Совместная образовательная программа СамГАСИ (2+2)
142 subscribers
1.89K photos
412 videos
80 files
458 links
Это оффициальный канал совместной образовательной программы по формату 2+2 СамГАСИ (Самарканд, Узбекистан).
Официально. Образовательно. Основательно.
Download Telegram
Forwarded from SamDAQU │ Rasmiy kanal
NAVBATDAGI KENGASH MAJLISI BO‘LIB O‘TDI
#kengash_majlisi

Joriy yilning 1 mart kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Kengashining 4-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis an’anaga ko‘ra yaxshi xushxabarlar bilan boshlandi.

Majlisda kun tartibiga ko‘ra dastlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 dekabrdagi 1030-son qaroriga asosan institutning ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash to‘g‘risida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor E.Isakovning ma’ruzasi tinglandi.

Shuningdek ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i O‘.Sirojiddov tomonidan institutning 2020 yildagi reyting ko‘rsatkichlari tahlili hamda 2021 yilda kutilayotgan institut reyting ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar keng muhokama qilindi.


SamDAQI Axborot xizmati
@samdaqi_uz
Forwarded from SamDAQU │ Rasmiy kanal
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
#SamDAQI #Kengash

Joriy yilning 29-aprelida bo‘lib o‘tgan Kengashda yig‘ilishida, institutda moliya-iqtisod sohasida 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2022 yildagi dolzarb vazifalar haqida ma’ruzachi Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor A.Rajabovning, Samarqand arxitektura-qurilish texnikumida o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy ishlarni yanada takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’ruzachi Samarqand arxitektura-qurilish texnikumi direktori A.G‘aniyevning, Qo‘shma ta’lim dasturlari faoliyati, hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, hamkor oliy ta’lim muassasalarining sinovdan o‘tgan tajribalarini o‘quv jarayonlariga tatbiq etish to‘g‘risida ma’ruzachi Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘limi boshlig‘i O.Otamuratovning ma’ruzalari tinglandi hamda muhokama etildi.

Shuningdek institut kafedralari kesimida professor va dotsent ilmiy unvonlariga tavsiya berish masalalari (G‘.Shukurov, S.Zayniyev, Sh.Abduraimov) va turli masalalar to‘g‘risida Kengash kotibining axboroti asosida qarorlar qabul qilindi.


SamDAQI Axborot xizmati
@samdaqi_uz