Forwarded from Javlon Rashidovich
⚡️RASMAN: SHHT sammiti munosabati bilan Samarqanddagi OTMlarda o‘qish kechroq boshlanadi
Samarqand viloyatidagi oliy ta'lim muassasalarida o‘qish sentabr oyi oxiridan boshlanadi. Viloyatdagi bir qator tuman hokimliklari bu borada xabar tarqatdi. Xabarni Kun.uz manbalari ham tasdiqladi.
15-16 sentabr kunlari Samarqand tumani va Toyloq tumani o‘rtasida joylashgan sayyohlik markazida Shanhay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan viloyatdagi OTMlarda an'anaviy ta'lim sentabr oyi oxiridan boshlanadi. Ungacha talabalar ta'limni masofaviy ko‘rinishda boshlashi kutilmoqda.
SHHT sammiti ilk marta Samarqandda o‘tkaziladi. Bungacha O‘zbekiston mezbon bo‘lgan sammitlarni uch marta Toshkent shahri qabul qilgan. O‘zbekiston oxirgi marta 2016-yil SHHT sammiti mezboni bo‘lgan. Samarqand sammit mezbonligini qabul qilgan 15-shahar bo‘ladi.
Manba
#Samarqand #SHHT #sammit
#OTM
@JavlonRashidovich
@samdaqi_uz