Совместная образовательная программа СамГАСИ (2+2)
142 subscribers
1.89K photos
412 videos
80 files
458 links
Это оффициальный канал совместной образовательной программы по формату 2+2 СамГАСИ (Самарканд, Узбекистан).
Официально. Образовательно. Основательно.
Download Telegram
Forwarded from Javlon Rashidovich
DIQQAT E’LON!
Barcha professor-o‘qituvchilar diqqatiga!
#muhokama

Xabaringiz bor, 2022 yilning 25 yanvar kuni “Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini ilg‘or xorijiy tajriba va xalqaro standartlar asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror loyihasi keng jamoatchilik muhokamasi uchun Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e’lon qilingan.

Shu munosabat bilan 2022 yilning 2-3 fevral kunlari institutning kichik faollar zalida quyidagi reja-grafik asosida institut professor-o‘qituvchilari bilan rektor uchrashuvi rejalashtirilmoqda:

🔰 Yig‘ilish kun tartibi ko‘riladigan masalalar:

1. “Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini ilg‘or xorijiy tajriba va xalqaro standartlar asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror loyihasi muhokamasi va Institutni transformatsiya qilish jarayonidagi vazifalar.
2. Turli masalalar.


🔰 Yig‘ilish grafigi quyidagicha:

2022 yil 2 fevral, chorshanba:
1. Soat 14:00 dan 15:00 gacha – “Arxitektura” fakulteti professor-o‘qituvchilari uchun;
2. Soat 15:00 dan 16:00 gacha – “Qurilish” fakulteti professor-o‘qituvchilari uchun.

2022 yil 3 fevral, payshanba:
1. Soat 14:00 dan 15:00 gacha – “Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi” fakulteti professor-o‘qituvchilari uchun;
2. Soat 15:00 dan 16:00 gacha – “Qurilishni boshqarish” fakulteti professor-o‘qituvchilari uchun.

Kun tartibiga qo‘yilgan masala institutning kelgusi taraqqiyoti uchun muhim ekanligini inobatga olgan holda barcha professor-o‘qituvchilardan ushbu yig‘ilishda ishtirok etishlari so‘raladi.

📌 Izoh: pandemiya holatimi inobatga olib, barcha professor-o‘qituvchilardan yig‘ilishga tibbiy niqoblarda kelishlari so‘raladi.


@samdaqi_uz
@javlon_rashidovich