🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
🟢 “O‘zbekistonda Milliy fazoviy axborot salohiyatini kompleks mustahkamlash tizimini tashkil etish” grant loyihasi doirasida trenerlar uchun treninglar bo‘lib o‘tdi.
🫥 Joriy yilning iyul oyidan boshlab Kadastr agentligi hamda Koreya Yer, infratuzilma va transport vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda Milliy fazoviy axborot salohiyatini kompleks mustahkamlash tizimini tashkil etish” grant loyihasi doirasida
5 bosqichli treninglarga start berildi.🫥 Bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan mazkur treninglar “GNSS o‘lchovi hamda Suratlarni qayta ishlash va ulardan foydalanish” yo‘nalishidagi kurslardan boshlangan bo‘lib, bosqich yakuniga qadar
Web-GIS hamda QGIS yo‘nalishlarining bazaviy va ilg‘or darajalarini, shuningdek, LiDAR suratlarini qayta ishlash hamda sohaga doir dasturlash yo’nalishlarini qamrab oladi. 🌟Kadastr agentligi hamda uning tarkibiy tuzilmasidan saralab olingan trenerlarning bosqichli o‘quv dasturi
O‘zbekiston hamda Koreya Respublikasining Yer va fazoviy ma’lumotlarni axborotlashtirish malaka oshirish institutida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.#Kadastr_agentligi #xalqaro_uchrashuvlar📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt