JIZZAX KADASTR
1.49K subscribers
13.8K photos
1.65K videos
5 files
7.91K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#bilasizmi #huquq

➡️Hozirgi kundagi yer uchastkasiga bo'lgan huquqlarning turlari

▪️Yuridik shaxslar - qonunchilik hujjatlariga muvofiq mulk, doimiy foydalanish va ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lishi mumkin.

▪️Jismoniy shaxslar - qonunchilik hujjatlariga muvofiq mulk va ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lishi mumkin.

▪️Chet ellik fuqarolar va yuridik shaxslar, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar - yer uchastkalariga faqat ijara huquqi asosida ega bo‘lishi mumkin

🧊Yuridik va jismoniy shaxslarning 2021-yil 1-avgustga qadar yer uchastkalariga nisbatan yuzaga kelgan doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy foydalanish va muddatli (vaqtincha) foydalanish huquqlari o‘z kuchida qoladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #savol_javob

Savol:
- Ko‘chmas mulk deb qanday obyektlarga aytiladi?

➡️avob:
- yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar, ko‘p yillik daraxtlar va yer bilan uzviy bog‘langan boshqa mol-mulk, yaʼni belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini o‘zgartirish mumkin bo‘lmaydigan obyektlar.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquq #bilasizmi

🫥Nogironligi bo‘lgan shaxslarga elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlari qoplab beriladi

Nogironligi bo‘lgan shaxsning va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlari qoplab berilishi belgilangan.

🟢 Bunda yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlaridan kelib chiqqan holda, oila tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxslar sonidan qatʼi nazar, BHMning 100 baravarigacha (34 mln so‘mgacha) miqdorda bir martalik to‘lov ajratiladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔹Huquqiy hujjatlar mavjud bo'lmaganda kadastr pasporti rasmiylashtiriladimi?

‼️ Yo‘q

Ko‘chmas mulk obyektiga nisbatan mazkur mulkka oid huquqiy hujjatlar (yer ajratish qarori, oldi-sotdi shartnomasi, meros guvohnomasi, hadya shartnomasi) mavjud bo'lgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali kadastr hujjatini rasmiylashtirish uchun murojaat yo'llash mumkin.

✏️ Murojaat yuborilgach ko‘chmas mulk obyektining kadastr hujjatlari rasmiylashtirib, davlat ro’yxatidan o’tkaziladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #kadastrxizmati #VM71

🗣Yer uchastkalari auksion savdolariga qanday huquq asosida chiqariladi ?

Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lganda yer uchastkalari auksionga mulk huquqi bilan chiqariladi.

Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, yer uchastkalari auksionga faqat ijara huquqi bilan chiqariladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #foydali

⚡️Uy-joy uchun subsidiya olish istagi bo‘lgan fuqarolarga quyidagilar tavsiya etiladi:

🏠Olinayotgan uy subsidiyaga sotiladigan bo‘lishi lozim;
(kadastri tayyor, yangi qurilgan uylardan bo‘lishi shart)

💳Uyning boshlang‘ich badalini to‘lash uchun yetarlicha mablag‘ning bo‘lishi;
(masalan uy narxi 300 mln so‘m, uning 15 foizi 45 mln so‘mni tashkil etadi, ushbu summaning 32 mln so‘mi davlat tomonidan to‘lansa, 13 mln so‘mi fuqaro tomonidan to‘lanishi kerak)

👨💼Uy narxining qolgan 85 foizi 20 yilga kredit shaklida beriladi va ushbu kreditni har oy to‘lash uchun yetarli oylik maoshi yoki kafilning bo‘lishi;

❗️Eng asosiysi fuqaro yoki uning turmush o‘rtog‘i nomida uy-joyning bo‘lmasligi.

☝️Yuqoridagi shartlarga mos keluvchi fuqarolar joylardagi DXMlar yoki my.gov.uz portali orqali ariza topshirishlari mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquq #bilasizmi

Xususiy mulk huquqini himoya qilish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:

🟢xususiy mulk huquqini tan olish;

🟢xususiy mulk huquqi buzilishidan oldingi holatni tiklash va xususiy mulk huquqini buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tug‘diradigan harakatlarning oldini olish;

🟢bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash;

🟢davlat organining va boshqa organning hujjatini haqiqiy emas deb topish;

🟢xususiy mulk huquqini mulkdorning o‘zi himoya qilishi;

🟢burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish;

🟢zararning o‘rnini qoplash, neustoyka undirish, maʼnaviy ziyonni qoplash;

🟢xususiy mulk huquqi munosabatlarini tartibga solishda qonunchilik barqarorligini taʼminlash;

🟢davlat organining va boshqa organning qonunga zid bo‘lgan hujjatning sud tomonidan qo‘llanilmasligi;

🟢mol-mulkning ayrim turlariga bo‘lgan xususiy mulk huquqining vujudga kelganligini, o‘zgarganligini va bekor qilinganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquq #bilasizmi

🫥Nogironligi bo‘lgan shaxslarga elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlari qoplab beriladi

Nogironligi bo‘lgan shaxsning va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlari qoplab berilishi belgilangan.

🟢 Bunda yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlaridan kelib chiqqan holda, oila tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxslar sonidan qatʼi nazar, BHMning 100 baravarigacha (34 mln so‘mgacha) miqdorda bir martalik to‘lov ajratiladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Ko‘chmas mulkka egalik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi haqida bilasizmi?

🟢Ko‘chmas mulkka nisbatan tegishli huquq paydo bo‘lgach uni 1 oy ichida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kerak.

‼️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari, mansabdor shaxslarga esa 15 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi .

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

📝Yer uchastkasini uydan chiqmasdan turib xususiylashtirish mumkinligidan xabardormisiz?

📆Onlayn ariza topshirishga 4 daqiqa, javobni olishga 5 kun kifoya ekanligidan-chi?

💻Hozirgi kunda fuqarolarimiz o‘zlariga tegishli ko‘chmas mulk – yer uchastkalarini (ko‘p qavatli uylar bundan mustasno) my.gov.uz yordamida onlayn xususiylashtirish imkoniyatiga ega (agar bino kadastrdan o‘tmagan bo‘lsa, yer xususiylashtirilmaydi).

➡️ Xizmatdan foydalanishda:

‼️ Jismoniy shaxslardan hech qanday hujjat talab etilmaydi.

📝 Yuridik shaxslardan: yuridik shaxsning yer uchastkasini sotib olish to‘g‘risidagi qarori so‘raladi.

🧑‍💻Ushbu qulaylikdan foydalanish uchun fuqaro my.gov.uz portaliga kirib:

tegishli xizmatni tanlaydi
bo‘sh katakka kadastr raqamini yozadi
o‘zi haqidagi ma’lumotlarni tekshiradi va to‘ldiradi
yakunida to‘lovni amalga oshiradi.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

🟢Ko‘chmas mulkka egalik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi haqida bilasizmi?

🌐Ko‘chmas mulkka nisbatan tegishli huquq paydo bo‘lgach uni 1 oy ichida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kerak.

‼️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari, mansabdor shaxslarga esa 15 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi
#Huquqiy_malumot

🎚️ Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish asoslari

📝 Yer uchastkalariga bo‘lgan huquq turi yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) haqidagi hujjatlarga muvofiq belgilanadi.

💠Agar yer uchastkasini ajratish (realizatsiya qilish) to‘g‘risidagi 2021-yilning 1-avgustiga qadar qabul qilingan hujjatlarda yer uchastkasiga bo‘lgan huquq turi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, quyidagi huquqlar tan olinadi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim:

🫥yakka tartibda uy-joy qurish va uni obodonlashtirish, dehqon xo‘jaliklarini hamda jamoa bog‘dorchiligini va uzumchiligini yuritish uchun foydalaniladigan yer uchastkalariga nisbatan jismoniy shaxslarning meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;

🫠binolar va inshootlar qurilishi uchun berilgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi;

🫠qishloq va o‘rmon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasini ijaraga olish huquqi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:                                                  Telegram I 📸Instagram I 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #savol_javob

Savol: Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti qancha muddatda tayyorlab beriladi?

