” intellektual o‘yinining “Bunyodkor” institut terma jamoasi, “Tafakkur sinovlari” jamoasi, “Talabalar teatr studiyasi” jamoasi hamda sport musobaqalarida institut terma jamoalari munosib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqdalar.
Shunday ekan men sizlarning har biringizga el-yurtimiz faxrlanadigan, jonajon O‘zbekistonimizning munosib ma’nan sog‘lom farzandi, haqiqiy inson bo‘lish baxti nasib etishini hamda kuch-g‘ayrat va shijoat hech qachon tark etmasligini tilayman. O‘zingiz hamda oila a’zolaringizni asrang.
Sizlarni Yoshlar kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga yangi yutuqlar, baxt va omad tilayman!
Hamisha sog‘-omon bo‘ling, aziz SamDAQI Yoshlari!
Sultan AXMEDOV
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rektori
Forwarded from SamDAQU │ Rasmiy kanal
Assalomu alaykum hurmatli Vatan himoyachilari!
Mard va jasur yigitlar!
#rektor_tabrigi

Sizlarni bugungi 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining 30 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman!

Oilangizda doimo tinchlik-totuvlik, sihat-salomatlik hukmron bo‘lsin. O‘zbekiston Respublikasining tinchligiga ko‘z tegmasin.

Chidem Janbay Turkyilmaz
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rektori


SamDAQI Axborot xizmati
@samdaqi_uz
Forwarded from SamDAQU │ Rasmiy kanal
Navro‘z ayyomingiz muborak!
Assalomu alaykum, qadrdonlarim!
#rektor_tabrigi

Kirib kelgan Navro‘z bayrami bilan butun O‘zbekiston xalqini, yaqinlarimni, shuningdek, institut professor-o‘qituvchilari va talaba yoshlarni chin qalbimdan tabriklayman.

Yosharish va yangilanish bayrami bo‘lmish Navro‘zi olam barchangizga quvonchli kelsin, yil davomida sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va kasbiy zafarlar tilab qolaman.

Institutimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirayotgan faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman.

Navro‘z bayrami yurtimizga yanada obodlik, xonadonlarimizga doimo tinchlik-xotirjamlik, dasturxonimizga qut-baraka olib kelsin.

Hurmat bilan Chidem Janbay Turkyilmaz
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rektori


SamDAQI Axborot xizmati
@samdaqi_uz
Forwarded from SamDAQU │ Rasmiy kanal
Assalomu alaykum qadrdonlarim!
Hurmatli professor-oʻqituvchilar, aziz talabalar!

#rektor_tabrigi

Oylarning sayyidi boʻlmish qutlugʻ Ramazon oyi barchamizga muborak boʻlsin!

Ushbu oyda Yaratgandan roʻzadorlarga sabr, kuch-quvvat berishini va har bir kunimizni biz o'ylagandanda chiroyli boʻlishini tilayman. Alloh rahmat-u barokat urug'larini oilangizga hadya etsin. Alloh barchamizni o'z panohida asrasin.

Ramazon oyi barchangizgа xayrli, fayzli va barokatli amallarga boy boʻlib kelsin!


Chidem Janbay Turkyilmaz
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rektori


SamDAQI Axborot xizmati
@samdaqi_uz
Forwarded from SamDAQU │ Rasmiy kanal
Ramazon Hayiti Muborak bo‘lsin!
#rektor_tabrigi

Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Hurmatli hamkasblar, aziz talabalar!

Insonparvarlik, sabr-qanoat, xayr-u saxovat va shukronalik timsoli bo‘lgan ushbu qutlug‘ bayram barchangizga tinchlik-xotirjamlik, sog‘lik-salomatlik, baxt, omad va xayrli ishlarning ro‘yobini olib kelsin.

Alloh, Sizdan Ramazondagi amallaringizni qabul etsin!
Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin!


SamDAQI Axborot xizmati
@samdaqi_uz