Forwarded from SamDAQU │ Rasmiy kanal
Bugun, 9-aprel - Buyuk sarkarda, yirik davlat arbobi, ilm-fan va madaniyat homiysi, Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun
#AmirTemur
1336-yilda Qashqadaryoning Xoʻjailgʻor qishlogʻida tavallud topgan Amir Temur Samarqandning dunyo sayqaliga aylanishida ulkan hissa qoʻshgan.
Sohibqiron bu yerda bir-biridan goʻzal, betakror obidalar – jome masjidi, Koʻksaroy, Boʻstonsaroy, Shohi Zinda kabi maqbaralarni bunyod etdi. Samarqandliklar dam olib xordiq chiqarishlari uchun shahar ichida va atrofida bahavo, xushmanzara 12 bogʻ-saroyni yaratdi.
Chingizxon boshchiligidagi moʻgʻullar Samarqandni shu darajada vayron qilgan edilarki, bu shaharni uzoq yillar qayta tiklashning iloji boʻlmadi. 1370-yil Sohibqiron Amir Temur Samarqandni oʻz davlatining poytaxti qilib tanlar ekan, qadimgi Samarqand – Afrosiyobni qayta tiklashdan koʻra, yangi shaharni bunyod etishni maʼqul topdi. Shu tariqa Amir Temur Samarqandni yangi shahar sifatida qayta barpo qildi.
Batafsil
SamDAQI Axborot xizmati
@samdaqi_uz