Javob: Kadastr pasporti obyektning murakkabligiga qarab, quyidagi muddatlarda tayyorlanadi:

💠 ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha:

💬 ko‘p kvartirali uydagi kvartira uchun — 3 ish kunigacha;
💬 yakka tartibdagi turar joy uchun — 5 ish kunigacha;

💠 ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi hamda yaxlit ko‘p kvartirali uylar bo‘yicha:

💬 umumiy maydoni 100 kv.m gacha bo‘lganda — 5 ish kunigacha;
💬 umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m gacha bo‘lganda — 7 ish kunigacha;
💬 umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m gacha bo‘lganda — 10 ish kunigacha;
💬 umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m gacha bo‘lganda — 15 ish kunigacha;
💬 umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha bo‘lganda — 20 ish kunigacha;
💬 umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq bo‘lganda — 25 ish kunigacha;

💠 ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquq #bilasizmi

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni bekor qilish Komissiya yoki sudning qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi

🤔Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish chog‘ida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish komissiyasi tomonidan (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) yoki sudning qaroriga ko‘ra bekor qilinishi mumkin.

ASOS: 🇺🇿O'zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-noyabrdagi "Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida"gi 803-sonli qonuniga ko'ra.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:                                                  Telegram I 📸Instagram I 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi
#Kadastr #PF_6243

⚖️YERLAR FAQAT AUKSION ORQALI SOTILADI YOKI IJARAGA BERILADI

Yer sotib olib tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lsangiz qonuniy va shaffof yo‘lni tanlang, firibgarlarga aldanib qolmang!

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Savol_Javob

SAVOL: Turar binoni noturar bino toifasiga o‘tkazish uchun qandayhujjatlar taqdim etilishi kerak?

❗️JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20-apreldagi “Qurilish sohasiga oid yagona ma’muriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 200-sonli qaror bilan tasdiklangan “Bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning” ma’muriy reglamentiga muvofiq so‘rovnomaga turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish nazarda tutilganda so‘rovnomaga turar joyga birgalikda egalik qiluvchilarning (agar mavjud bo‘lsa) notarial tasdiqlangan yozma roziligi ilova qilinadi.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #kochmas_mulk #javobgarlik

🤔Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi

🤔Tegishli huquq paydo bo‘lgandan keyin 1 oy ichida ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.

🤔 Ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga murojaat qilinadi.

🤔Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik

🤔fuqarolarga BHMning 10 baravari (3 mln so‘m),

🤔mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (4,5 mln so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:                                                  Telegram I 📸Instagram I 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #kochmas_mulk #javobgarlik

🤔Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi

🤔Tegishli huquq paydo bo‘lgandan keyin 1 oy ichida ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.

🤔 Ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga murojaat qilinadi.

🤔Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik

🤔fuqarolarga BHMning 10 baravari (3 mln so‘m),

🤔mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (4,5 mln so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:                                                  Telegram I 📸Instagram I 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi

Tegishli huquq paydo boʻlgandan keyin 1 oy ichida koʻchmas mulk davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.

✍️Roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoxud koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga murojaat qilinadi.

💻 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari, mansabdor shaxslarga esa 15 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

📝Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari haqida ma'lumotga egamisiz?

Hukumat qaroriga ko‘ra, ko‘chmas mulk ob’ektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.

👨‍💼Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP ro‘yxatdan o‘tadi.

🏠Ko‘chmas mulk ob’ektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🟢ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
🟢yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;

🗂Ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

🟢umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 5000 kv.m. dan 15000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 15000 kv.m. dan 50000 kv.m. gacha - 20 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 50000 kv.m. dan ortiq - 25 ish kunigacha.

💰Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.

Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi.

‼️ Kadastr pasportini berish uchun to‘lov qiymatlari Hukumatning 186-son qarori bilan belgilanadi.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM