JIZZAX KADASTR
1.14K subscribers
12.4K photos
1.49K videos
5 files
7.22K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
#kadastr #malaka_oshirish #kadrlar_bolimi

🔭 GEODEZIST-TOPOGRAFLARNING ILK QALDIRG'OCHLARI

📗 Kadastr agentligi tomonidan joriy yilning 7-14 oktyabr kunlari Davlat soliq qo‘mitasi raisining 2021-yil 27-sentabrdagi 147-RT-sonli topshirig‘i ijrosi yuzasidan topograf mutaxassislik bo‘yicha tezkor o‘qitish tashkil etildi.
Agentlik tomonidan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalardan o‘qitish uchun nomzodlar ro‘yxati shakllantirildi va ular orasidan suhbat natijalari bo‘yicha har bir hududdan 2 nafardan jami 28 nafar xodimlar tanlab olindi.

📍Tanlab olingan 28 nafar xodimlar ishlab chiqilgan o‘quv ish rejasiga asosan 7 kunlik kursda o‘qitilib, joriy yilning 14 oktabr kuni test va savol-javob sinovlaridan o‘tkazildi.

🗺 Mazkur imtihonlardan ijobiy o‘tgan geodezist-topograf mutaxassislarining o‘rni beqiyos ekanligi yana bir bor o‘z isbotini topdi va ushbu 28 nafar mutaxassislarga sertifikatlar taqdim etildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook