Совместная образовательная программа СамГАСИ (2+2)
142 subscribers
1.89K photos
412 videos
80 files
458 links
Это оффициальный канал совместной образовательной программы по формату 2+2 СамГАСИ (Самарканд, Узбекистан).
Официально. Образовательно. Основательно.
Download Telegram
Forwarded from SamDAQU │ Rasmiy kanal
Qo‘shma ta’limda tahsil olishni istagan talabgorlar o‘rtasida yakuniy test sinovlari bo‘lib o‘tdi

Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida DTM tomonidan qo‘shma ta’limda tahsil olishni istagan talabgorlar o‘rtasida rus-tili fanidan test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Abituriyentlar ushbu test sinovlaridan so‘ng yakuniy imtihon javoblari e’lon qilingach qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida o‘qishga qabul qilinadilar.

#BNTU #SamDAQI #MQDU


SamDAQI Axborot xizmati
@samdaqi_uz
Forwarded from SamDAQU │ Rasmiy kanal
Qo‘shma ta’lim dasturlarida ta’lim olayotgan talabalar MOSKVAga jo‘nab ketdilar
#DoubleDegree #MQDU

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti (SamDAQI) va Moskva davlat qurilish universiteti (MQDU) o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasiga asosan SamDAQI qo‘shma ta’lim dasturlarida ta’lim oluvchi bir guruh talabalar ta’limni qolgan qismini davom ettirish uchun bo‘lim boshlig‘i Obid Otamurodov boshchiligida Rossiya Fedreratsiyasiga jo‘nab ketdilar.

Ayni paytda talabalar Moskva shahrida joylashgan Moskva davlat qurilish universiteti yotoqxonalariga joylashmoqdalar. Hujjatlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Institut ma’muriyati va professor-o‘qituvchilari nomidan talabalarimizga kelgusida o‘qishlarida omadlar tilaymiz!

Eslatma: Hamkorlik shartnomasiga binoan talabalar barcha yo‘nalishlar bo‘yicha (2+2) 2 yil SamDAQI da, 2 yil Moskva davlat qurilish universitetida ta’lim olishadi va qo‘shma ta’lim dasturi bitiruvchilariga O‘zbekiston va hamkor davlatda tan olinadigan 2 ta diplom beriladi.


SamDAQI Axborot xizmati
@samdaqi_uz
Forwarded from SamDAQU │ Rasmiy kanal
Qo‘shma ta’lim dasturlari: MQDU bilan tanishuv
#DoubleDegree #MQDU #SamDAQI

SamDAQI qo‘shma ta’lim dasturlarida ta’lim oluvchi bir guruh talabalar ta’limni qolgan qismini davom ettirish uchun Rossiya Fedreratsiyasiga yo‘l olishgani haqida xabar bergan edik.

Hozirgi kunda bo‘lim boshlig‘i Obid Otamurodov bilan birgalikda Moskva shahrida joylashgan Moskva davlat qurilish universiteti bilan talabalar yaqindan tanishib chiqishmoqda. Shuningdek kelajakdagi istiqbolli rejalar ustida muhokamalar olib borilmoqda.

“Talabalar yurtimiz ravnaqi uchun kerakli bo‘lgan yuqori malakali kadrlar bo‘lib yetishishiga umid bildiramiz”SamDAQI qo‘shma ta’lim bo‘lim boshlig‘i.


SamDAQI Axborot xizmati
@samdaqi_uz